Elektro kimyoviy usul
ELEKTROKIMYOVIY ANALIZ USULLARI
Download 22.17 Kb.
|
Elektrokimyoviy analiz usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- ELEKTROKIMYOVIY ANALIZ USULI
ELEKTROKIMYOVIY ANALIZ USULLARI
ELEKTROKIMYOVIY ANALIZ USULLARI — moddalarni elektr toki yordamida tekshirishga asoslangan kimyoviy analiz usullari majmui. Amalda elektrokimyoviy analizning elektroliz (elektrogravimetrik analiz, ichki elektroliz, metallarni kontakt almashtirish — tsementasiya, polyarografik analiz) va titrimetrik (ampermetrik, konduktometrik, potentsiometrik titrlash) usullaridan foydalaniladi. Elektrogravimetrik analiz elektroliz natijasida hosil bo’lgan elementning massasini aniqlashga asoslangan. U, asosan, rangli, og’ir va ba’zan qora metallarni miqsoriy aniqlashda yoki ularni bir-biridan ajratishda qo’llanadi. Ichki elektroliz usuli turli materiallar tarkibidagi metallar miqdorini aniqlashda qo’llanadi. Metallarni kontakt almashtirish (tsementasiya) usulidan modda tarkibida juda oz miqdorda uchraydigan metallarni ajratib olishda va ularning kontsentratsiyalarini oshirishda foydalaniladi. Polyarografik usulda analiz qilinishi zarur bo’lgan modda eritmasi simob tomchilardan iborat katod yordamida elektroliz qilinadi. Bunda modda sifat va miqdoriy jihatdan analiz qilinadi. Titrimetrik usullarda neytrallanish, cho’ktirish, kompleks hosil bo’lish, oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarining tugashi indikatorlar ishtirokida titrlash yo’li bilan aniqlanadi. Ampermetrik usulda titrlashning tugashi mikroelektrod ma’lum potentsialga ega bo’lganida tok kuchining keskin o’zgarishi bo’yicha, konduktometrik usulda esa eritmaning elektr o’tkazuvchanligi o’zgarishiga qarab aniqlanadi. Potentsiometrik titrlash usulida eritmadagi moddaning kontsentrasiyasini aniqlash mumkin. Elektrokimyoviy usullar ELEKTROKIMYOVIY ANALIZ USULI Elektrokimyoviy usullarTahlilning elektrokimyoviy usullari tizimning quyidagi elektrokimyoviy xususiyatlarini o`lchashga asoslangan: - potensial, -tok kuchi, -elektr miqdori, -qarshilik, -sig‘im, -elektr o'tkazuvchanlik - dielektrik xossalari Bu ko`rsatkichlar aniqlanayotgan moddaning miqdoriga proporsional bo`lib, uning tabiyatiga bog`liq . bog`liq. Bu nisbatlar moddalarning miqdori va sifatini aniqlash uchun kerak Download 22.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling