Elektro kimyoviy usul
Download 22.17 Kb.
|
Elektrokimyoviy analiz usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektr kimyoviy boginning ikkinchi turi
Bundan tashqari, turli konsentratsiyali bir xil tabiatga ega moddalarning o'zaro yarim o'tkazgich to'siq bilan tutashtirilgan eritmalari orasida ham potensiallar ayirmasi yuzaga keladi (chizma). Masalan, yarim o'tkazgich g'ovak to‘siq bilan ajratilgan idishning bir qismiga 0,1 M va ikkinchi qismiga 0,01 M HC1 eritmalari solingan bo'lsa, konsentratsiya yuqori bo'lgan eritmadan kichik konsentratsiyali eritmaga diffuziya natijasida H+ va Cl- ionlari o‘ta boshlaydi. H+ ionining harakatchanligi (λo=349,8) Cl- ioninikiga (λ0 =76,3) nisbatan bir necha baravar katta bolganligi uchun H+ ioni Cl- ioniga ko‘ra tezroq harakatlanadi. Buning oqibatida 0,01 M eritmaga ko'proq vodorod ioni o'tganligi uchun bu eritma musbat, 0,1 M eritmada xlorid ion ko'proq boiganligi uchun manfiy zaryadlanadi. Elektrostatik kuch ta’siridan H+ ionining diffuziyasi sekinlashib, xlorid ioniniki tezlashadi va turg‘un holat qaror topadi. Turg'un holatda bu eritmalar orasida doimiy potensiallar farqi kuzatiladi. Bunday galvanik element konsentratsion element, sodir bo'lgan hodisa esa konsentratsion qutblanish (polarizatsiya) deyiladi.Elektr kimyoviy bo'g'inning ikkinchi turiKonsentratsion qutblanish elektrod sirtida qaytarilish (oksidlanish) reaksiyasi tezligining katta bo'lishi natijasida elektrod yaqinidagi qaytariluvchi (oksidlanuvchi) moddalar konsentratsiyasining eritmadagi konsentratsiyasiga nisbatan farqlanishi natijasida ham yuzaga keladi. Elektr kimyoviy bo'g'inning ikkinchi turi (sxemalari tegishli boblarda keltirilgan) yordamida eritmada sodir boiadigan kimyoviy reaksiya natijasida yuzaga keladigan o'zgarishlami qayd qilish va oichash uchun eritmaga kamida ikkita elektrod tushiriladi. Ulardan biri indikator (ishchi, qutblangan) va ikkinchisi taqqoslash (potensiali solishtiriladigan, qutblanmagan, yordamchi) elektrodlardir. Indikator elektrod sifatida qattiq yoki suyuq metall elektrod, grafit yoxud ion selektiv elektrod, oksid elektrod va boshqalar ishlatiladi. Taqqoslash elektrodi sifatida normal vodorod, to'yingan kalomel, kumush xloridli, talliy xloridli, merkur-yodid va boshqa elektrodlar, shuningdek, sirt yuzasi katta bo'lgan turli xil metall elektrodlar ishlatiladi. Ikkinchi tur elektrodlar ikki xil bo'ladi: 1) o‘zining kam eruvchan tuzi bilan qoplangan, tarkibida boshqa metallning shu kam eruvchan tuz bilan bir ismli anioni bo'lgan metall elektrod. Bunga misol qilib, kumush xloridli (Ag/AgCl, KCl), kalomel (Hg/Hg2Cl2, KCl) va boshqa taqqoslash elektrodlarini keltirish mumkin; 2) gaz elektrodlar: xlor - xlorid (Pt, Cl/HCl), kislorod (Pt,O2 /KOH) va boshqalar. Ikkinchi tur elektrodlaming birinchi toifasiga kiruvchilari taqqoslash elektrodlari sifatida va tahliliy kim yoda anionlarni aniqlash uchun, ikkinchi toifasiga kiradiganlari esa erigan gazlarning konsentratsiyasini aniqlash uchun ishlatiladi. Bir xil anionga ega bo'lgan, ikki kationdan biriga nisbatan qaytar elektrodlar uchinchi tur elektrodlar deb ataladi. Download 22.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling