Kontsentratsion zanjirlar (KZ) tasnifi.
Kontsentratsion zanjirlar 2 xil bo’ladi:
1) Tashuvchi;
2)Tashuvchisiz.
Tashuvchi kotsentratsion zanjirlarda 2 ta bir xil metal o’zining bir xil tuzining turli kotsentratsiyadagi eritmasiga tushiriladi.
Mas.: Ag | AgNO3 | | AgNO3 | Ag
C2 C1
C1 > C2
Kumush elektrodlarining potentsiali bir xil emas. Kichik kontsentratsiyali eritmada kumush eritma ko’proq kumush kationini beradi: AgAg++ 1e-. Elektrodda ortiqcha elektronlar hosil bo’ladi va u manfiy zaryadlanadi. Kontsentratsiyasi yuqoriroq eritmaga tushirilgan elektrod esa, I yarim elementga nisbatan musbat zaryadlanadi. Elektrodlar ulanganda elektronlar manfiy elektroddan musbat elektrodga o’ta boshlaydi. EYUK yuzaga keladi. Tok eritma kontsentratsiyalarining farqi tufayli paydo bo’ladi.
(-) Ag Ag++ e- (C2)
(+)Ag++ 1e- Ag (C1)
Kontsetratsion zanjirlar ishlaganda C1 kotsentratsiya kamayadi, C2 esa ortadi. Pirovardida kontsentratsiyalar tenglashadi C1=C2; tenglashganda EYUK E=0 bo’ladi.
agar , bo’lsa
Diffuzion potentsial 2 ta suyuq faza chegarasida vujudga keladi. Sabab ionlarning xarakatchanligini turlicha bo’lishi.
mas., INO3-=62; IAg+=54. Element ishlaganda kichik kontsentratsiyali eritmada NO3- ko’payib, katta kotsentratsiyalida esa Ag+ ko’payib ketadi. Natijada biri (-), II-si (+) zaryadlanadi. Potentsiallar farqi vujudga keladi. Bu diffuzion potentsial deyiladi.
Diffuzion potentsialni yo’qotish uchun elektrolitik ko’prik qo’yiladi. VMasalan: KCl, chunki Ik+=64,5 ; Isl-=65,3 Om-1sm2).
Do'stlaringiz bilan baham: |