Elektrogazpayvandlash ishlari texnologiyasi o’quv amaliyotidan Ma’ruza- matnlar to’plami


Payvandlash o‘zgartirgichlari va agregatlarining texnik tavsifi


Download 196.85 Kb.
bet4/9
Sana19.11.2023
Hajmi196.85 Kb.
#1786331
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Elektrogaz To\'lqin domla

Payvandlash o‘zgartirgichlari va agregatlarining texnik tavsifi


Rusumlari

Kuchlanish,

Payvandlash
















V

toki kuchi, A

UDE

R
















nom

Ilova






















%




O‘zgartir­

Generatorlar

U

U

I




Rostlash

KVA



















gichlar




1

s.y.u




nom

chegarasi











































Mustaqil

ПД–303

ГСO–300

380

65

300

100...300

65

10

qo‘zg‘a­­































ladigan































O‘z-

ПСО–

ГСO–300

380

50–70

315

115...315

60

16

o‘zidan

300–2

qo‘zg‘a­­


























































ladigan

САМ–300

ГСO–300-M

380

50..70

300

80....380

65

14

«-«

ПД–501

ГСO–500

380

90

500

125...500

60

30

«-«

220

ПС–500

ГСO–500–

380

60...905

500

120...600

65

28

«-«




11




























AСДП

СГП–3

380

60...90

500

120...500

60

20

«-«

ПСГ–500

ГСГ–500

380

40

500

60...500

60

20

«-«

220






























O‘z-o‘zidan qo‘zg‘aluvchi (magnit oqimi hosil qiluvchi) generatorlarda Wv chulg‘ami cho‘tka b va kollektorning o‘rtasida a va b cho‘tkalari orasida o‘rnatiladigan qo‘shimcha cho‘tka orqali langar chulg‘ami Wl dan ta’minlanadi. Magnitsizlovchi chulg‘am Wr oldingi holga o‘xshab, langar chulg‘ami Wl bilan ketma-ket ulanadi. Boshqa tomonlaridan o‘z-o‘zidan qo‘zg‘aladigan generatorlar mustaqil qo‘zg‘atishli generatorlar kabi tu¬ zilgan va ishlaydi.


4-mavzu:Yoy yordamida qo’lda payvandlash texnologiyasi
Reja:

  1. Payvandlash yoyi haqida asosiy ma’lumotlar

  2. Payvandlash yoyining sohalarga bo’linishi

  3. Payvandlash yoyining statik volt-amper xarakteristikasi

Elektrodlar orasida yoki elektrod va buyum orasidagi gaz muhitida hosil bo‘lgan quvvatli turg‘un elektr zaryad­ sizlanishi payvandlash yoyi deb ataladi. Payvandlash yoyi katta miqdorda issiqlik energiya ajralib chiqishi va kuchli yorug‘lik effekti bilan xarakterlanadi. Payvandlash yoyi is­ siqlik konsentrlangan manba bo‘lib, bu issiqlik asosiy mate­ rialning ham, payvandlovchi qo‘shimcha materialning ham suyuqlanishi uchun qo‘llaniladi.Yoy zaryadsizlanishi qanday muhitda bo‘layotganiga qarab quyidagi xillarga bo‘linadi: havoda yonayotgan ochiq yoy, bunda yoy zonasini gazli muhiti payvandlanayotgan metall, elektrodlar materiali va elek­ trodlar qoplamalari materiali bug‘larining havo bilan aralashmasi tarkibidan iborat bo‘ladi;


–flus ostida yonayotgan berk yoy, bunda yoy zonasidagi gazli muhit asosiy metall, sim va himoya flusining bug‘lari aralashma­ sidan iborat bo‘ladi; – himoya gazlari muhitida yonayotgan yoy, bunda yoy zonasi gaz muhiti tarkibiga himoya gazining atmosferasi, simning va asosiy metall bug‘larining aralashmasi kiradi. Payvandlash yoyi ishlatiladigan tokning xiliga qarab (o‘zgarmas, o‘zgaruvchan, uch fazali) va yonish muddatiga qarab (statsionar impulsi) klassi­ fikatsiyalanadi. O‘zgarmas tok ishlatilayotganda to‘g‘ri va tezkari qutbli yoy bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri qutblilikda kuch zanjirining manfiy qutbi – katod – elektrodda, musbat qutbi – anod – asosiy metalda bo‘ladi. Teskari qutblilikda musbat elektrodda, manfiy esa buyumda bo‘ladi. Ishlatilayotgan elektrodning turiga qarab yoy eriydigan (metall) yoki erimaydigan (ko‘mir, volfram va boshqalar) elektrodlar orasi­ da yondirilishi mumkin. Ishlash prinsipi jihatidan yoylar bevosita, bilvosita va kombinatsiyalangan ta’sirli bo‘lishi mumkin. Elektrod va buyum orasida bo‘ladigan yoy razryad bevosita yoy deyiladi. Bilvosita yoy ikki elektrod orasidagi yoy zaryad­ sizlanishidir (atomvodorodli payvand). Kombinatsiyalangan yoy bevosita va bilvosita yoylarning qo‘shilishidir. Kombinatsiya­ langan yoyga misol qilib, ikki yoyi elektrodlarni buyum bilan bog‘laydigan, uchinchi yoyi esa bir-biridan izolatsiyalangan ikki elektrodlar orasida yonayotgan yoyni keltirish mumkin.



Elektr yoy:
a – bevosita ta’sir qiluvchi, b – bilvosita ta’sir qiluvchi, d – kombinatsion ta’sir qiluvchi.
Payvandlash yoyida yoy oralig‘i uch asosiy sohaga bo‘linadi: anod sohasi, katod sohasi va yoy ustuni. Yoyning yonish jarayonida elektrod va asosiy metalda faol dog‘lar hosil bo‘ladi, ular elektrod va asosiy metalning eng qizigan uchastkalari bo‘lib, yoyning ham­ ma toki ana shu uchastkalar orqali o‘tadi. Katodda bo‘ladigan faol dog‘lar katod dog‘lari, anoddagilar esa anod dog‘lari deb ataladi.Payvandlash yoyning umumiy uzunligi har ucha­ la sohaning yig‘indisiga teng:
Lyoy = Lk+Lu+La,
bu yerda: Lyoy – payvandlash yoyining umumiy uzunligi, sm; Lk – katod sohasi (taxminan 10–5 sm ga teng);

  1. u – yoy ustunining uzunligi, sm;

  2. a – anod sohasi uzunligi (taxminan 10–3–10–4 sm ga teng).

Pay­ vandlash yoyida kuchlanishning yoy uzunligiga va payvandlash toki kattaligiga bog‘lanishi yoyning volt-amper xarakteristikasi deyiladi va quyidagi formula bilan ifodalanadi:
Uyoy=a+bLyoy
bu yerda: a – katoddagi va anoddagi kuchlanish tushishlari­ ning yig‘indisi (a=Uk+Ua);b – gaz ustunida kuchlanishning solishtirma tushishi bo‘lib, 1
yoy uzunligiga nisbatdan olingan (b kattalik yoy ustunining gaz tarkibiga bog‘liq bo‘ladi);Lyoy – yoyning uzunligi, mm.Tokning kichik va o‘ta yuqori kattaliklarida Uyoy payvandlash toki kattaligiga bog‘liq bo‘ladi.

5-mavzu:Flyus ostida yarim avtomatik usulda payvandlash texnologiyasi
Reja:
1.Flyus ostida payvandlash texnologiyasi haqida umumiy tushunchalar
2.Flyus ostida yarim avtomatik usulda payvandlash texnologiyasi

Flus ostida yoyli payvandlash – bu yoyli eritib payvandlashdir, bunda yoy payvandlash flusi ostida yonadi. Flus ostida payvandlash usuli 1939-yilda Ukraina Fan­ lar Akademiyasining Elektr payvandlash institutida Y.O. Paton ishtiroki bilan, N.G. Slavyanov g‘oyasi asosida ishlab chiqildi, va o‘shanda bu usulga «flus ostida taqir elektrod bilan tezkor avtomatik payvandlash» nomi berilgan. Flus ostida payvandlashda payvand yoy buyum va payvandlash simi orasida yonadi. Yoy ta’siri bilan sim eriydi va eruvchanligi­ ga qarab payvandlash zonasiga uzatiladi. Yoy flus qatlami bilan qoplangan. Payvandlash simi (yoy bilan birga) maxsus mexanizm yordamida (avtomatik payvandlash) yoki qo‘lda (yarim avtoma­ tik payvandlash) payvandlash yo‘nalishiga qarab siljitiladi. Yoy issiqligi ta’sirida asosiy metall va flus eriydi. Erigan simlar, flus va asosiy metall payvandlash vannani hosil qiladi. Flus suyuq parda ko‘rinishida payvandlash zonani havodan himoyalaydi. Yoy yordamida erigan payvandlash simning metalli payvandlash van­ nasiga tomchilab o‘tadi, u yerda erigan asosiy metall bilan arala­ shadi. Yoyni uzoqlashtirgan sari payvandlash vannaning metali sovushni boshlaydi, chunki issiqlik yo‘qola boshlaydi, so‘ng qotib chok hosil qiladi. Erigan flus (shlak), chok yuzasida shlakli qat­ lam hosil qilib qotadi. Erimagan ortiqcha flus qismi sovitilib qa­ yta ishlatiladi.



Flus ostida payvandlash chizmasi:1 – payvandlanayotgan detal; 2 – flus qatlami; 3 – payvandlash simi; 4 – payvandlash yoyi; 5 – erigan flus; 6 – shlak qatlami; 7 – flus qoldig‘i; 8 – payvand chok; 9 – payvandlash vannasi

Metallarni flyus qatlami ostida yarim avtomatikaviy usulda payvandlash. Bu usuldan qisqa, uzlukli va istalgan shaklli sifatli choklar bostirishda foydalaniladi. Bu usulning yuqoridagi tanishilgan avtomatik payvandlash usulidan farqi shundaki, bunda payvandlash elektrod-simini payvandchi qo‘lida zaruriy erga suradi. YArim avtomatik payvandlashda shlang tipidagi apparatlardan foydalaniladi. payvandlashda elektrod-simni statsionlar uzatish mexanizmi egiluvchan shlang orqali tutgichga uzatib turadi. Tutgich o‘z navbatida flyusli bunker, tok manbaini ulovchi va elektrod-simni uzatuvchi mexanizmni ishga soluvchi knopka bilan jihozlangan. Bunday apparatlari diametri 2 mm dan ortmaydigan elektrod simlarda payvandlashda mo‘ljallangan bo‘lib, tok kuchi esa 200-600 a oralig‘ida bo‘ladi. Qalinligi 4-12 m/soat ga etadi. Flyus qаtlаmi оstidа аvtоmаtik usuldа pаyvаndlаsh. Mеtаllаrni dаstаki usuldа pаyvаndlаshning yuqоri unumli usullаri yarаtilgаnigа vа unumi kеskin оrtgаnigа qаrаmаy аnchа qаlin mеtаllаrni sifаtli pаyvаndlаsh mаsаlаsi hаl bo’ldi. Lеkin izlаnishlаr mеtаllаrni elеktr yoy yordаmidа аvtоmаtik rаvishdа pаyvаndlаsh usullаrini yarаtish imkоnini bеrаdi. Pаyvаndlаsh аvtоmаtining kаllаgi elеktrоd sim 1 o’rаlgаn kаsеtа sim uz- аtish mехаnizmi 2 vа bunkеr 3 dаn ibоrаt. Pаyvаndlаshdа sim uzаtish mехаnizmi ni mа’lum tеzlikdа zаgаtоvkа tоmоngа uzаtib turаdi. Аgаr pаyvаndlаngаn аgrеgаtni аrаvаchаgа o’rnаtib tоk buylаb аvtоmаtik yurgizilsа, chоk sifаtli bo’lаdi. Bundаy аvtоmаtlаrning АDS-1000-2, TS-17M, S35 vа bоshqа tiplаri mаvjud bo’lib, ulаrgа pаyvаndlаsh trаktоrlаri dеyilаdi. Pаyvаndlаsh аvtоmаtlаrining АSB оsmа tipi vа bоshqа хillаri hаm bоr.




Download 196.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling