Elektrogazpayvandlash ishlari texnologiyasi o’quv amaliyotidan Ma’ruza- matnlar to’plami


-mavzu:Gaz alangasida payvandlash texnologiyasi


Download 196.85 Kb.
bet6/9
Sana19.11.2023
Hajmi196.85 Kb.
#1786331
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Elektrogaz To\'lqin domla

7-mavzu:Gaz alangasida payvandlash texnologiyasi.
Reja:
1.Gaz bilan payvandlash texnikasi
2.Payvandlashda gorelkani surish
3. Chap va o‘ng usulda payvandlash

Pastki, gorizontal, vertikal va ship choklarni gaz bilan payvandlash mumkin. Ayniqsa, ship choklarni payvandlash qiyin. Chunki bunday choklarni payvandlashda payvandchi alanga gazlari bosimidan foydalanib, suyuq metallni chok uzra tutib turishi va taqsimlay bilishi kerak. Ko‘pincha, uchma-uch tutashtiriladigan birikmalar, kamdan kam hollarda burchak birikmalar gaz bilan payvandlanadi. Uchlari ustma-ust qo‘yilgan va tavr shaklidagi birikmalarni gaz bilan payvandlash tavsiya etilmaydi. Chunki bunday birikmalar metallni juda tez va yaxshilab qizdirishni talab etadi hamda buyumning tob tashlashiga sabab bo‘ladi. Qirralari qayrilgan yupqa metall birikmalar eritib qo‘shi- ladigan simlarsiz payvandlanadi. Uzluksiz va uzuq, shuningdek, bir qatlamli hamda ko‘p qatlamli choklar ishlatiladi. Pay- vandlashdan oldin payvandlanadigan joy moy, bo‘yoq, zang, kuyindi, nam va boshqa ortiqcha qo‘shilmalardan yaxshilab tozalanadi.


Gaz bilan uchma-uch qilib payvandlashda qirralarni tayyorlash



Gorelka alangasi payvandlanadigan metallga shunday yo‘- naltiriladiki, uning chetlari yadro uchidan 2—6 mm masofadagi tiklash zonasida bo‘lsin. Erigan metallga yadro uchini tekkizib bo‘lmaydi. Aks holda vanna metali uglerodlashib qoladi. Eritib qo‘shiladigan simning uchi ham tiklash zonasida bo‘lishi yoki erigan metall vannasi ichiga botirilishi kerak. Alanga yadrosining uchi yo‘naltirilgan joyda suyuq metall gazlar bosimi ostida biroz atrofga sochilib, payvandlash vannasida chuqurcha hosil qiladi. Gaz bilan payvandlashda metallning qizish tezligini mund- shtukning metall sirtiga nisbatan qiyalik burchagini o‘zgartirib rostlash mumkin.


Chap uxulda payvandlaxh usuli eng ko‘p tarqalgan usuldir (2.3.3-rasm, a). Undan yupqa va oson eriydigan metallarni payvandlashda foydalaniladi. Gorelka chapdan o‘ngga, eritib qo‘shiladigan sim esa chokning payvandlanmagan hududiga yo‘naltiriladigan alanga oldida suriladi. 2.3.3-rasm, a da chap usulda payvandlashda mundshtuk va simni harakatlantirish sxemasi ko‘rsatilgan. Chap usulda payvandlashda alanga quvvati metall (po‘lat) ning har 1 mm qalinligiga soatiga 100 dan tortib 130 dm3 gacha asetilenni tashkil etadi.
Chap usulda payvandlashda payvand birikma chokining balandligi va eni ancha tekis chiqadi, 5 mm gacha qalinlikdagi listlarni payvandlashda unumdorlik nihoyatda yuqori, narxi arzon bo‘ladi. Bu alanga dastlab payvandlanadigan metallni qizdirishi bilan tushuntiriladi. Bundan tashqari, chap usulda payvandlash osonroq bajariladi va payvandchining katta malakaga ega bo‘lishi talab qilinmaydi.
Chap usulda payvandlashda o‘ng usulga nisbatan payvand- lash tezligini buyumning issiqlik yutishi (issiqlikning yo‘qolishi) sezilarsiz bo‘lguncha oshirish mumkin, bunga faqat yupqa listlarni payvandlashda erishish mumkin. Listlar qalinligi 5 mm dan ortiq bo‘lganda chap usulda payvandlash tezligi o‘ng usulda payvandlash tezligidan kichik bo‘ladi.

a b


Payvandlash usullari:
a — chap usulda; b — o‘ng usulda; 1 — payvandlash payti;
2 — mundshtuk va simning harakatlanish sxemasi;
S — mundshtuk va simning egilish burchagi

O‘ng usulda payvandlaxhda gorelka chapdan o‘ngga, eritib qo‘shiladigan sim esa gorelka ortidan suriladi (2.3.3-rasm, b). Alanga simning uchiga hamda chokning payvandlangan hududiga yo‘naltiriladi. Mundshtuk ko‘ndalangiga chap usulda payvand- lashdagiga nisbatan kamroq tebratiladi. Qalinligi 8 mm dan kam metallni payvandlashda mundshtuk ko‘ndalangiga tebratilmasdan chok o‘qi bo‘ylab suriladi. Simning uchi payvandlash vannasiga tiqib turiladi va u bilan suyuq metall aralashtiriladi. Bunda oksidlar va shlaklarning chiqib ketishi osonlashadi. Alanga issig‘i kamroq tarqaladi va undan chap usulda payvandlashga qaraganda yaxshiroq foydalaniladi. Shuning uchun ham o‘ng usulda pay- vandlashda chokni ochish burchagi 90˚ emas, balki 60—70˚ bo‘- lishi mumkin. Shunda eritib qoplanadigan metall miqdori, sim sarfi va chok metalining cho‘kishidan buyumning toblanishi kamayadi.




Download 196.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling