Elektrogazpayvandlash ishlari texnologiyasi o’quv amaliyotidan Ma’ruza- matnlar to’plami


Download 196.85 Kb.
bet1/9
Sana19.11.2023
Hajmi196.85 Kb.
#1786331
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Elektrogaz To\'lqin domla



Elektrogazpayvandlash ishlari texnologiyasi
o’quv amaliyotidan

Ma’ruza- matnlar to’plami

1-mavzu:Kirish. Payvandlash turlarining tasnifi. Payvand birikmalari va choklari
Reja:
1.Fanga kirish. Payvandlash turlarining tasnifi
2.Payvand birikmalari
3.Payvand choklari
Hozirgi kunda mashinasozlik bilan birga payvandlash ham rivojlanib bormoqda. Payvandlash faqat mashinasoz- likda emas, balki boshqa sohalarda ham keng yo‘lga qo‘yilgan. Uning yordamida yangi konstruksiyalar ishlab chiqiladi, buyum va jihozlar ta’mirlanadi va yana boshqa ishlar ham amalga oshiriladi. Payvandlash ishlarini zamonaviy usullar bilan yer ustidagi kabi suv ostida ham, kosmosda ham, har qanday fazoviy holatda baja- rish mumkin. Metallni eritishda „elektr uchqunlaridan“ amalda foydalanish g‘oyasini, birinchi bo‘lib, 1753-yilda rossiyalik olim G. V. Rixman atmosfera elektrini tekshirishda o‘rtaga tashlagan edi. 1802-yilda Sankt-peterburglik olim Petrov elektr yoyi hodisasini kashf qildi va undan amalda foydalansa bo‘ladigan sohalarni ko‘rsatib berdi. Payvandlash — biriktirilayotgan qismlar o‘rtasida o‘zaro atom bog‘lanishini, qisman yoki umuman, qizdirib va plastik deformatsiyalab yoki ikkala usulni birgalikda qo‘llab, ajralmaydigan birikma hosil qilish jarayonidir. Payvandlashda biriktirilayotgan qismlar o‘rtasida qattiq jism yoki suyuqliklar atomi, ionlari va molekulalar uchun xarakterli bo‘lgan bog‘lanish o‘rnatiladi. Elementar zarracha va molekulalarning bog‘lanishi kovalentli, ionli, molekular va metalli bo‘lishi mumkin. Metall yuzasiga tashqi bosim berib deformatsiyalan- ganda, yuza g‘adir-budurligi tekislanadi, yuza har xil oksidlanish va iflosliklardan tozalanadi, natijada, atom- lar o‘zaro bog‘lanib, payvandlanish hosil bo‘ladi. Payvandlashni tasniflash uchun quyidagi belgilar olingan: fizikaviy, texnikaviy, texnologik. Fizikaviy belgisi bo‘yicha payvandlash uchta sinfga bo‘linadi: termik, termomexanik, mexanik. Òermik sinfga elektr yoki kimyoviy energiyani issiqlik energiyasiga aylantirib qo‘llaniladigan payvandlash turlari: yoy yorda- mida, elektr-shlak usulida, plazma oqimi, yorug‘lik nuri, induksion isitkich, gaz alangasi va lazer yordamida pay- vandlash kiradi. Òermomexanik sinfga biriktirilayotgan qismni qizdirish uchun har xil manbalarni qo‘llovchi payvandlash: kontaktli, gaz-pressli, diffuziyali kabi pay- vandlash turlari kiradi. Mexanik sinfga mexanik energiya va bosimni qo‘llovchipayvandlash: sovuq holda, port- latib, ultratovushli, ishqalanish vositasida payvandlash kiradi.
Payvand cho kbilan biriktirilgan birqancha elementlar tO‘plami payvand

birikma Deb yuritiladi. Payvandlash yo‘li bilan turli materiallardan ajralmaydigan konstruksiyalar tayyorlashda payvand birikmalarning turli-xillaridan foydalaniladi, lekin, ko‘proq tarqalgan xillariga uchma-uch, ustma-ust, burchak hosil qilgan va tavraviy birikmalarkiradi.

Download 196.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling