Elektrokimyoviy analiz usullari faniga kirish


Vodorod elektroddan foydalanib pH ni o‘lchash


Download 1.25 Mb.
bet13/34
Sana18.06.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1597450
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34
Bog'liq
Elektrokimyoviy analiz usullari faniga kirish

Vodorod elektroddan foydalanib pH ni o‘lchash

Agar suyuq holdagi birikmalarning potensial qiymatini yoki bir xil turdagi ionlar uchun aktivlik koeffitsiyentini (yoki aktivlik) qiymatini oldindan bermasa pH ning mutlaq qiymatini o‘lchab bo‘lmaydi. Kationli va anionli tashkil etuvchilarni ajratishning pH ga ta’siri elektrokimyoviy analiz usullari sohasidan ko‘ra ko‘proq fizika sohasiga tegishli. Biz pH-metriyaning asosiy prinsiplarini qisqacha izohlash bilangina chegaralanamiz. Yacheykadagi jarayonni quyidagi ko‘rinishda tasavvur


qilish mumkin:


Pt, H2(gaz, r) │Ce-(suvdagi), H+(suvdagi) │AgCl(qattiq), Ag
Ushbu yacheykaning elektr yurituvchi kuchi Nernst tenglamasi



asosida aniqlanadi.




E=E(AgCl/Ag)-E(H+/H2)

(49)

Bu ifoda ba’zi qayta o‘zgartirishdan so‘ng quyidagi ko‘rinishni

oladi:




E=E0-2.303RT/F lg[C(Cl-)ƒ(Cl-)/p1/2]-2.303RT/F lga(H+)

(50)

Bunda E-yacheykaning o‘lchanadigan E.Yu.K, E0- kumush xloridli taqqoslash elektrodining (vodorod elektrodining standart potensiali aniqlash bo‘yicha nolga teng), P-vodorodning bosimi, C-xlor ionlarining konsentratsiyasi (P va C o‘lchanadigan kattaliklarga tegishli) faqat ↑ƒ(Cl-) xlorid ionlarining aktivlik koeffitsiyenti va vodorod ionlarining aktivligi noma’lum qoladi. ƒ(Cl-) xlorid ionlarining aktivlik
koeffitsiyenti Debay-Xyukkelning aktivlashtirilgan formadagi tenglamasidan foydalanib hisoblanishi mumkin. Shunday qilib yuqorida keltirilgan tenglama bo‘yicha vodorod ionlarining noma’lum aktivligi qiymatini baholash mumkin.

Analitik maqsadlarda eritmalarning pH ini mutlaq qiymati emas, balki nisbiy qiymati o‘lchanadi. Noma’lum yoki tadqiq qilinadigan eritmaning pH ini standart taqqoslash eritmalarining bir yoki bir nechtasini pH qiymati bilan taqqoslaydi.





Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling