Analitik kimyo-moddalarning kimyoviy tarkibi va tuzilishini aniqlash uchun qo’llaniladigan analiz usullari haqidagi fandir. - Kimyoviy usullar- kimyoviy reaksiyalarga asoslanadi. Bunday reaksiyalar analitik reaksiyalar deyiladi. Analitik reaksiyalarni vujudga keltiruvchi moddalar esa reagentlar deyiladi. Kimyoviy usullarning sezgirligi yuqori emas va analizni bajarish uchun ko’p vaqt sarf bo’ladi. Bu jihatdan fizikaviy va fizik-kimyoviy analiz usullarining o’rni katta bo’lib, bular asbobiy (instrumental) usullar ham deyiladi.
- Fizikaviy usullar- moddaning kimyoviy tarkibi bilan uning ayrim fizikaviy xossalari o’rtasidagi bog’lanishlardan foydalanishga asoslangan. M: spektral, dielkometrik.
- Fizik-kimyoviy analiz usullari- kimyoviy reaksiyalar vaqtida sodir bo’ladigan fizikaviy o’zgarishlarni tekshirishga asoslangan. M: elektrokimyoviy, xromatografik va optik usullar.
- Biologik analiz usullari- biologik ob’yektlar analizi hisoblanadi va asosan vizual aniqlashlar bilan birgalikda kimyoviy, fizikaviy va fizik-kimyoviy analiz usullaridan foydalanishga asoslangan.
Fizik – kimyoviy analiz usullari - Analizning fizik-kimyoviy usullari moddaning kimyoviy reaksiyalar jarayonida fizikaviy xossalarining o’zgarishini aniqlashga asoslangan. Fizik – kimyoviy analiz usullarining turlari juda ko’p. Ulardan hozirgi vaqtda sanoat korxonalarida mahsulotlarning xossalarini o’rganishda, ilmiy-tekshirish laboratoriyalari ishlarida keng foydalaniladigani quyidagilar:
- 1. Elektrokimyoviy analiz usullari - elektrokimyoviy hodisalar vaqtida analiz qilinadigan eritmada o’zgaradigan elektrokimyoviy ko’rsatkichlarni o’lchashga asoslangan (potensiometrik, konduktometrik, amperometrik va boshqalar).
- 2. Optik analiz usullari - modda bilan elektromagnit nurlarning ta`siri natijasida turli o’zgarishlarni o’lchashga asoslangan (emission spektral analiz, atom-yutilish spektroskopiyasi, infraqizil nurlar spektroskopiyasi, spektrofotometrik va boshqalar)
- 3. Ajratish va konsentrlash usulari - moddalarning ikki faza orasida taqsimlanishiga asoslangan (ekstraksiya, xromatografiya va hokazo).
Do'stlaringiz bilan baham: |