Elektrolitik dissotsiyalanish nazariyasi Turmushda biz toza suvni hech uchratmaymiz. Tabiiy
Download 456.5 Kb.
|
NAZARIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suv eritmasida ion bogʻlanish dissotsiyalanish sxemasi
- Ionlarning elektr maydonidagi harakati
NAZARIY Elektrolitik dissotsiyalanish nazariyasi Turmushda biz toza suvni hech uchratmaymiz. Tabiiy suvlarning hammasi eritmalardan iborat. Toza shisha ustiga bir tomchi vodoprovod suvini bugʻlatib, unga ishonch hosil qilish mumkin. Yani shishada xira dogʻ hosil boʻladi. Bu suvda erigan tuzlarning ajralib chiqqanini koʻrsatadi. Yomgʻir va qor suvlari bugʻlatilganida dogʻ hosil boʻlmaydi, bu suvlar toza tabiiy suv hisoblanadi, ammo ularning tarkibida azot, kislorod va boshqalar erigan holda boʻladi. Eritmalar tabiatda katta ahamiyatga ega. Tabiiy shifobaxsh suvlar koʻpgina togʻ jinslarining qatlamlari paydo boʻladi. Oʻsimliklarning oʻsishi uchun zarur tuzlarni tuproqdan eritmalar holida oladi. Agar doimiy suvlarda erigan tuzlarning miqdori keragidan ortiq boʻlsa, bunday suvlar ekinlarni sugʻorish uchun yaroqsiz boʻladi. Odam va hayvonlarda ham ovqatni singdirish jarayonlari ham suvda erigan holda amalga oshadi. Suv eritmasida ion bogʻlanish dissotsiyalanish sxemasi Barcha moddalar elektr toki taʻsiriga munosabatiga koʻra ikki guruhga: elektr tokini oʻtkazadigan va elektr tokini oʻtkazmaydigan moddalarga boʻlinadi. Keyinchalik ayrim murakkab moddalarning suvdagi eritmasi elektr tokini oʻtkazishi aniqlandi. Bu hodisalar mukammal oʻrganilib, eritmalari elektr tokini oʻtkazadigan moddalarni elektrolitlar, eritmalari elektr tokini oʻtkazmaydigan moddalar noelektrolitlar deb ataladigan boʻldi. Eritmalarning elektr oʻtkazuvchanligini oʻlchash asbobi Nima uchun ayrim moddalarning suvdagi eritmasi elektr tokini oʻtkazadiyu, boshqa moddalar har holatda ham elektr tokini oʻtkazmaydi degan savol tugʻiladi. Bu savolga 1887-yil S. Arrenius javob topdi va shunga koʻra oʻz nazariyasini yaratdi: Elektrolitlar suvda eriganda musbat va manfiy ionlarga ajraladi. Elektrolitlarning suvda erib ionlarga ajralish hodisasi elektrolitik dissosatsiya deyiladi. Qand, efir, spirt va boshqa suvda eriganda ionlarga dissotsiyalanmaydi, ajralmaydi. Elektr toki ta’sirida musbat zaryadlangan ionlar katodga, manfiy zaryadlangan ionlar anotga tomon harakatlanadi. Musbat zaryadlangan ionlar kationlar, manfiy zaryadlangan ionlar anionlar deyiladi. Dissotsiyalanish – qaytar jarayon, molekulalarning ionlarga ajralishi bilan bir vaqtda ionlarning birikish jarayoni ham sodir boʻladi. Suv eritmasida elektrolitik dissotsiyalanish Elektrolit moddalar eritmalarining elektr tokini oʻtkazishini tushunish uchun avvalo moddalarning tuzilishini va ulardagi kimyoviy bogʻlanish tabiatini eslash zarur. Qattiq holdagi osh tuzi elektr tokini oʻtkazmaydi, lekin uning suvdagi eritmasi elektr tokini oʻtkazadi, chunki eritmada zaryadlangan zarrachalar – ionlar hosil boʻladi. Eritmalarga elektr toki ulangan elektrodlar tushurilganida musbat zaryadli ionlar elektr manbayining manfiy qutibi (katod) tomon tortiladi, manfiy zaryadli ionlar esa elektr manbayining manfiy qutibi (anod) tomon tortiladi.Shunga koʻra ular kationlar,anionlar deyiladi. Ionlarning elektr maydonidagi harakati Download 456.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling