Elektrolitik dissotsiyalanish nazariyasi Turmushda biz toza suvni hech uchratmaymiz. Tabiiy


Ham kation, ham anion bo‘yicha gidrolizga uchraydigan moddalar


Download 456.5 Kb.
bet7/7
Sana11.03.2023
Hajmi456.5 Kb.
#1258566
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
NAZARIY

Ham kation, ham anion bo‘yicha gidrolizga uchraydigan moddalar


Bunday holda kation va anionlar suv molekulalarini qutblashi natija­sida ularga suvning HO– va H+ zarrachalari birikadi, bu holda chuqur gidroliz sodir bo‘ladi.
Masalan, CH3COONH4 tuzining har bir ioni suvning ionlarini biriktiradi va muvozanat yomon dissotsilanadigan mahsulot (CH3COOH va NH4OH ) lar hosil bo‘lish tomoniga (o‘ng tomonga) siljigan bo‘ladi:
CH3COO– +NH4+ + H2O ⇄ CH3COOH + NH4OH
Metallmas elementlaming o‘zaro hosil qilgan birikmalarida kovalent bog‘li birikmalarining suv molekulalari bilan reaksiyalari tuzlarnikiga qaraganda batamom boshqacha kechadi, masalan:
PCl5 + 4 H2O → H3PO4 + 5 HCl
SiCl4 + 3H2O → H2SiO3 + 4HCl
Organik moddalardan murakkab efirlar, galogenalkillar, galogenangidridlar, sulfokislotalarning ishqoriy sharoitda sodir bo’ladigan gidrolizi ham qaytmas reaksiyalarda qatnashadi.
Gidroliz jarayonida hosil bollgan kuchsiz kislota va kuchsiz asoslarning dissotsilanish darajasi kichik bo’lishi tufayli eritmada erkin holdagi H+ va HO ionlari sezilarli miqdorda bo‘lmaydi va eritmaning muhiti deyarli neytral holatda bo‘ladi.

Gidroliz darajasi


Umuman, ko‘pchilik hollarda suvda eritilgan tuz kationi va anioni 100% gidroliz jarayoniga jalb etilmaydi, ya’ni eritmada muvozanat holati yuzaga keladi. Gidrolizda qatnashgan molekulalar ulushi gidroliz darajasi (h) — shu jarayonning muvozanat konstantasi, eritmaning temperaturasi va erigan tuz konsentratsiyasi bilan bog‘liq.
Gidroliz darajasi tuz tabiati, uning eritmadagi konsentratsiyasi va temperaturaga bog‘liq. Har qaysi neytrallanish jarayoni ekzotermik xossaga ega bo‘lganligi sababli, gidroliz reaksiyasi endotermik xususiyatga ega bo’ladi. Shu sababli, gidroliz jarayoni temperatura ortishi bilan tezlashadi (Le Shatelye prinsipiga binoan).
Bundan tashqari, suv molekulalarining elektrolitik dissotsilanishi temperatura ortishi bilan keskin kattalashadi:

‘C

0

5

10

15

20

2.5-30

35

40 45

50

55

65

70

75

…100

h

0,12

0,19

0.29

0,45

0.68

1,0

1,47

2.1

2.9

4,0

5,5

7,3

9,6

…74

Agar tuz hosil qilgan kislota va asos kuchsiz bo‘lishidan tashqari ulardan bin suvda yomon eriydigan bo’lsa, ikkinchisi esa parchalanib gaz holdagi mahsulot hosil qilsa, gidroliz jarayoni qaytmas xususiyatga ega boladi, ya’ni tuz batamom parchalanadi:
2AICI3 +3Na2CO3 +3H2O → 2AI(OH3 ↓ + 3CO2† + 6NaCl
qisqartirilgan ionli tenglamasi:
2A13+ + 3CO-2+ 3H2O→ 2AI(OH)3 ↓ +3CO2 ↑
Shu tarzda gidrolizda qatnashadigan tuzlarga misollar sifatida Al2S3, Al2(SO3)3, Cr2S3 va boshqalami keltirish mumkin.
Gidroliz jarayoni tirik organizmlar hayotida katta rol o‘ynaydi, bu jarayondan kimyoviy moddalar ishlab chiqarishda, ko‘plab oziq moddalami tayyorlashda keng miqyosda foydalaniladi.
Download 456.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling