Kislotalar. Suvda yaxshi eriydigan kislotalar kuchli elektrolit hisoblanadi. Elektrolitik dissotsiya nuqtai nazaridan: kislotalar – murakkab modda boʻlib dissotsiyalanadigan kation sifatida vadorod ionlari, anion sifatida turli kislota qoldiqlari hosil qiladigan ekektrolitlardir. Kislota tarkibidagi vodorodning miqdoriga qarab,vodorod ioni bitta boʻlsa dissotsiyalanish bir bosqichda, vodorodning miqdori ikta boʻlsa dissotsiyalanish ikki bosqichda, vodorodning miqdori uchta boʻlsa dissotsiyalanish uch bosqichda boradi. Vodorod ionlari eritmaga kislotali muhit beradi.
HBr →H++Br–; HNO3→H++NO3–;
H2SO4 →H++HSO4– ; HSO4– →H++SO4-2.
H3PO4 →H2PO4–+H+; H2PO4– →HPO4-2 +H+; HPO4-2 →PO4-3
Kislotalarning nordon mazasi, indikatrlar rangini oʻzgarishi eritmalarda vodorod ionlarining mavjudligi va unung konsentrasiyasiga bogʻliq.
Elektrolitik dissotsiyalanish nuqtai nazaridan asoslar-murakkab modda boʻlib dissotsiyalanganida kation sifatida metall ionlari, anion sifatida gidroksil ionlari hosil qiladigan elektrolitlardir. Gidroksil ionlari eritmada ishqoriy muhit hosil qiladi.
NaOH→Na++OH–; Ca(OH)2→Ca+2+2OH–
Suvda yaxshi eriydigan asoslar-ishqorlarning eritmalari ionlarga toʻliq disosasiyalanadi, dissotsiyalanganida anion sifatida faqat gidroksil ionlari hosil boʻladi.
Elektrolitik dissotsiya nuqtai nazaridan tuzlar-murakkab modda boʻlib, dissotsiyalanganida metall kationi va kislota qoldigʻi anionini hosil qiladigan elektrolitlardir. Ular tarkibiga koʻra ionlarga turlicha disotsiatsiyalanadi. Elektrolitik dissotsiya mexanizmi, dissotsiya darajasi, kuchli, kuchsiz elektrolitlara) Agar tuz oʻrta tuz boʻlsa disosatsiya quyidagicha boʻladi:
NaNO3→Na++NO3–; K2SO4→2K++SO4-2; Al2(SO4)3→2Al+3+3SO4-2.
b) Nordon tuzlar dissotsiyalangan metal kationi bilan vadorod ioni ham hosil boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |