Elektrolitik dissotsiyalanish nazariyasi Turmushda biz toza suvni hech uchratmaymiz. Tabiiy


Kation bo’yicha gidrolizga uchraydigan moddalar


Download 456.5 Kb.
bet5/7
Sana11.03.2023
Hajmi456.5 Kb.
#1258566
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
NAZARIY

Kation bo’yicha gidrolizga uchraydigan moddalar


Har qanday metall ioni suvli eritmada gidratlangan bo’ladi. Kationda zaryad zichligi (kation zaryadining uning radiusiga bo’lgan nisbati z/r ) ortib borish tartibida Men+…OH2 da Men+…O bog‘ga nisbatan О —H bog‘ning dissotsilanishi va gidratlangan suv molekulasidan proton ajralishi osonlashadi:
Men+…OH2…OH2 ⇄ [Me—ОН](n-1)+ + H3O+
Metall ionining zaryadi kattalashib, radiusi kamayib borgan sari uning suv molekulasini qutblashi kuchaya boradi va yuqorida keltirilgan muvo­zanat o‘ng tomonga siljishi osonlashadi.
Malum bo’lgan kationlar shu nuqtayi nazardan ikki guruhga bo’linadi:
a) kation va suv molekulasi orasidagi jarayonda suv molekulasi o ‘zgarmay qoladi. Bunday hol dissotsilanish darajasi a→ 1 bo’lgan kuchli asoslar — ishqorlar uchun xos bo’lib, ishqoriy va ishqoriy-yer metallar kationlari gidroliz jarayonida qatnashmaydi.
b) kationning zaryadi ortib borishi va radiusi kichiklashib borishi bilan yuqoridagi muvozanat o‘ng tomonga siljishi kuzatiladi va eritmada H+ konsentratsiyasi ortib boradi. Bunday kationlar, odatda, kuchsiz asoslar hosil qiladi va ularning tuzlari gidrolitik jarayonda qatnashadi. Masalan, MgCIning gidrolizini quyidagicha ifodalanadi:
MgCl22 H2O ⇄ Mg(OH)22 HCl 
yoki jarayonning ionli tenglamasi:
Mg+ + 2Cl–  + H2O ⇄ Mg(OH)+ + H+ + 2Cl 
yoki uning qisqartirilgan ifodasi:
Mg+ +  H2O ⇄ Mg(OH)+ + H+
bo‘ladi.
Tuz hosil qilgan asos qanchalik kuchsiz bo‘lsa, gidroliz shunchalik chuqurlashadi, ya’ni muvozanat o ‘ng tomonga shuncha siljigan bo‘ladi. Suvda erigan tuzlarning kationlari gidratlangan holatini hisobga olib tuzilgan tenglamaning ko‘rinishi quyidagicha bo‘lishi kerak:

Download 456.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling