Elektrolitik dissotsiyalanish Reja
Elektrolitlar va elektrolitmaslar
Download 137.5 Kb.
|
8 word
Elektrolitlar va elektrolitmaslar
Oquvchilar fizika kursidan biladilarki, elektr toki elektr zaryadlarining malum tomonga yonalgan harakatidir. Bu zaryadlarni tashuvchilar turli zarrachalar: birinchi xil otkazgichlarda elektronlar, ikkinchi xil otkazgichlarda esa ionlar bolishi mumkin. Dars boshida qilinadigan suhbatda kimyoviy boglanishning turlari haqidagi bolimlarni oquvchilar xotirasiga tushirish zarur. Ular oksidlar va kislorodsiz kislotalarning tuzlari ionlardan tuzilganligini biladilar. Endi bunga oksidlarning gidratlari va kislorodli kislotalarning tuzlari ham ionlardan tuzilganligini qoshimcha qilish kerak. U yoki bu asos va kislorodli kislotaning tuzi qanday ionlardan tuzilganligi oquvchilar ishtirokida bazi misollarda tahlil qilinadi, murakkab ionlarning zaryadlari aniqlanadi. Shundan keyin oqituvchi kimyoviy boglanishning turi moddalarning xossalarida, chunonchi elektr otkazuvchanlikda qanday aks etishi togrisidagi muammoni hal qiladi. Distillangan suv va eruvchan tuzlar, asoslar va kislotalarning vakillaridan natriy xlorid kristali, natriy xlorid, sulfat kislota, oyuvchi natriy eritmalarining, songra qand va boshqa moddalarning elektr otkazuvchanligi tajribada sinab koriladi. Har bir tekshirish natijasini oqituvchi doskaga, oquvchilar esa daftarlariga yozib boradilar. Bu tajribalardan moddalarni elektrolitlar va elektrolitmaslarga bolinadi degan xulosaga kelinadi. Uquvchilar bu tushunchalarning qoidalarini yozib oladilar va moddalarning faqat uch sinfi: tuzlar, ishqorlar va kislotalar elektrolitlar ekanligini qayd qiladilar. Uqituvchi bunga qoshimcha qilib tuzlar va ishqorlar faqat erigan holatdagina emas, balki suyuqlangan holatda ham elektr tokini otkazishini aytadi. Elektrolitik dissotsiatsiya. Ionlarning gidratlanishi Darsning vazifasi elektrolit eritmasida zaryadli xarakatchan zarrachalar ionlar paydo bolishida suvning rolini tushuntirib berishdan iboratdir. Qattiq holatdagi tuzlar va ishqorlar elektr otkazmasligining boisi shutsdaki, garchi ularda ionlar mavjud bolsada, ular kristall boylab bir joydan boshqa joyga siljiy olmaydi. Ishqorlar va tuzlar eritilganda ( yoki suyuqlantirilganda) ionlar bir-biridan ajraladi va erkin harakatlanadigan bolib qoladi. Ukuvchilar daftarlariga bunday yozib qoyadilar: elektrolitlar suvda eritilganda yoki suyuqlantirilganda ionlarga ajralishi elektrolitik dissotsiatsiya deb ataladi. Dissotsiatsiya ajralish demakdir. Elektrolitik dissotsiatsiya mexanizmi muhokama qilinayotganda suv molekulasining tuzilishini korib chiqish zarur. Kislorod atomining tashqi qobigida juftlashmagan ikkita r-elektron boladi. r - elektronlar hosil qiladigan elektron bulutlarining oqi ozaro bir-biriga tik yonalgan. Demak r-elektronlar hosil qiladigan kovalent boglanishlar ham bir-biriga nisbatan 100° ga yaqin burchak hosil qilib joylashgan bolishi kerak. Binobarin, suv molekulasi « burchak» shakliga ega. Uning molekulasidagi atomlar orasidagi boglanish qutbli kovalent bolib, umumiy elektron juftlar kislorod atomi tomon siljigan. Vodorodning ikkala atomi kislorod atomining bir tomoniga joylashgan. Atomlarning bu tariqa joylashganligi va ON boglanishning nihoyatda qutbli ekanligi tufayli suv molekulalarining ozi ham qutbli bolib koladi: kislorod atomi tomon manfiy, vodorod atomlari joylashgan tomon esa musbat qutb hisoblanadi. Qutbli molekulalar sxematik tarzda ichiga + va belgilar qoyilgan oval bilan tasvirlanadi. Mabodo suv molekulalari birmuncha simmetrik tuzilishga ega bolganda edi, ular kutbli bolmagan va unday holda yer sharining butun qiyofasi ozgarib ketgan bolardi: okeanlar buglanib ketib, yer shari atrofida ozroq boshqa gazlar aralashgan suv bugidan iborat atmosfera hosil qilgan bolardi. Bu orinda suvning qutbli molekulasini magnit bilan taqqoslasa boladi. Agar magnitlanmagan polat strelkalar solingan qop agdarilsa, strelkalar yerga sochilib ketadi. Bordi-yu, strelkalar magnitlangan bolsa, ular turgan gapki, yerga yaxlit bir uyum bolib agdariladi, chunki yerga tushganda yonma-yon turgan strelkalarning karama-qarshi kutblari bilan bir-biriga tortilganicha qoladi. Qutbli molekulalardan tuzilgan suyuqliklarda ham qoshni molekulalar qarama-qarshi zaryadli qutblari bilan tortiladi, bu esa ularning bir-biridan uzilishiga, yani suyuqlikning buglanishiga xalaqit beradi. Shu sababli molekulalari qutbli bolgan moddalar molekulalari qutbsiz bolgan suyuqliklardan (molekulyar ogirliklari bir-biriga yaqin bolganda) ozining birmuncha qiyinroq uchuvchanligi bilan farq qiladi. Masalan, natriy xloridning kichkina kristali suvga tushganda, shu kristallga tegib turgan suv molekulalari uning sirtiga chiqib turgan ionlarga ozining qarama-qarshi zaryadlangan qutblari bilan tortiladi va binobarin, ionlarning ozaro tortilishini boshashtiradi: ular kristalldan ajralib chiqib erkin bolib qoladi. Suvsiz mis (P)-xloridni hamda uning eritmasi rangini korsatish mumkin: eritmada mis ionlari suv molekulalari bilan boglangan holda, yani gidratlangan holatda qoladi. Endi kislotalardagi kovalent boglanishning ular suvda eriganda ion boglanishga otishi mexanizmi ochib beriladi va gidratlangan vodorod ionidan iborat gidroksoniy ioni haqida tushuncha beriladi. Uqitishning bu bosqichida gidroksoniy ioni gidratlangan proton sifatida korib chiqiladi va shunday qilinganda kislotalarning dissotsilanishi va ular ishtirokida boradigan reaksiyalarning tenglamalarini yozishning bundan keyin qollaniladigan soddalashtirilgan usuli (Н3О+ o‘rniga Н+) yozish o‘rinli bo‘lib chiqadi: axir birgina vodorod ionlari emas, balki umuman boshqa barcha ionlar ham suvli eritmalarda gidratlangan bo‘ladiku, elektrolitlarning kimyoviy reaksiyalarida suv molekulalari odatda qatnashmaydi, shu sababli ionlarga boglangan suv molekulalari reaksiyalarning tenglamalarida hisobga olinmaydi deb kelishib olamiz. Modomiki gidroksoniy ioni haqida okuvchilarga tushuncha berilgan ekan, bundan keyin vaqt-vaqti bilan otkaziladigan mashqlarda uni eslatib turish zarur. Oquvchilar elektrolitik dissotsiatsiya reaksiyasidan tashqari neytrallanish reaksiyasini ham gidratlanishni hisobga olmagan holda: Н+ + ОН- = Н2О gidratlanishni xisobga olgan holda: Download 137.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling