Elektrolitik dissotsiyalanish Reja
Kislota, ishqor va tuzlarning dissotsiatsiyalanishi
Download 137.5 Kb.
|
8 word
Kislota, ishqor va tuzlarning dissotsiatsiyalanishi
Qanday moddalarning dissotsiatsiyalanishidan vodorod ionlari hosil bo'ladi? 1. Kislotalar. Suvda eriydigan barcha kislotalar dissotsiatsiyalanadi. Bunda vodorod ioni bilan kislota qoldig'i ioni hosil bo'ladi: HBr → H+ +Br-- NO3 → H+ +NO3-- Ko'p negizli kislotalar bosqichli dissotsiatsiyalanadi: Birinchi bosqich: H2SO4→H+ + HSO4 -- Ikkinchi bosqich: SO4-- → H+ + SO4 2-- Kislotalarning umumiy xossalari, ya'ni nordon ma'zaga ega bo'lishi, indikatorlar rangini o'zgartirishi, asoslar va asosli oksidlar, tuzlar bilan reaksiyaga kirishuvi ularning dissotsiatsiyalanishi natijasida vodorod ionini hosil bo'lishi bilan tushuntiriladi. Shunga ko'ra kislotalar uchun quyidagicha ta'rif beriladi. 2. Asoslar. Suvda eriydigan barcha asoslar dissotsiatsiyalanganda metall kationiga (ammoniy gidroksidi NH4+ ioniga) va gidroksid anioniga (OH--) ajraladi. NaOH → Na+ +OH-- Ca(OH)2 → Ca 2+ + 2OH-- Suvda eriydigan asoslar uchun xos bo'lgan barcha umumiy xossalar indikator rangini o'zgartirishi, kislotalar, kislotali oksidlar va tuzlar bilan reaksiyasi ularning dissotsiatsiyalanishidan hosil bo'lgan OH-- ionlari tufaylidir. 3. Tuzlar. Tuzlar dissotsiatsiyalanganda metall kationi (ammoniy tuzlarida ammoniy kationi NH4+) ga va kislota qoldig'i anioniga ajraladi: NaNO3 →Na+ + NO3-- , K2SO4→ 2K+ + SO4 2-- Al2(SO4)3 →2Al 3+ + 3SO4 2-- Dissotsiatsiyalanganda kation sifatida faqat vodorod ioni hosil qiladigan murakkab moddalarga kislotalar deb aytiladi. Dissotsiatsiyalanganda anion sifatida faqat gidroksid ioni (OH--) hosil qiladigan murakkab moddalarga asoslar deb aytiladi. Nordon tuzlar dissotsiatsiyalanganda esa kation sifatida metall ioni bilan birga vodorod ioni ham hosil bo'ladi: NaHSO4→ Na+ + HSO4 – HSO4-- → H+ + SO4 2-- Tuzlar dissotsiatsiyalanganda, tuzlar uchun umumiy ion hosil bo'lmaydi. Shunga ko'ra tuzlar uchun umumiy xossalar ham yo'q. Download 137.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling