Электролиз


Download 0.5 Mb.
bet3/3
Sana08.01.2022
Hajmi0.5 Mb.
#249602
1   2   3
Bog'liq
Xalqaro qimmatli qog'ozlar bozori

ЕВРООБЛИГАЦИЯЛАР
  • (ингл. eurobond) mamlakatdan tashqarida qattiq valyutada sotiladigan obligatsiyalardir. Bugungi kunga kelib evroobligatsiyalar har qanday mamlakatda chiqarilishi mumkin va aksariyat holatlarda evro yoki AQSh dollarida muomalaga chiqarilmoqda. Ularga misol sifatida evrodollar obligatsiyalari, evroien obligatsiyalarini keltirish mumkin. Evroobligatsiyalar emitentlar nuqtai nazaridan davlat (suveren) evroobligatsiyalari va korporativ evroobligatsiyalarga bo‘linadi.
  • YEVRODEPOZIT SERTIFIKATLAR
  • Amerika banklari bo‘linmalari va sho‘’ba kompaniyalari va boshqa davlat banklari tomonidan xorijiy valyutada (asosan AQSh dollarida) chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar. Bunda depozit sertifikatlari bankda depozit joylashtirilganligi haqida ma’lumotnama hisoblanadi. Evrodepozit sertifikatlari bozorida eng katta ulush Londonga to‘g‘ri keladi. Evrodollar depozit sertifikatlari asosan yirik institutsional investorlar uchun mo‘ljallab chiqariladi.
  •  
  • QISQA MUDDATLI YEVROQOG’OZLAR
  • seriyali tarzda chiqariladigan xalqaro darajada joylashtiriladigan qimmatli qog‘ozlardir. Bunda eng yirik emitentlar amerika transmilliy kompaniyalari hisoblanadi.
  •  
  • Bugungi kunga kelib davlatlar tomonidan suveren obligatsiyalarni, yirik korporativ tuzilmalar tomonidan korporativ obligatsiyalarni xorijiy valyutada xorijiy davlatlarda joylashtirish amaliyotining muntazam ravishda amalga oshirilib kelinayotganligi xalqaro obligatsiyalar bozori rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Bu o‘z navbatida emitentlarning xalqaro moliya bozoridan katta miqdorda kapital jalb qilish orqali zarur sohalarni rivojlantirishga imkon bermoqda.
  • Odatda yevroobligatsiyalar kamida 3 yilga chiqariladi, eng keng tarqalgan muddat sifatida 5 yillik muddat keltiriladi. Dunyoga mashhur kompaniyalar tomonidan muomalaga chiqariladigan evroobligatsiyalar 15 yildan 30 yilgacha bo‘lgan muddat bo‘yicha amal qiladi.  
  •  
  • Suveren xalqaro obligatsiyalarini jahon moliyaviy bozorlarida joylashtirilishi mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini xalqaro investorlarga batafsil namoyish etib, xorijiy investorlar uchun respublikamizga investitsiya kiritishda suveren riskini to’g’ri baholash uchun imkoniyat yaratdi. 
  • Mamlakatimizda yetarli darajada fiskal zaxiralar mavjudligi va makroiqtisodiy barqarorlik ta’minlanayotgan bir vaqtda suveren xalqaro obligatsiyalarining chiqarish zamirida qo’shimcha mablag’larga ehtiyoj yoki byudjet defitsitini qoplash emas, balki quyidagi strategik maqsadlar yotadi:
  • Suveren xalqaro obligatsiyalarining muvaffaqiyatli joylashtirilishi O’zbekiston uchun bozorda “benchmark” yaratib, yirik davlat korxonalari va banklari uchun jahon moliya bozorlarida o’z obligatsiyalarini joylashtirish va investitsion loyihalarini mustaqil ravishda moliyalashtirishga o’tkazish uchun zarur zamin tayyorladi.
  • Suveren xalqaro obligatsiyalarini xarid qilgan xalqaro investorlar tomonidan respublikamizda amalga oshirilayotgan o’zgarishlarning diqqat bilan kuzatib borishlari tufayli mamlakatimizda iqtisodiy boshqaruv sohasida islohotlar samarasi uchun zarur bo’lgan shaffoflik va prudentsial yondashuvning izchil amalga oshirilishi ta’minlanadi. 
  • Joriy yilning fevral oyigacha, O’zbekistonga jalb etilgan kreditlarning asosiy qismi xalqaro moliya institutlari va boshqa rasmiy tashkilotlar zimmasiga to’g’ri kelgan. Bunday kreditlarning hajmi, ishlatish yo’nalishlari va muddati cheklangan bo’lib, ko’p hollarda davlatga qo’shimcha shart va majburiyatlar yuklanadi. Suveren xalqaro obligatsiyalarni esa yuzlab investorlar qo’shimcha shart va majburiyatlar qo’ymay sotib oldilar.
  • Xususan, bugungi kunda iqtisodiyotimizning barcha tarmoqlarida kuzatilayotgan qurilish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish  va modernizatsiya qilish, yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni o’zlashtirish va eksport hajmini oshirish bilan bog’liq yuqori investitsion faollik tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotning real sektoriga ajratiladigan kreditlarga bo’lgan ehtiyojning keskin oshishiga sabab bo’lmoqda.
  • Shu tufayli, tijorat banklari uchun uzoq muddatli moliyaviy resurslar kerakligini inobatga olib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 apreldagi PQ-4258-sonli qaroriga muvofiq, suveren xalqaro obligatsiyalarining joylashtirilishdan tushgan mablag’larning 889,2 million AQSh dollari tijorat banklari orasida auktsion o’tkazish orqali, ya’ni samarali bozor mexanizmlari asosida, depozitga joylashtirish belgilandi.
  • Bundan tashqari, “Agrobank” aktsiyadorlik tijorat bankiga 20 million AQSh dollari miqdorida loyihalarni moliyalashtirish uchun subordinar qarz shaklidagi kredit liniyasi hamda 89,9 million AQSh dollari “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining strategik ahamiyatga ega bo’lgan loyihalarini moliyalashtirish uchun ssuda ajratishga yo’naltirilmoqda.
  • Yevroobligatsiyalarning afzalliklari va kamchiliklari
  • Afzalliklari
  • Kamchiliklari
  • Jalb qilinadigan mablag‘ miqdorining yuqoriligi (muomalaga chiqarishning o‘rtacha qiymati – 300 million AQSh dollari)
  • Muomala muddatining uzoqligi (3 yildan – 30 yilgacha)
  • Yevroobligatsiya muomalaga chiqarish jarayonining yuqori miqdorda xarajatlar talab qilishi
  • Foiz stavkalarining juda pastligi (yillik 5%)
  • Qimmatli qog‘ozlarni tayyorlash va joylashtirishning ko‘p vaqt talab qilishi (4–6 oy)
  • Ta’minot va garov bo‘yicha talablarning mavjud emasligi
  • Xalqaro miqyosda kredit tarixi yuzaga kelishi
  • Davlat moliyaviy siyosati bilan bog‘liq risk
  • XALQARO AKSIYALAR VA ULAR MUOMALASINI TASHKIL ETISH
  • Bugungi kunga kelib xalqaro amaliyotda yirik korporativ tuzilmalar o‘z faoliyatlarini moliyalashtirish maqsadida milliy moliya bozori bilan bir vaqtda xalqaro moliya bozorlaridan ham kapital jalb qilishga intilmoqdalar. Bunda yuqorida ko‘rib chiqqanimiz evroobligatsiyalar bilan bir qatorda evroaktsiyalar, ya’ni xalqaro aktsiyalar muomalasiga ham e’tibor qaratilmoqda.

XORIJIY AKSIYALAR AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARI

  • Afzalliklari
  • Kamchiliklari
  • Aksiyalar oldi-sotdisida valyuta konvertatsiyasini amalga oshirishga zarurat yo‘qoladi, valyuta riski kamayadi.
  • Investorlar belgilangan soliqlar va chegaralashlardan qochadi.
  • Siyosiy, iqtisodiy risklar, likvidlilik riski pasayadi.
  • Mamlakatda xorijiy aksiyalarga nisbatan ma’lum tartib qoida belgilab qo‘yilishi.
  • Xorijiy kompaniyalarga nisbatan aksiyalar miqdori, moliyaviy hisobotlar va boshqa jihatlar bo‘yicha qat’iy talablar belgilanishi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling