Elektrolizning tarifi va unga qo’llaniladigan asboblar reja


Download 121.78 Kb.
bet1/2
Sana25.12.2022
Hajmi121.78 Kb.
#1064974
  1   2
Bog'liq
ELEKTROLIZNING TARIFI VA UNGA QO’LLANILADIGAN ASBOBLAR


elektrolizning tarifi va unga qo’llaniladigan asboblar

REJA.
1. Elektroliz
2. Elektroliz qonunlari.
3. Elektrolizning qo‘llanilishi.

Elektroliz
Elektroliz - bu elektr ta’sirida elektrolit eritmalarda yoki suyuqlanmalarda boradigan oksidlanish-qaytarilish jarayonidir.
Elektrolizni amalga oshirish uchun o‘zgarmas tok manbaidan foydalinadi. Elektrodlar ikki xil bo‘ladi:
1) Erimaydigan – ularga garafit, platina, oltin kiradi (Erimaydigan elektrodlar kimyoviy jarayonda ishtirok etmaydi, ular faqat elektron o‘tkazgich vazifasini o‘taydi.);
2) eriydigan elektrodlar jumlasiga yuqorida ko‘rsatilgan metallardan boshqa hamma metall elektrodlar kiradi. Bu elektrodlar elektrolizda anod sifatida kullanilganda eritmaga uz ionlarini berib, erib ketadi.
Eruvchan anod elektroddan foydalanib toza metall olinadi. Bunda elektroliz jarayoni tozalanayotgan metall to‘zining eritmasida olib borilishi kerak. Sanoatda tuzlarning eritmalarini elektroliz qilib mis, rux, kadmiy, nikelg‘, kobalg‘t, marganec va boshqa metallar olinadi. Bu metod yordamida bir metall boshqa metall bilan koplanadi. Bu metod galvanostegiya deyiladi.
Katod elektrodda elektrolitning musbat zaryadlangan ionlari elektron qabul qilib zaryadsizlanadi. Qaysi ion oldin zaryadsizlanishi metall kuchlanishlar qatorida vodorodga nisbatan joylanishiga, uning koncentratsiyaga va ayrim xollarda elektrod potencialiga bog‘liq bo‘ladi.
Bir xil sharoitda noaktiv metallar ionlari, ya’ni kuchlanishlar qatorida vodoroddan keyin (ungda) joylashgan metall oson zaryadsizlanadi, ba’zan chapdagi metall ionlari oson zaryadsizlanadi.suvdagi eritmalarda kuchlanishlar qatoridagi alyuminiygacha bo‘lgan aktiv metallar ionga qaytarilmaydi. Anodda elektrolit anionlariadn faqat kislorodsiz kislota koldiklari :Cl-, Br-, J-, F-, S2-, Cn- va xokazolar zaryadsizlanadi. Kislorodli kislota koldiklari (N0-3, S02-4, P034, C02-3, CH3C00- va xokazo) urniga suvning 0H- ionlarizaryadsizlanadi. Masalan, osh tuzi eritmasi elektroliz kilinganida katodda vodorod, anodda xlor ajralib chiqadi.
Kaliy sulfat eritmasi elektroliz kilinganda esa katodda vodorod, anodda kislorod ajralib chiqadi. Dissotsilanish sxemasi quyidagi :
K2S04=2K++S02-4
H20=H++OH-
tartibda yoziladi. Elektroliz sxemasi quyidagicha bo‘ladi:
Katodda 2H++2e-®H2­ qaytarilish jarayoni muhit ishqoriy
Anodda 4OH-4e=O2+2H2O oksidlanish jarayoni muhit kislotali.
Keltirilgan misollardan kurinib turibdiki, katodda ishqoriy metallar ionlari qaytarilmasdan ularning urniga suvning vodorod ionlari qaytariladi. Agar anodda kislorodli kislota koldigi bo‘lsa, anod elektrodda ham suvning uzi elektron berib oksidlanadi.
Agarda tuz kuchlanishlar qatorida alyuminiydan keyinda turgan metalldan tarkib topgan bo‘lsa, u holda katodda shu metallning ioni va juda oz miqdorda vodorod ioni qaytariladi.


Download 121.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling