Elektromagnetizm


Download 180 Kb.
bet3/4
Sana11.03.2023
Hajmi180 Kb.
#1259382
1   2   3   4
Bog'liq
Elektromagnetizm

q>0



6 – rasm.
Binobarin,
(19)
bu yerda mzarrachaning massasi; =900.
(19) dan ko‘rinadiki, magnit maydondagi zaryadli zarrachaning harakat trayektoriyasi aylanadan iborat bo‘lib, uning radiusi quyidagiga teng:
(20)
Zarrachaning aylanish radiusini bilgan holda, uning aylanish davrini aniqlash mumkin:
(21)
Umumiy holda harakatlanayotgan elektr zaryadga magnit maydondan tashqari yana ham elektr maydon ta’sir qiladi. U paytda zaryadga ta’sir etuvchi natijaviy kuch quyidagiga teng bo‘ladi:
(22)
(22) ifoda Lorens formulasi deyiladi.
Amper va Lorens kuchi texnikada keng qo‘llaniladilar. Masalan, elektr dvigatellarining ishlash prinsipi Amper kuchiga asoslangan. Massa-spektrograf va siklotronning ishlash prinsipi Lorens kuchiga asoslangan.
Yer atrofida fazoviy jism sifatida mavjud bo‘lgan maydon Yerning magnit maydoni deyiladi.
Yer magnetizmi (geomagnetizm) – Yerning xususiyatlaridan biri bo‘lib, Yer sharining atrofida magnit maydon borligi bilan bog‘liq. Yer magnetizm elementlari kompas, magnit teodolit, turli mangitometrlar, magnit tarozi, magnit variometr va boshqalar yordamida o‘lchanadi.
Yerdan topilgan ba’zi temir rudalari, masalan, magnit temirtosh ba’zan magnitlangan bo‘ladi. Ularning magnitlanishiga Yerning magnit maydoni sabab bo‘ladi. Magnitlangan rudalar tabiiy mangitlar deb atalgan. Tabiiy doimiy magnitlarning xossalari elektr tokini ixtiro qilishdan ancha ilgari o‘rganilgan edi. Anchagina keyin esa moddada magnit xossalarining namoyon bo‘lishi modda va molekulalarida elektr zaryad-larning harakati bilan bog‘liq ekanligi isbot qilingan.
Yerning magnit maydoni har doim birday turmas ekan. Unga Quyoshda ro‘y beradigan ba’zi hodisalar kuchli ta’sir qiladi. Quyoshdagi dog‘lar maksimal bo‘lgan davrlarda Yerning magnit maydoni keskin o‘zgaradi, bunday hodisalarni magnit bo‘ronlari deyiladi. Magnit bo‘roni kompas strelkasining to‘lqinlanishiga sabab bo‘ladi.
Yerning magnit maydoni kuchlanishining normal holatidan farq qilishi magnit anomaliyasi deyiladi.
Osmon jismlarining hammasida ham magnit maydoni bo‘lavermaydi. Masalan, koinotni raketalar va yo‘ldoshlar yordamida tekshirish Oyning xususiy magnit maydoni yo‘q ekanligini ko‘rsatadi.


Download 180 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling