Elektromagnit


O’zinduksiya. O’zaroinduksiya. Induktivlik


Download 91.18 Kb.
bet3/6
Sana24.12.2022
Hajmi91.18 Kb.
#1064001
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Elektramagnit induksiya (1)

O’zinduksiya. O’zaroinduksiya. Induktivlik.


Elektr toki oqayotgan har qanday o'tkazgich o'zining «xususiy» magnit maydonida joylashadi. Shuning uchun konturdan oqayotgan tok kuchining o'zgarishi natijasida xuddi shu konturning o'zida elektromagnit induksiyasi ro'y beradi. Bu hodisani o'zinduksiya hodisasi deyiladi.
Konturdan o'tayotgan tok tufayli vujudga kelgan magnit oqimi tok kuchiga proporsional bo'ladi, ya'ni: Ф = LI (6)
bu yerda L - konturning induktivligi, u konturning shakli va o'lchamlari hamda muhitning magnit singdiruvchanligiga bog'liq kattalikdir. Kontur joylashgan muhitning magnit singdiruvchanligi o‟zgarmasa, ayni konturning induktivligi ham o‟zgarmas kattalik bo‟ladi. SI da induktivlikning birligi —genri (Gn) deb ataladi.
[L]= [Ф]/[I]=Vb/A=Gn
Demak, Gn shunday g'altakning induktivligi, bu g'altakdan A o'zgarmas tok o'tganda vujudga keladigan magnit oqimi 1 Vb bo'ladi. Uzunligi l, o'ramlar soni n bo'lgan g'altakning induktivligi
Lc=(μμn2/l)S (7)
ifoda bilan aniqlanadi.
Kontuning induktivligi o'zgarmas bo'lgan hol uchun o'zinduksiya EYUK (8) ifoda bilan aniqlanadi.
ε o’zind = - dФ/dt=-LdI/dt (8)
Demak, induktivligi IGn bo'lgan konturdan o'tayotgan tok kuchi 1 sekundda 1A ga o'zgarsa, konturda o'zinduksiya EYUK vujudga keladi.
3-rasm.
Tokning boshqa (qo'shni) konturda o'zgarishi tufayli shu konturning o'zida induksion tokni hosil qilinishi o'zaro induksiya deb ataladi. Ikkita kontur olaylik (3-rasm).
Birinchi konturdan oqayotgan tok kuchining dI1 ga o'zgarishi ikkinchi kontur yuzini kesib o'tayotgan magnit oqimini 21=L21dI (9) ga o'zgartiradi. Bu esa o'z navbatida ikkinchi konturda
ε2 = - 21/dt=-L21( dI1/dt) (10) induksiya EYUK ni vujudga keltiradi. Xuddi shuningdek, ikkinchi konturdan oqayotgan tok kuchining dI2 ga o'zgarishi tufayli birinchi kontur yuzini kesib o'tayotgan magnit oqimi
12 = L12dI2 (12) ga o'zgaradi.
Natijada birinchi konturda ε1 = - 12/dt=-L12 ( dI1/dt) (13) induksiya EYUKi vujudga keladi.
Bu ifodalardagi L12 va L21 lar konturlarning o'zaro induktivligi deb ataladi. Tajribalarda ham, nazariy yo‟l bilan ham Ll2 = L21 ekanligi isbotlangan.

    1. Download 91.18 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling