Elektron do’kon
Download 0.98 Mb.
|
shahodat 2
Elektron do’kon ishtirokchilarning takliflaridan shakllantiriladi. Ishtirokchining elektron do’konda qo’yilgan taklifi davlat buyurtmachilariga yuborilgan ommaviy ofertadir. Ishtirokchi tomonidan elektron do’konda joylashtirilgan taklifda quyidagilar ko’rsatiladi: - taklif etilayotgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) nomi; - sotish narxi; - tovarning eng ko’p va eng kam to’pi; - tovarning rusumi va texnik parametrlari - tovarning fotosurati; - tovar yetkazib beriladigan hudud; - tovarni ishlab chiqaruvchi va u kelib chiqqan mamlakat to’g’risidagi axborot; - kafolat shartlari va muddati to’g’risidagi axborot;
- tovar ishlab chiqarilgan yil; - tovarning yaroqlilik muddati (kun, oy, yil); - ishni bajarish, xizmatni ko’rsatish muddati; - tovarni (ishni, xizmatni) majburiy sertifikatlashtirish talab etiladigan hollarda muvofiqlik sertifikati to’g’risidagi axborot, shuningdek sanitariya-epidemiologik, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya xulosalari yoki ekologik ekspertiza haqidagi axborot; - qonunchilikka binoan litsenziyalashning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjat olishning yoxud faoliyatni boshlagani haqidagi xabarnomani yuborishning majburiy talabi mavjud bo’lgan hollarda litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjat yoxud faoliyatni boshlagani haqidagi xabarnoma mavjudligi to’g’risidagi axborot. Ishtirokchning ofertasi u elektron do’konda joylashtirilgan paytdan e‘tiboran o’n besh ish kuni mobaynida amal qiladi. Ushbu muddat tugaganidan keyin ishtirokchi uni yana o’n besh ish kuniga aktivlashtirishga haqli.
Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling