Elektron mikroskop


Download 32.66 Kb.
bet4/8
Sana24.12.2022
Hajmi32.66 Kb.
#1063839
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Elektron mikroskop

Atomiy - kuch mikroskop
Tunnel mikroskop kashf qilingach, butun dunyo olimlari bu asbob 
o‘ziga xos noyob ekanligini tan oldilar. U kashf qilinguncha hech kim 
sirtni bunday katta aniqlikda, atomma-atom ko‘ra olmagan edi. STM 
lami ham o‘ziga xos kamchiliklari mavjud. Uning yordamida faqat 
elektr tokini yaxshi o‘tkazuvchi materiallarni o‘rganish mumkin. Shu- 
ning uchun STM yordamida dielektriklar o‘rganilganda, ularning sirtini 
juda yupqa metall qatlam bilan qoplashga to‘g‘ri keldi, bu esa ba'zan 
noqulaydir.
1986-yilning oxirida STM ixtirochilaridan biri boTgan Binning 
yangi skanerlovchi mikroskopni taklif etdi. U tunnel tokni emas, balki 
modda atomlari orasidagi tortishish kuchlarini oTchaydi. Yangi asbob 
atomiy - kuch mikroskop(AKM) deb nomlangan. Unda ignaning sirt- 
ga tortuvchi kuch o‘zgarishlari aniqlanadi. Igna uncha katta boTmagan ‘ 
atomlar orasidagi kuchlar ta'sirida egiluvchi kantileverga oTnatiladi. 
Bu kuchlar igna uchi bilan narnuna sirti orasida vujudga keladi. Zond 
namuna sirtini, tom ma’noda “paypaslab” chiqadi.
Kantileverning eng kichik ogTshlari ham uning ichki sirtidan qaytib 
fotodiodga tushayotgan lazer nuri yordamida aniqlanadi. Fotodiod toki 
qiymatiga qarab tekshirilayotgan obyektning sirt relyefi haqida fikr yu- 
ritish mumkin.
Kantileverlar turlari
Atomiy - kuch mikroskopiya shunchalik samarali boTdiki, uning 
asosida faqat namuna sirti relyefmi emas, balki boshqa ko‘rsatkichlarini
228
www.ziyouz.com kutubxonasi

ham aniqlovchi turli mikroskoplar yaratildi. Xususan bugungi kunda 


eng ko‘p tarqalgan quyidagi atomiy - kuch mikroskoplarning (AKM) 
turli ko‘rinishlarini ko'rib o'tamiz:
Magnitik - kuch mikroskop (MKM) da zond sifatida uchi magnit- 
langan igna ishlatiladi. Sirtning igna bilan ta’sirlashuvi natijasida sirt- 
dagi mikromagnitik maydonlarni aniqlash va sirtning magnitik xarita- 
sini tuzish mumkin.
Elektrik - kuch mikroskop (EKM) - unda igna uchi bilan namuna 
sirti kondensator sifatida qaraladi va sirt bo‘ylab sig‘imning o‘zgarishi 
aniqlanadi.
Skanerlovchi issiqlik mikroskopi namuna sirti bo‘ylab tempera- 
tura taqsimotini aniqlaydi. Uning ajratuvchanligi 50 nm gacha yetadi. 
Bundan kichik o‘lchamlarda temperaturadek makroskopik kattalikning 
ma’nosi yo‘qoladi.
Skanerlovchi friksion mikroskop sirtni tirnog‘ida “timab” ishqala- 
nish kuchlari xaritasini chizadi.
Magnitorezonans mikroskop sirtning zonddagi tez o‘zgaruvchi 
magnitik maydonga ko‘rsatgan reaksiyasiga qarab alohida elektronlar 
spinlari tasvirlarini hosil qiladi.
Atomiy-kuch akustik mikroskop qattiq va yumshoq namunalarning 
har bir nuqtasidagi Yung modulini juda katta aniqlikda o'lchash im- 
konini beradi.
AKM lar kamchiliklaridan biri, ular namuna ichki tuzilishini o'rgana 
olmaydi. Zond faqat sirt bo‘ylab yurgani uchun ichkarini ko‘ra olmay- 
di. Lekin, olimlar bu to‘siqni ham yengib, uch oHchamliatomiy

zond 


tomografiya

deb nomlanuvchi haqiqiy dizassembler yaratdilar. Ular 


namunaning ma'lum bir qismini skanerlab bo‘lgach, undan bir atom 
qalinlikdagi qatlamni “yulib” tashlaydi, so‘ng shu joyni yana skaner- 
laydi, bunda har bir yangi atom parametrlari yozib boriladi. Zamonaviy 
tomograflar sekundiga 20000 atom (soatiga 72 mln. atom) ni “yulib” 
olishlari mumkin.

Download 32.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling