Elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berish tartib-taomillari soddalashtirilishi munosabati bilan vazirlar mahkamasining qishloq


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV


Download 177.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/19
Sana21.06.2023
Hajmi177.59 Kb.
#1637608
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
685-сон 30.11.2022

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 30-noyabr,
685-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-
noyabrdagi 685-son 
qaroriga
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini
xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-


tadbirlari haqida” 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va
qo‘shimchalar
1. Qarorga 
1-ilovada
:
13-bandidagi 
“uch” so‘zini “besh” so‘zi bilan almashtirilsin;
14-bandning 
sakkizinchi xatboshisi 
“kelib chiqib” so‘zlaridan keyin “(bir kvadrat metrgacha
bo‘lgan aniqlikda)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
21-band 
quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Xususiylashtirilayotgan yer uchastkasini sotib olish uchun to‘lov quyidagi tartibda
avtomatik taqsimlanadi:
a) Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda
tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son
qaroriga muvofiq mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini
ko‘rsatganlik uchun — tegishli Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasiga, uning 10 foizi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining budjetdan
tashqari jamg‘armasining maxsus g‘aznachilik hisobvarag‘iga (4014);
b) ushbu Reglamentning 14-bandiga muvofiq yer uchastkasi va unga tutash hududning
topografik rejasini tayyorlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun — tegishli Davlat
kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi hisobvarag‘iga;
v) 3 foizi — “Yerxususiylashtirish” AATni texnik qo‘llab-quvvatlash ishlari uchun Davlat
aktivlarini boshqarish agentligining hisobvarag‘iga;
g) 0,5 foizi — to‘lovlarni tasdiqlash Yagona billing tizimi orqali amalga oshirilganligi uchun
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining Elektron hukumat va
raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga;
d) qolgan mablag‘larning:
50 foizi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va
Toshkent shahrining shahar budjeti maxsus g‘azna hisobvaraqlariga ularning qo‘shimcha
manbalari sifatida yo‘naltiriladi va uning 30 foizi — jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy
zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha hududiy maqsadli jamg‘armaga, 70 foizi —
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi;
50 foizi — mazkur yer uchastkalari joylashgan tuman (shahar)lar budjetiga ularning
qo‘shimcha manbalari sifatida o‘tkaziladi.”;
1-ilovaning 
3-bosqich “Muddatlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5 ish kuni”;
22-band 
quyidagi tahrirdagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Ariza beruvchi, zarur hollarda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tegishli hududiy
boshqarmasiga murojaat qilgan holda chop etilgan qog‘oz shaklidagi yer uchastkasiga mulk
huquqini beruvchi davlat orderining aslini olishi ham mumkin.”;
4-ilova 
quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Download 177.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling