Elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berish tartib-taomillari soddalashtirilishi munosabati bilan vazirlar mahkamasining qishloq


-bob. Auksionlarga chiqarish uchun yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash


Download 177.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/19
Sana21.06.2023
Hajmi177.59 Kb.
#1637608
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
685-сон 30.11.2022

2-bob. Auksionlarga chiqarish uchun yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash
1-§. Yer uchastkasini tanlash materiallarini kelishish va yer uchastkasini “YERELEKTRON”
AATga joylashtirish tartibi
10. Tuman (shahar) qurilish bo‘limi filial bilan birgalikda hududlar va aholi punktlari, master-
reja va shaharsozlik hujjatlari, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar, mahallada tadbirkorlikni
rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman
(shahar) hokimi yordamchilarining “YERELEKTRON” AATning ochiq elektron portali orqali
yuborilgan takliflarini ko‘rib chiqish natijalari asosida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun
berish mumkin bo‘lgan yer uchastkalari bo‘yicha yer tanlash materiallaridan iborat takliflarni
tayyorlaydi.
Takliflarni tayyorlash vaqtida yer uchastkasi va unga tutash hududning yer osti
kommunikatsiyalarini topografik xaritada aks ettirish uchun maxsus asbob-uskunalarga ega
bo‘lgan hamda tanlangan hududdagi ko‘chalarning qizil chiziqlarini belgilab berish imkoniyati
mavjud loyiha-qidiruv tashkiloti joyiga chiqqan holda yer uchastkasi va unga tutash hududning yer
osti kommunikatsiyalari aks ettirilgan topografik xaritasini mahalliy koordinatalar tizimida elektron
shaklda tayyorlaydi.
Hududlar va aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlari mavjud bo‘lmagan holatlarda tuman
(shahar) qurilish bo‘limi tomonidan filial bilan birgalikda ishlab chiqilgan yer uchastkalari bo‘yicha
takliflar tegishli hududiy arxitektura va shaharsozlik kengash bilan kelishiladi.


11. Tuman (shahar) qurilish bo‘limi hamda filial yer uchastkalari bo‘yicha yer tanlash
materiallaridan iborat takliflarni va topografik xaritani tayyor bo‘lishiga ko‘ra “YERELEKTRON” AAT
orqali tuman (shahar) hokimligiga kiritib boradi.
12. Tuman (shahar) qurilish bo‘limi va filial taklifga quyidagilarni kiritadi:
yer uchastkasining WGS-84 ochiq koordinatalar tizimida shartli chegaralari;
yer uchastkasi va unga tutash hududning yer osti kommunikatsiyalari aks ettirilgan
topografik xaritasini;
yer uchastkasining joylashuv sxemasi va geolokatsiyasi;
yer uchastkasi, jumladan, uning maydoni (gektarda), yer uchastkasining yer fondi toifasi
haqida qisqacha ma’lumot;
chegaradosh yer uchastkalaridan foydalanish turlari ko‘rsatilgan vaziyat bilan bog‘liq sxema;
hududning ijtimoiy infratuzilma obyektlari bilan ta’minlash normalariga muvofiqligi qismi
bo‘yicha shaharsozlik qoidalari talablariga rioya qilgan holda yer uchastkasidan foydalanishning
ruxsat berilgan turlari;
mazkur yer uchastkasida qurilishga ruxsat berilgan yoki taqiqlangan obyektlar turlari ro‘yxati;
yer uchastkasiga tutash hududlardagi obyektlarning belgilangan maqsadi va turlari;
yer uchastkasini kamida ikki tomondan o‘rab turgan obyektlarning raqamli fotosurati;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarigacha bo‘lgan masofa to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
shaharsozlik cheklovlari qo‘yilgan holda foydalanish bo‘yicha asoslangan takliflar.
Takliflarda shaharsozlik hujjatlariga va (yoki) yer uchastkasi tanlangan hududning
(massivning) loyiha konsepsiyasiga muvofiq ijaraga beriladigan yer uchastkasidan foydalanish
shartlari, shu jumladan qurilishni boshlash va foydalanishga topshirish muddatlari kiritilishi
mumkin.
13. Tuman (shahar) hokimligi “YERELEKTRON” AATga kiritilgan takliflarga asosan kadastr
yig‘majildini rasmiylashtirish uchun buyurtmani shakllantiradi va uni elektron hujjat almashinuvi
yo‘li bilan bir ish kunida filialga yuboradi.
14. Filial tuman (shahar) hokimligidan buyurtma olgandan keyin uch ish kunida kadastr
yig‘majildini tayyorlash uchun har bir yer uchastkasi bo‘yicha tanlash materiallarini shakllantiradi,
yer uchastkasiga o‘ziga xos raqam beradi va ularni “YERELEKTRON” AATga joylashtiradi.
15. Yer uchastkalarini tanlash materiallari “YERELEKTRON” AATga joylashtirilgan paytda
quyidagi vakolatli tashkilotlarga bir vaqtda avtomatik tarzda yuboriladi:
a) kelishish uchun:
tegishli hududlar va inshootlardan rejim asosida foydalanish hamda ularni ekspluatatsiya
qilish bo‘yicha — mazkur obyektlardan foydalanadigan hamda ularni ekspluatatsiya qiladigan
tashkilotlar;
yong‘in xavfsizligi bo‘yicha — yong‘in xavfsizligi bo‘limlari, Toshkent shahrida — yong‘in
xavfsizligi boshqarmasi;
yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha — davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati hududiy organlariga;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, viloyatlar va Toshkent
shahar turizm va madaniy meros bosh boshqarmalariga;
Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi
va viloyatlar avtomobil yo‘llari bosh boshqarmalariga;
b) xulosalar olish uchun:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar
va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalariga;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik
osoyishtalik agentligi va uning hududiy bo‘linmalariga.


v) qurilish obyektini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash mumkin bo‘lgan
quvvatlar to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etish uchun — muhandislik-kommunikatsiya
tarmoqlaridan foydalanuvchi (elektr, aloqa, gaz, neft, suv, kanalizatsiya va boshqa) tashkilotlarga.
Bunda, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kadastr agentligi va Qurilish vazirligi organlari
tomonidan vakolatli tashkilotlarning kelishuv jarayonlari monitoring qilib boriladi va kelishuv
muddatlari buzilgan holatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik
subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoniga murojaat
yuborilishi mumkin.
16. Ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan tashkilotlar tomonidan ularga so‘rov
tushgan kundan boshlab uch ish kunida “YERELEKTRON” AATga qabul qilingan qaror (xulosa)
haqida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadigan tegishli belgi qo‘yiladi.
Bunda, 
muhandislik-kommunikatsiya 
tarmoqlaridan 
foydalanuvchi 
tashkilotlar
“YERELEKTRON” AAT orqali har bir yer uchastkasi bo‘yicha qurilish obyektini tashqi muhandislik-
kommunikatsiya tarmoqlariga ulash mumkin bo‘lgan quvvatlar to‘g‘risida ma’lumotlarni taqdim
etadi.
Kelishuv hech qanday e’tiroz va shartlarsiz amalga oshiriladi.
Kelishuv rad etilganda sohaga oid qonunchilik hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda
yer uchastkasini tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun ajratish imkoni yo‘qligining asoslangan
sabablari ko‘rsatiladi hamda mazkur yer uchastkalari aynan qaysi jihatdan ushbu normalarga
muvofiq emasligi aks ettiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar
va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari hamda O‘zbekiston
Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va
uning hududiy bo‘linmalari yer uchastkasi bo‘yicha tegishli xulosa tuzadi hamda uni elektron
shaklda “YERELEKTRON” AATga kiritadi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.
Xulosalar ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. Xulosaning sarlavhasida “Ijobiy xulosa” yoki “Salbiy
xulosa” degan so‘zlar ko‘rsatiladi.
Ijobiy xulosada yer uchastkasining mulkdoriga yoki ijarachisiga nisbatan shaharsozlik hamda
boshqa norma va qoidalarga rioya etish talablari bayon etiladi.
Salbiy xulosada sohaga oid qonunchilik hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda
tadbirkorlik yoki shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratish imkoni
yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatiladi hamda mazkur yer uchastkalari aynan qaysi jihatdan
ushbu normalarga muvofiq emasligi aks ettiriladi.
Shu bilan birga, rad etish sabablarini bartaraf etish yuzasidan mavjud bo‘lgan barcha
imkoniyatlar va qayta kiritishni nazarda tutuvchi tavsiyalar taqdim etiladi.
17. “YERELEKTRON” AATga koordinatalari kiritilgan tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun
berilishi mumkin bo‘lmagan hududlarda joylashgan, salbiy xulosalar berilgan yer uchastkalari
auksionga chiqarilmaydi va ajratish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatilgan holda
“YERELEKTRON” AATda ushbu xulosa olingan kundan boshlab bir ish kuni ichida e’lon qilinadi.
18. Yer uchastkasi bo‘yicha vakolatli tashkilotlardan kelishilgandan va ijobiy xulosalar
“YERELEKTRON” AATga joylashtirilgandan so‘ng filial to‘rt ish kunida kadastr yig‘majildini
tayyorlaydi va tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.
Filialning kadastr yig‘majildini tayyorlash hamda hududiy boshqarmaning yer uchastkasiga
bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha xarajatlari Vazirlar Mahkamasining “Davlat
kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini
takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori talablariga muvofiq belgilanadi va
tuman (shahar) mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
19. Tuman (shahar) hokimligi ikki ish kunida:
a) “E-qaror” tizimida qaror loyihasini ishlab chiqadi, kelishadi va ro‘yxatdan o‘tkazadi hamda
“Kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali mulk huquqi bilan yer
uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun tegishli Davlat kadastrlari


palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalariga
(keyingi o‘rinlarda — Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi) yuboradi;
b) quyidagilarni belgilaydi va “YERELEKTRON” AATga kiritadi:
auksionga chiqariladigan bo‘sh turgan yer uchastkasining huquq turini;
yer uchastkasi bo‘yicha yoki undan foydalanishga nisbatan mavjud cheklovlarni;
auksionga ijara huquqi bilan chiqariladigan yer uchastkasi bo‘yicha ijara muddati va tegishli
hokim tomonidan ERI kaliti orqali imzolangan ijara shartnomasining loyihasini namunaviy shaklga
muvofiq mazkur Nizomga 2-ilovaga binoan.
Ijara shartnomasida shaharsozlik hujjatlariga va (yoki) yer uchastkasi tanlangan hududning
(massivning) loyiha konsepsiyasiga muvofiq yer uchastkasidan foydalanish shartlari, shu jumladan
qurilishni boshlash va foydalanishga topshirish muddatlari kiritilishi mumkin.
20. Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi ikki ish kunida:
buyurtmada ko‘rsatilgan yer uchastkasi ma’lumotlarining Ko‘chmas mulkka bo‘lgan
huquqlarning davlat reyestridagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshiradi;
yer uchastkasiga nisbatan taqiqning yoki xatlovning mavjudligini tekshiradi;
tegishli tuman (shahar) hokimligi nomiga yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini davlat
ro‘yxatidan o‘tkazadi va ko‘chirmani “YERELEKTRON” AAT kiritadi.
21. Tuman (shahar) hokimligi va Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi tomonidan
ma’lumotlar “YERELEKTRON” AATga kiritilganidan so‘ng:
a) yer uchastkasi mulk huquqi bilan auksionga chiqarilganda va barcha hujjatlar to‘liq taqdim
etilgandan boshlab Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi yetti ish
kunida:
eng yaxshi takliflarni tanlash orqali baholovchi tashkilotni aniqlash, u bilan shartnoma tuzish,
yer uchastkasining bozor qiymatini aniqlash ishlarining tashkil etilishini ta’minlaydi;
baholash tashkiloti tomonidan tayyorlangan hisobot asosida “YERELEKTRON” AATga yer
uchastkasining boshlang‘ich narxini kiritadi;
b) yer uchastkasi ijara huquqi bilan auksionga chiqarilganda “YERELEKTRON” AAT avtomatik
ravishda tegishli tuman (shahar) uchun belgilangan yer uchastkasini ijaraga berishning minimal
qiymati asosida auksionga chiqarilayotgan yer uchastkasini ijaraga olish huquqining boshlang‘ich
narxini belgilaydi;
v) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va (yoki) uning hududiy boshqarmasi:
mazkur nizomga muvofiq master-reja ishlab chiqiladigan yer uchastkalarini tanlaydi;
master-rejani ishlab chiqish uchun professional loyiha tashkilotlarini jalb qiladi;
yer uchastkasini master-reja bilan yoki master-rejasiz auksionga chiqarish bo‘yicha ovozlarni
shakllantirish uchun o‘n kunlik muddatga muhokamaga operatorning savdo platformasiga
joylashtiradi;
belgilangan muddatda master-rejasiz savdoga chiqarish bo‘yicha ovozlar shakllanmagan
(yoki kam bo‘lgan) taqdirda, yer uchastkasi master-reja asosida auksionga chiqarilishini ta’minlaydi.
Bunda, yer uchastkasi master reja bilan birgalikda baholanadi.
22. Yer uchastkasini ijaraga berishning boshlang‘ich narxi quyidagi formula asosida
hisoblanadi:
S = S x P x T + E,
bunda:
S — yer uchastkasining maydoni, kv.m;
R — bir kvadrat metr yer uchastkasi uchun ijaraga berishning minimal qiymati, so‘m/kv.m.;
T — yer uchastkasini ijaraga berish muddati, yil;
E — yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash ishlarining qiymati, yer uchastkasiga
bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga oid xarajatlar, so‘m.


Bir kvadrat metr yer uchastkasi uchun ijaraga berishning minimal qiymati har bir tuman
(shahar) uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar
hokimlari qarorlari bilan tasdiqlanadi.
Har bir tuman (shahar) uchun yer uchastkasini ijaraga berishning minimal qiymatini
belgilashda hududda mavjud hamda kelgusida markazlashgan manbalar hisobidan barpo etilishi
rejalashtirilgan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish nuqtalari inobatga olinadi.
Har bir tuman (shahar) va alohida olingan hududlar (massivlar), kichik sanoat, yoshlar sanoat
va tadbirkorlik zonalari uchun yer uchastkasini ijaraga berishning minimal qiymati u tasdiqlangan
sanadan e’tiboran bir ish kunida davlat soliq xizmati organlari tomonidan “YERELEKTRON” AATga
kiritiladi.
Oxirgi tasdiqlangan yer uchastkasini ijaraga berishning minimal qiymati uning yangi qiymati
tasdiqlangunga qadar amalda bo‘ladi.

Download 177.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling