Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkasini ijaraga
olishning
NAMUNAVIY ShARTNOMASI
20___ y. “___” _______________ ___-son
________________ sh.
Keyingi o‘rinlarda “Ijaraga beruvchi” deb nomlanadigan _______________ tuman
(shahar) hokimligi bir tomondan _______________ hokimi nomidan va keyingi
o‘rinlarda Ijaraga oluvchi deb nomlanuvchi ikkinchi tomondan _______________
nomidan mazkur shartnomani 20___ yil “___” ___________dagi ___-son auksion
natijalari to‘g‘risidagi Bayonnomaga asosan quyidagilar to‘g‘risida tuzdi.
I. Shartnoma predmeti
1.1. Ijaraga beruvchi yer uchastkasini 20___ yil “___” ___________dan ____ yilga ijaraga
beradi, Ijaraga oluvchi esa ____________ viloyatining ____________ tumanidagi
(shahridagi) ____________ manzilda joylashgan _______ ga. yer uchastkasini ijaraga
oladi.
Yer kodeksining 24-moddasiga binoan yerlarni ijaraga berish muddati yuz yildan
ortiq bo‘lishi mumkin emas. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga,
xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet el jismoniy va yuridik shaxslariga yer
uchastkalari yigirma besh yilgacha bo‘lgan muddatga ijaraga beriladi.
Yer uchastkasining chegaralari shartnomaning ajralmas qismi bo‘lgan va ilova
qilinadigan xaritada ko‘rsatiladi.
Yer uchastkasini ijaraga olish huquqini ijaraga beruvchining roziligisiz garov
qoidalariga asosan garovga qo‘yish _____________ huquqi mavjud/mavjud emas
biroq, yer uchastkalari oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash shartnomalarining obyekti
bo‘la olmaydi.
1.2. Yer uchastkasi tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun
beriladi va quyidagi maqsadda foydalaniladi:
________________________________________________________________________
________________________________________________________________________
1.3. Yer uchastkasining ruxsat etilgan foydalanish asosiy turi:
________________________________________________________________________
________________________________________________________________________
1.4. Yer uchastkasiga kuyidagi kommunikatsiyalar o‘tkazilgan:
________________________________________________________________________
(muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari va ularning ayni damdagi texnik
________________________________________________________________________
holati, elektr tarmog‘i, gaz, ichimlik suvi va oqava suv, yo‘llar va boshqalar)
Do'stlaringiz bilan baham: |