Elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berish tartib-taomillari soddalashtirilishi munosabati bilan vazirlar mahkamasining qishloq


V. Ijaraga oluvchining huquq va majburiyatlari


Download 177.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/19
Sana21.06.2023
Hajmi177.59 Kb.
#1637608
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
685-сон 30.11.2022

V. Ijaraga oluvchining huquq va majburiyatlari
5.1. Ijaraga oluvchi:
yer uchastkasida uning maqsadli yo‘nalishiga muvofiq xo‘jalik faoliyatini yuritish;
ushbu Shartnomaning 1.2-bandida ko‘rsatilgan maqsadlar uchun belgilangan
tartibda arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i va qurilish loyihasiga muvofiq ishlab
chiqarish va boshqa qurilma va inshootlarni qurish;
ijaraga berilgan yer uchastkasida o‘z mablag‘lari hisobidan qonunchilikka muvofiq
qurilgan bino va inshootlarga, ishlab chiqargan mahsulotlarga va ularni sotishdan
olingan daromadlarga egalik qilish;
belgilangan tartibda sug‘orish, drenaj, texnik va boshqa melioratsiya ishlarini
bajarishga haqli.
Ijaraga oluvchi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega.
5.2. Ijaraga oluvchi:
ushbu Shartnomaning 1.2-bandiga muvofiq yer uchastkasining ixtisoslashuvini
saqlash;
erdan belgilangan maqsadga muvofiq oqilona foydalanish, atrof-muhitga zarar
yetkazmaydigan ishlab chiqarish texnologiyalarini qo‘llash va o‘z faoliyati natijasida
ushbu hududda ekologik holat yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaslik;
mavjud irrigatsiya tarmoqlari va muhandislik kommunikatsiyalarini soz holatda
saqlash;
yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-
tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
ijara to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lash;
boshqa yer mulkdorlari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari Ijaraga
oluvchilari va egalarining huquqlarini buzmaslik;
boshqa mulkdorlar, foydalanuvchilar, Ijaraga oluvchilar va yer egalariga
yetkazilgan zararni belgilangan tartibda qoplash;
shaharsozlik reglamentlariga rioya etish, belgilangan tartibda obyektning loyiha-
smeta hujjatlari ishlab chiqilishini ta’minlash va ularni kelishish, shuningdek,
qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyektni ro‘yxatdan o‘tkazishga va
tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma olishga majbur.
Ijaraga oluvchi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham
o‘z zimmasiga oladi.
Ijaraga oluvchi ijaraga berilgan yer uchastkasini yoki uning bir qismini ikkilamchi
ijaraga berishi taqiqlanadi.

Download 177.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling