4-bob. Kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududidagi yer uchastkalarini
elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilishning xususiyatlari
40. Kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari (keyingi o‘rinlarda — KSYoSTZ)
hududidagi yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish, yer ijara
shartnomasini tuzish, yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderini rasmiylashtirish
ushbu bobda nazarda tutilgan qoidalarni inobatga olgan holda mazkur nizomda belgilangan
tartibda amalga oshiriladi.
41. Jismoniy va yuridik shaxslarga KSYoSTZ hududidagi yer uchastkalari ularning bosh rejasiga
muvofiq elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi. Bunda:
yer uchastkalarini bosh rejada nazarda tutilgan lotlar asosida auksionga chiqarish bo‘yicha
takliflar tuman (shahar) qurilish bo‘limiga kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish bo‘yicha
yagona direksiya (keyingi o‘rinlarda — yagona direksiya) tomonidan kiritiladi;
yer uchastkasi yer uchastkalarini tanlash materiallarini kelishish, xulosalar olish va ma’lumotlar
taqdim etish uchun mazkur nizomning 15-bandida nazarda tutilgan tashkilotlarga yuborish talab
etilmaydi.
42. Auksionga chiqariladigan yer uchastkasining huquq turi tuman (shahar) hokimligi
tomonidan yagona direksiya taklifiga asosan belgilanadi.
43. Yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilishdan kelib tushgan pul
mablag‘lari mazkur nizomning 39-bandi “a” — “e” kichik bandlarida nazarda tutilgan, haqiqatda
qilingan xarajatlar chegirib qolingan holda yagona direksiyaga o‘tkaziladi.
5-bob. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishini tizimli nazorat va monitoring qilish
44. Prokuratura organlari va adliya organlari ushbu Nizom talablariga davlat organlari va
boshqa tashkilotlar tomonidan so‘zsiz rioya etilishi bo‘yicha tizimli nazorat va monitoringni amalga
oshiradi.
Tizimli nazorat va monitoring yer uchastkasi materiallarini tayyorlash jarayoniga
aralashmasdan, “YERELEKTRON” AAT orqali amalga oshiriladi.
45. Prokuratura va adliya organlari yer uchastkasi materiallarini tayyorlashning qonuniyligini
ta’minlaydi va yer uchastkasi materiallarini tayyorlash jarayonining huquqni qo‘llash amaliyotini,
shu jumladan, vakolatli tashkilotlar tomonidan kelishuvni rad etish va salbiy xulosa berishning
qonuniyligini, normativ-huquqiy hujjatlarni noto‘g‘ri yoki qarama-qarshi qo‘llash amaliyotini,
shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotida huquqbuzarlik sodir etilishiga olib keladigan salbiy
omillarni, sabab va sharoitlarni bartaraf etish usullarini o‘rganadi.
46. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibni buzish davlat xizmatlari ko‘rsatish talablari va
tartibini buzish hisoblanadi.
47. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartib buzilishi aniqlangan taqdirda, adliya organlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy
manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoniga yoxud prokuratura organlariga tasdiqlovchi
zarur materiallarni yuboradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |