11. Boshqa kompyuterlar bilan oʻzaro aloqa (Telnet)
Telnet chet kompyuter bilan aloqaga kirishishni ta'minlaydi, Telnet orqali shunday aloqani oʻrnatib foydalanuvchi chet kompyuterda goʻyoki “oʻziniki” bilan ishlayotgandek ishlashi mumkin, ya’ni nazariy jixatdan barcha resurslarga ega boʻladi, agar ularga kirish ochiq boʻlsa. Amalda Telnet kirishni ochib beradi, ammo oʻzaro aloqani tashkil etish chet kompyuter orqali belgilanadi. Internet xizmatlarining ikki turi turli serverlarga Telnet orqali bogʻlanishni talab etadi, bular: kutubxona kataloglari va elektron e’lonlar doskasi (BBS).
Telnet dasturi foydalanishga juda qulay. Uning yordamida tarmoqqa ulangan biron-bir kompyuter bilan aloqa oʻrnatish uchun uning Internetdagi toʻliq manzilini bilish kifoya. Kerakli kompyuter bilan ulanishda komandada uning manzili koʻrsatiladi. Ulanish jarayonida xost-kompyuter Foydalanuvchining nomini soʻraydi. Chet tizim bilan ishlash uchun foydalanuvchi unga kirish xuquqiga ega boʻlishi shart. Xost-kompyuterga ulanish mufaqqiyatli tugallangandan soʻng foydalanuvchi qoʻllanilayotgan terminal turini koʻrsatishi kerak. Foydalanuvchiga qulaylik yaratish maqsadida xost-kompyuter, odatda, qoʻllanma ma’lumotni chaqirib olish usulini koʻrsatib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |