Elektron pochta Internet ip va url manzillar tushunchasi


IP va URL manzillar tushunchasi


Download 26.42 Kb.
bet3/8
Sana17.06.2023
Hajmi26.42 Kb.
#1523531
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-Интернет ва электрон почта

3. IP va URL manzillar tushunchasi
Bir qarashda internetning texnik tarkibiy qismi bilan axborot tarkibi oʻzaro oʻxshashdek tuyuladi. Chunki ikkala holda ham biz "birni koʻplikka" usulda tashkil etilgan ob’yektlar bogʻlanishiga duch kelamiz. Aslida bunday emas. Texnik nuqtai-nazardan internetda mavjud boʻlgan ixtiyoriy kompyuter koʻplab (millionlab) kompyuterlar bilan bogʻlangan boʻladi. Bunday bogʻlanish tarmoq (Net) deb ataladi. Axborot nuqtai-nazardan internetda e'lon qilingan har bir elektron hujjat, tarmoqdagi bir nechta hujjatlar bilan oʻzaro bogʻlanishda boʻlishi mumkin. Bu holdagi axborot bogʻlanishi toʻr (Web) nomini olgan.
Shunday qilib, tarmoq (Net) haqida soʻz yuritilganda oʻzaro bogʻlangan kompyuterlar majmuasi tushunilsa, toʻr (Web) haqida soʻz yuritilganda esa yagona axborot muhitini tashkil etuvchi elektron hujjatlar majmuasi tushuniladi.
Amaliyotda internetning real, fizik bogʻlanishlar orqali tashkil topgan tarmogʻidagi kompyuterlar bilan virtual axborot fazosini tashkil etuvchi elektron hujjatlari har xil manzillar yordamida ifodalaniladi. Internet tarkibiga kirgan har bir kompyuter toʻrt qismdan tashkil topgan oʻz manziliga ega, masalan: 142.26.137.07. Ushbu manzil IP (Internet Protocol) - manzil deb ataladi. Internetga doimiy ulangan kompyuterlar oʻzgarmas IP-manzilga ega boʻladi. Agar kompyuter foydalanuvchisi internetga faqat vaqtinchalik ishlash uchun ulanadigan boʻlsa, u holda ushbu kompyuter vaqtinchalik IP-manzilga ega boʻladi. Bunday IP-manzil dinamik IP-manzil deb ataladi.
Tarmoqda mavjud boʻlgan ixtiyoriy kompyuter IR-manzilini bilgan holda, unga har xil koʻrinishdagi soʻrovlar bilan murojaat qilishi mumkin boʻladi. Bu soʻrovlar oʻsha kompyuterda saqlanayotgan elektron hujjatlar, ma’lumotlar bazasi yoki boʻlmasa undagi biror bir dasturni ishlatishga, oʻsha kompyuter tarkibiga kirgan texnik resurslar imkoniyatidan foydalanishga oid boʻlishi mumkin va hokazo.
Internet axborot muhitini tashkil etuvchi elektron hujjatlarning har biri kompyuterlarning IR-manzillaridan boshqa oʻzlarining takrorlanmas, unikal manzillariga ega. Bu manzil URL (Uniform Resource Locator) - manzil deb ataladi. Masalan, Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining pacmiy axborotlari, Oliy majlis qarorlari haqida ma’lumot 6eruvchi elektron sahifa manzili www.gov.uz.
Agar Internet tarmogʻida biror bir hujjat e'lon qilingan boʻlsa, u yagona takrorlanmas URL manzilga ega. Kompyuterda bir nom bilan diskning bir joyida ikkita fayl mavjud boʻlmaganidek, internetda ham ikki elektron hujjat bir xil URL-manzilga ega boʻla olmaydi.

Download 26.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling