Elektron pochta Internet ip va url manzillar tushunchasi


HTTP gipermatn uzatish protokoli, Web hujjatlar, Web uzel yoki saytlar,Web sahifaning faol komponentlari


Download 26.42 Kb.
bet5/8
Sana17.06.2023
Hajmi26.42 Kb.
#1523531
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-Интернет ва электрон почта

7. HTTP gipermatn uzatish protokoli, Web hujjatlar, Web uzel yoki saytlar,Web sahifaning faol komponentlari,
7.1 Web server

HTTP (Hypertext Transfer Protocol) - gipermatnlarni uzatish protokoli
- tarmoq protokollari ichida eng sodda va qulay protokollardan hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi giperbogʻlanishdan hosil boʻlgan URL -manzilli elektron hujjatlarni oʻqishga oid soʻrov (zapros) ni serverga joʻnatish (xuddi shu vaqtda soʻralayotgan hujjat joylashgan server bilan aloqa oʻrnatiladi) va soʻralayotgan hujjat olib boʻlingandan soʻng server bilan aloqani uzishdan iborat.
7.2 Web hujjatlar
HTML formatida tayyorlangan elektron hujjat HTML hujjat, Web hujjat yoki Web sahifa deb atalishi mumkin. Agar elektron hujjatni tayyorlash haqida gap borsa, u holda hujjat HTML hujjat deb ataladi, va ushbu elektron hujjatni internetda e’lon qilish yoki tarqatish haqida borsa u, holda bu hujjat Web hujjat deb ataladi. Bordiyu, ushbu hujjatdan foydalanish haqida borsa, u holda bunday elektron hujjat Web sahifa deb ataladi.
7.3 Web uzel yoki saytlar
Bitta muallif yoki tashkilotga tegishli boʻlgan bir guruh oʻzaro giperbogʻlanishlar bilan birlashtirilgan Web sahifalar majmuasi Web uzel (tugun) yoki sayt deb ataladi.
7.4 Web server
Web server tushunchasini ikki xil ma’noda ishlatish mumkin. Agap WWW xizmatini koʻrsatish haqida borsa, u holda Web server tarmoq mijozlariga Web sahifa va saytlardan foydalanish imkoniyatini yaratib beruvchi dastur ma'nosini anglatadi.
Agar soʻz internetning texnik ta'minoti haqida borsa, u holda Web server Web resurslari saqlanayotgan va uning dasturiy ta'minoti ishlab turgan kompyuter ma’nosini anglatadi.
Internet tarmogʻining ixtiyoriy bir kompyuterida bir nechta server dasturlar ishlab turishi mumkin. Masalan, Web server dasturi, FTP servis elektron pochta serveri dasturiy ta'minotlari va hokazo. Bitta Web serverda (kompyuterda) bir qancha tashkilot yoki korxonalarning Web saytlari (uzellari) Web sahifalari joylashishi mumkin.

Download 26.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling