Elektron pochta Internet ip va url manzillar tushunchasi


sc1 – ilmiy tadqiqotlar soxasidagi mavzular; news


Download 26.42 Kb.
bet7/8
Sana17.06.2023
Hajmi26.42 Kb.
#1523531
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-Интернет ва электрон почта

sc1 – ilmiy tadqiqotlar soxasidagi mavzular;
news – Usenet ma’lumotlari va yangiliklari;
socijtimoiy tematika;talk – munozara.
Bundan tashqari, maxsus ruknlar va teleanjumanlarning mintaqaviy taqsimoti mavjud.
Usenet xizmatiga kirishni teleanjumanlarni tanlash, xabarlar oqimi bilan ishlash, xabarlarni va ularning javoblarini oʻqishga imkon yaratadigan maxsus dasturlar boshqaradi. Mazkur dasturlar teleanjumanlarga obuna qilish vazifasini bajaradi.
10. Fayllarni FTP protokoli yordamida uzatish

Elektron pochta, birinchi navbatda, turli kompyuter tizimlari oʻrtasida matnli ma’lumotni almashishga xizmat qiladi. Internet tarmogʻidan foydalanuvchilar uchun aloxida fayllar va yaxlit dasturlarni almasha olish imkoniyati muxim axamiyat kasb etadi.


Internetda uchraydigan turli operasion tizimlar oʻrtasida ma’lumotlarni uzatishni ta'minlash uchun foydalanilayotgan qurilmadan mustaqil ishlaydigan FTP (File Transfer Protocol) protokoli qoʻllaniladi. Protokol ikki kompyuter oʻrtasida fayllarni koʻchirishni ta’minlaydi xamda Internet tarmogʻi abonentiga bir necha fayllarni olish imkoniyatini yaratadi. Foydalanuvchi tarmoqqa ulangan kompyuterlarda mavjud turli fayllar va dasturlardan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi.
Ushbu protokolni amalga oshiruvchi dastur Internetdagi koʻplab
FTP-serverlardan biri bilan aloqa oʻrnatishga yoʻl ochadi.
FTP server – fayllar bilan foydalanish imkoniyati mavjud boʻlgan kompyuterdir.
FTP-mijoz dasturi ma’lumotlarni uzatish protokolini bajaribgina qolmay, FTP-server katalogini koʻrib chiqish, fayllarni izlash va ma’lumotlarni joylashtirishni boshqarish uchun qoʻllaniladigan bir qator komandalarni tutib turadi.
Diqqat! Fayllarni uzatishning asosiy rejimi – ASCII kodi orqali uzatishdir. Ikkilik kodlarni uzatish uchun binary komandasini kiritish lozim. Faol rejimni aniqlash status komandasini kiritib amalga oshiriladi.
Aksariyat FTP-serverlar operasion tizim boshqaruvi ostida ishlashi tufayli ushbu tizimda ishlash texnologiyasi kompyuter komanda qatoridan komandalarni kiritishni talab etadi va Foydalanuvchining mazkur rejimdagi ishini birmuncha mushkullashtiradi.
Windows 95 operasion tizimi WS_FTP dasturi bilan ishlashga imkon yaratadi, bu FTP serverlari bilan ishlashda ancha qulaylik tugʻdiradi.
Yana bir usul WWWning Microsoft Internet Explorer, Netscape Navigator kabi ilova navigatorlarini qoʻllashga asoslanadi.

Download 26.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling