“Elektron ta’lim” – “Электронное обучение” – “Electronik edication” December-2021,volume 5,№4 ISSN2-181-1199
http://ej.nspi.uz//
64
Ключевые слова. Виртуальная реальность, учебные программы по
виртуальной реальности, мышление, творчество, методы и инструменты
обучения.
Keywords. Virtual reality, virtual reality curricula, thinking, creativity,
teaching methods and tools.
Kirish. Pedagogika va psixologiyada, ayniqsa didaktika va tarbiyaviy ta’sirlar
amaliyotiga oid virtual haqiqat bo‘yicha real tadqiqotlar juda kam. Albatta, buning
asosiy sabablaridan biri bu tadqiqotlarning nafaqat mamlakatimizda, balki xorijda
ham murakkabligi, moddiy xarajatlarining yuqoriligidir. A.E. Voiskunskiy virtual
reallikdan (VR) foydalanish zonalarini kengaytirish zarurligini ta’kidlab, shunday
deb yozgan edi: “O‘rganish psixologiyasi yoki ta’lim psixologiyasi oldida katta
hajmdagi vazifalar turibdi. Hozirgi vaqtda mashg’ulotlarni tashkil etish usullari,
shu jumladan professional va guruh mashg’ulotlari faqat virtual muhitda
o‘rganilmoqda ... ”[1].
Adabiyotlar tahlili. 1966 yilda Ivan Sazerlend tomonidan virtual shlem
(videoshlem) prototipi ixtiro qilinganidan beri uning "hayoliy" yoki virtual
olamlarni yaratish g’oyalari, 1989 yilda Jaron Lanier tomonidan dasturlashda
"virtual reallik" (VR) atamasi qo‘llanilishi, bu kontseptsiya juda ko‘p ma’nolarga
ega: Internetda ishlashdan tortib murakkab texnik qurilmalar - virtual reallik
shlemlari, xonalar, sensorlar, trekerlar, giroskoplar, servo kostyumlar va boshqalar
yordamida immersiv 3-D axborot muhitini yaratishgacha. Pedagogikada VR
asosan talaba ma’lum ma’lumotlarni olishi, aloqalar o‘rnatishi, ilmiy, ta’lim va
loyiha faoliyati elementlarini o‘rnatishi mumkin bo‘lgan maxsus axborot maydoni
sifatida qo‘llaniladi. Masalan, ilmiy ishlar, maqolalar, ijodiy materiallar, foto va
video materiallar, olimlarning turli tarixiy davrlardagi xotiralari, zamonaviy
axborot interaktiv resurslari, virtual muzey-kutubxonani yaratish tajribasi qiziq
tuyuladi [2].
Interaktivlik elementlariga ega bo‘lgan bunday axborot resurslarini
("ma’lumotlar bazalari" kabi) yaratish zamonaviy ta’limning muhim yo‘nalishi
Do'stlaringiz bilan baham: |