“Elektron ta’lim” – “Электронное обучение” – “Electronik edication” December-2021,volume 5,№4 ISSN2-181-1199
http://ej.nspi.uz//
72
Xulosa va takliflar. O‘qitish usuli va vositasi sifatida virtual haqiqatning
o‘ziga xosligi bo‘yicha quyidagi umumiy qoidalarni shakllantirish mumkin.
1. VRda yaratilgan o‘quv dasturlari o‘quvchining fikrlash, ijodkorligining
protsessual va operatsion xususiyatlariga, o‘ziga xos kognitiv motivatsiyani
shakllantirishga, o‘rganishga qiziqish va ijobiy, uyg’un ruhiy holatlarni yaratishga
rag’batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatishning yuqori salohiyatiga ega.
2. VRda didaktik dasturlarning rivojlantiruvchi effekti tanib olinadigan
ob’ektlarning uch o‘lchovli tasviri, ob’ektlar bilan harakatlarni amalga oshirishning
keng imkoniyatlari (animatsiya), mavjudlik effekti, vaziyatning interaktivligi,
vizualizatsiyani amalga oshirish bilan belgilanadi.
3. Ta’limda qo‘llaniladigan VR o‘qitish usuli, vositalari va texnologiyalari
sifatida ishlaydi. Bu VR o‘quv dasturlari o‘qituvchi, talaba faoliyatiga sezilarli
o‘ziga xoslik kiritishi va ta’lim mazmunini o‘zgartirishi, materialni taqdim etish va
o‘zlashtirishning yangi, axborot usulini shakllantirishni ta’minlashi, yuqori
texnologiyali didaktik vositalar ekanligi bilan belgilanadi va nisbatan qat’iy
harakatlar algoritmi, kafolatlangan rivojlanish ta’sirini ta’minlaydigan ko‘rsatmalar
sifatida harakat qiladi.
4. O‘qitishda VR dan foydalanishning salbiy tomonlari ham borligi aniq.
Masalan, ta’lim mazmunining "super shaklli", vizual taqdimoti (noto‘g’ri tuzilgan
bo‘lsa) mavhum tushunchalarning rivojlanishini, ramziy fikrlashni kamaytirishi
mumkin.
5. Ta’limda virtual dasturlar ta’lim muassasalarida o‘qitishni to‘liq almashtira
olmaydi (chunki ular pirovardida axborot makonidagi real harakatlar va
ob’ektlarga taqlid qilishni ifodalaydi), Bunda turli fanlarning eng murakkab
mavzularini o‘rganishda ulardan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir,
shuningdek, turli faoliyat turlari bo‘yicha kasbiy ko‘nikmalarni o‘rgatish uchun.
Adabiyotlar.
1. Войскунский А.Е. Психология и интернет. - М.: Акрополь, 2010. – 439 с.
2. Panjiyev S.A. The didactic potential of virtual reality technologies // European Journal
Do'stlaringiz bilan baham: |