“Elektron ta’lim” – “Электронное обучение” – “Electronik edication” December-2021,volume 5,№4 ISSN2-181-1199
http://ej.nspi.uz//
54
Sizni bugungi kunda taʼlim sohasida VR qanday qoʻllanilayotgani va nima
uchun bu texnologiya kelajak ekani, shuningdek, uning istiqbollari qanday
ekanligini batafsil koʻrib chiqishni taklif qilamiz.
Adabiyotlar tahlili. V.A. Barabanshikov
shuni ta’kidlaydiki, ko’rib
chiqilayotgan VR vizual, taktil, eshitish idroki sohasidagi psixologik ishlanmalar
bilan chambarchas bog’liq bo’lib, ularga asoslanadi va inson idrokining polimodal
tabiatini va aqlning tizimli tuzilishini (aqliy tasvirdan boshlab), ishchi xotira,
pertseptiv gipotezalar, harakatlar, umuman olganda, pertseptiv hodisa yoki tizimga
taqlid qiladi. [5]. A.E. Voiskunskiy shunday deb yozadi: “Kompyuter grafikasi,
animatsiya va dasturlash yordamida uch oʻlchamli obʼyektlarni koʻrish orqali
yaratilgan
virtual
haqiqat
(VR)
nafaqat
axborot,
balki
psixologik
texnologiyalarning ham mahsulidir” [13]. Ushbu maqolada, Rossiyada birinchi
marta, Z 800 3D Visor shlemi bilan yaratilgan super tasvirlarning inson
tafakkuriga ta’siri o’rganilgan, hamda ushbu adabiyotda VR usullari psixologiya
fanining usullari sifatida ajratilgan [6, 7]. Bugungi kunda dunyodagi juda kam
sonli VR ishlanmalarining aksariyatida mualliflar VR texnologiyalari aqlni
o’rganish va shakllantirish usullari, vositalari ekanligini qo’llab-quvvatlaydi [8, 9,
10, 11, 12]. Ma’lumki, eng umumiy ko’rinishida metod– bu maqsadga erishish,
muayyan muammoni hal qilish yo’li, aniqrog’i, voqelikni amaliy yoki nazariy
o’zlashtirish (idrok etish) usullari yoki operatsiyalari majmuidir [3].
Tadqiqot metodologiyasi. ABI Research tahlilchilari guruhi 2022-yilga kelib
global VR bozori 5-6 milliard dollargacha o’sishini ta’kidlamoqda. Va bu,
mutaxassislarning fikriga ko’ra, faqat
boshlanishi.
Biz allaqachon o’qitishda VRdan
foydalanishning
muvaffaqiyatli
misollarini bilamiz. Masalan:
• O’t pufagi jarrohligi uchun VR
treningi Yel universitetida muvaffaqiyatli
Do'stlaringiz bilan baham: |