Elektron teodolitlarda ishlash tartibi. Reja


Download 1.98 Mb.
bet1/6
Sana11.02.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1190000
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Elektron teodolitlarda ishlash tartibi


Elektron teodolitlarda ishlash tartibi.
Reja:

  1. Teodolitlar haqida tushuncha.

  2. Elektron teodolitlar.

  3. Elektron teodolitlarda ishlash tartibi.

  4. Xulosa.

  5. Foydalanilgan adabiyotlar.

Amaliyotda geodezik ishlarni bajarishda juda ko‘p maqsadlar uchun burchak o‘lchash ishlarini amalga oshirishga to‘g‘ri keladi.


Burchak uchi nuqtasi A dan, faraz qilaylik, gorizontal tekislik M o‘t­ka­zil­gan bo‘lsin (5.1-rasm). Joydagi AV va AS chiziqlar AA1 shovun chizig‘idan o‘tuvchi V1 va V2 vertikal (tik) tekisliklar bilan M go­rizontal tekislikka proeksiyalansin. Joyda har xil balandlikda joylashgan V, A va S nuqtalarni o‘za­ro tutashtiruvchi AV va AS chiziqlar A nuqtada kesishib, VAS bur­chakni hosil qilsa, unga gorizontal burchak deyiladi.
Proeksiyalovchi vertikal tekisliklar bilan gorizontal te­kislik kesishgan joyda Av va As chiziqlar, ya’ni joydagi AV va AS chi­ziq­lar­ning gorizontal proeksiyalari ya’ni gorizontal qo‘yilishi hosil bo‘­la­di.
Vertikal tekislikda yotuvchi burchakni vertikal burchak deyiladi. Uni qiyalik burchagi deb ham yuritiladi. Vertikal burchak ikki hil: zinit masofa va qiyalik burchagi turlariga ajratiladi. Shovuni chizig‘i bilan vizirlash chizig‘i oralig‘idagi burchak zinit masofani (Z1 va Z2 – burchaklar), vizir chizig‘i bilan uni gorizontlar tekislikka proeksiyalari orasidagi burchakka aytiladi. Gorizontal va vertikal burchaklar turli rusumdagi teodolitlarda o‘lchanadi. Gorizontal burchak gorizontal doiradagi limbda, vertikal burchak vertikal doirada o‘lchanadi.

6.1-rasm. Burchaklarni o‘lchash chizmasi:
chapda – gorizontal burchak; o‘ngda – vertikal burchak
Optik va avtomatlashgan burchak o‘lchash asboblari;
Teodolit. Teodolit – joyida gorizantal va vertikal burchak o‘lchaydigan va amaliyotda eng ko‘p qo‘llanilib kelinadigan geodezik asbob hisoblanadi. XX asrning 60 – yillaridan boshlab, elektron teodolitlar paydo bo‘lgunga qadar amaliyotda foydalanib kelingan, teodolit turlarining ko‘rinishi va teodolitning qismlari, hamda teodolitlarning texnik qo‘rsatkichlari bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling