Elektron teodolitlarda ishlash tartibi. Reja
Download 1.98 Mb.
|
Elektron teodolitlarda ishlash tartibi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘rsatkichlar Teodolitlar T1 T2
- 6.4-rasm. Elektron teodolitlar Elektron taxeometrlar
- 6.5-rasm. Elektron taxeometrlar
- Elektron taxeometrlar va ularning texnik ko‘rsatkichlari
- Asboblarni tekshirish, sozlash va tayanch nuqtada teodolitni ish xolatiga keltirish;
- 6.6-rasm. Teodolitni tayanch nuqtaga markazlashtirish
6.3-rasm. Shtativ
Teodolitlarni asosiy tasniflari 6.1-jadval.
Elektron teodolitlar. Yangi avlod elektron teodolitlarni Rossiya (Ural zavodi) LECIA firmasi (Shvesariya) SORRIA (Yaponiya), TORSON (AQSh) davlatlari ishlab chiqilishi, yo‘l qurilishidagi barcha o‘lchashlarni avtomatlashtirishga va motorlashtirishga olib keldi va shu bilan mexanik – optik asboblardan afzal ekanligini ko‘rsatdi. T – 10E, Topcon DT – 205, Sokkia DT620, LECIA T110, BUILDER T100/T200, BUILDER R100M/R200M, VEGA TEO – 5V va motorlashtirilgan (LECIA TM5005) taxeometrlar shular jumlasidandir (5.5-rasm). Elektron teodolitlar: raqamli, lazerli markazlashtiruvchi, klaviatura, batarey uchun adapter, treger, tekis prizma, nur qaytaruvchi veshka, konteyner va malumotlarni uzatish uchun kabel bilan jihozlangan. Teodolitlar o‘lchash aniqligi bo‘yicha: yuqori aniqlikdagi, o‘rtacha kvadrat xatoligi 1 sekundgacha, aniq – 2 dan 15 sekundgacha va texnik 20 sekundan ortiq turlariga ajratiladi. Elektron teodolit optik teodolitdan farqli o‘laroq nuqtaning koordinatalarini hisoblaydi va xotirada saqlash qobilatiga ega.
6.4-rasm. Elektron teodolitlar Elektron taxeometrlar svetodalnomer, elektron teodolit va mikro EHM ni birlashtiruvchi, bir vaqtni o‘zida gorizantal va vertikal, hamda masofa o‘lchaydigan asbob hisoblanadi. Hozirgi kunda elektron taxeometrlarni yetakchi ishlab chiqaruvchi davlatlar qatoriga Leica (Shveysariya), Sokkia, Topcon, Nikon (Yaponiya), Trimble (AQSh) va UOMZ (Rossiya) kompaniyalari kiradi. Asbobning svetodalnomeri, shtativga yoki nuqtadan nuqtaga olib o‘tuvchi vehaga o‘rnatilgan nur qaytaruvchigacha bo‘lgan masofani o‘lchaydi (5.6-rasm).
6.5-rasm. Elektron taxeometrlar Elektron taxeometrda panel boshqaruvi mavjud bo‘lib, unda joylashgan klaviatura o‘lchash jarayonini boshqaradi va ma’lumotlarni qo‘lda kiritish imkonini yaratadi. Ma’lumotlarni kiritish va boshqaruv distansion pult boshqaruvi orqali ham amalga oshirilishi mumkin. O‘lchashlar natijasida joyda quyidagi amallar bajariladi: Gorizontal va vertikal burchaklar hisoblanadi; Chiziqlarni direksion burchaklari hosil qilinadi; Gorizontal masofa hisoblanadi; Orttirmalar olinib, balandliklar aniqlanadi; Kuzatilayotgan nuqtaning to‘g‘ri burchakli va geografik koordinata orttirmalari topiladi; Shu bilan birga borib bo‘lmas nuqtalarni tutashtirish usuli bilan masofalarini va koordinatalari hisoblab topish ko‘zda tutilgan. Elektron taxeometrlar va ularning texnik ko‘rsatkichlari 6.2-jadval.
Asboblarni tekshirish, sozlash va tayanch nuqtada teodolitni ish xolatiga keltirish; Burchak o‘lchash ishlarini olib borishdan avval burchak o‘lchash asboblari teodolitlarni ishga yaroqliligi, soz xolatda ekanligi tekshiriladi. Bunda teodolit belgilab olingan, o‘lchanayotgan burchak uchlari ustiga o‘rnatiladi va markazlashtiriladi. 6.6-rasm. Teodolitni tayanch nuqtaga markazlashtirish Teodolitni tayanch nuqtaga markazlashtirish uchun uning o‘rnatish vinti uchidagi ilgakka shovun ipi osiladi, so‘ngra shtativ nukta ustiga aniq gorizontal xolatda, shovun taxminan tayanch nuktaga to‘g‘ri keladigan qilib o‘rnatiladi, shtativ oyoqlari yerga botiriladi. O‘rnatish vinti burab bo‘shatiladi va asbobni shtativ ustida surib, shovun joydagi tayanch nuqtaning markaziga to‘g‘ri keltiriladi, keyin o‘rnatish vinti burab maxkamlanadi. Teodolit shovun yordamida ±05 sm aniqlikda markazlashtirilishiga ruxsat beriladi. Xar qanday teodolit burchak o‘lchash jarayonida asosiy geometrik shartlarni qanoatlantirishi kerak. Teodolitning geometrik shartlari quyidagilardan iborat: 1) limbning tekisligi gorizontal bo‘lishi shart; 2) teodolitning vertikal aylanish o‘qi tik bo‘lishi shart; 3) vizirlash tekisligi vertikal bo‘lishi shart. Har bir teodolitda bu geometrik shartlar mavjudligini tekshirib chiqish uchun teodolitni tekshirish deb ataladigan ma’lum ishlar bajariladi. Geometrik shartlarni buzilishini tuzatish teodolitni yustirovka qilish deyiladi. Birinchi shart: Gorizontal doira alidadasidagi silindrik adilakning o‘qi asbobning aylanish o‘qiga perpendikulyar bo‘lishi shart. Bunda adilak istalgan ikkita ko‘targich vintga parallel o‘rnatiladi (5.7 a -rasm) va ikkala vintni qarama-qarshi tomonga burab adilak pufakchasi o‘rtaga ya’ni adilak markaziga keltiriladi (5.7 b-rasm). Keyin alidada 90° ga burilib, adilak o‘qi uchinchi ko‘targich vint yo‘nalishiga orientirlanadi va shu vintni burab, pufakcha yana o‘rtaga keltiriladi (5.7 v- rasm). Limbdan sanoq olinib, alidada 180° ga teng burchakka buriladi (5.7 g-rasm). Shundan keyin adilak pufakchasi nol punktda ya’ni markazda qolsa, yoki pufakcha o‘rtadan bir bo‘lakdan ortiq siljimagan bo‘lsa, shart bajarilgan bo‘ladi. Aks holda pufakchaning nol punktga nisbatan og‘ish yoyi aniqlanib, adilakning tuzatgich vinti yordamida pufakcha og‘ish yoyning yarmiga qaytariladi. Keyin ko‘targich vintlar orqali pufakcha nol punktga keltiriladi. Agar alidadani yana 180° ga burilganda pufakcha nol punktda qolsa, adilak tuzatilgan bo‘ladi. Aks holda tuzatish takrorlanadi. Keyingi tekshirishlarni amalga oshirishda va umuman ish jarayonida teodolit tekshirilgan silindrik adilak yordamida gorizontallashtiriladi, ya’ni gorizontal doira tekisligi gorizontal holatga (yoki, boshqacha qilib aytganda, asbobning aylanish o‘qi shovun yo‘nalishiga) keltiriladi. Buning uchun adilak ikkita ko‘targich vintga parallel o‘rnatilib, shu vintlar yordamida pufakcha o‘rtaga keltiriladi. Keyin alidadani 90° ga burib, uchinchi ko‘targich vint yordamida pufakcha yana o‘rtaga keltiriladi. Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling