Elektron teodolitlarda ishlash tartibi. Reja


Optik teodolitlar. Teodolit


Download 1.98 Mb.
bet2/6
Sana11.02.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1190000
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Elektron teodolitlarda ishlash tartibi

Optik teodolitlar. Teodolit – ichki fokuslanuvchi ko‘rish trubasi korpusga biriktirilgan, gorizontal va vertikal doira (limb), gorizontal doira yonida silindirik adilak, taglikdan iborat o‘lchash asbobidir. Amaliyotda 1965 yillarga qadar metall TT50, TT5 va 30–sekundlik TTP (teodolit–taxeometr, P – proektirovochniy, 1965 yildan boshlab shisha doirali optik T – rusimidagi texnik T15, T30 va turli 2-, 4- avlodga tegishli 2T30, 4T30P (P – tasvirni to‘g‘ri ko‘rsatuvchi) teodolitlar o‘lchash ishlarida asosiy hisoblanib kelingan. Ular sanoq olish moslamalari bo‘yicha: vernerli, shtrixli yoki shkalali, optik mikrometrli turlariga bo‘lingan (5.3-rasm). O‘lchash aniqligi bo‘yicha esa: yuqori aniqlikdagi, o‘rtacha kvadrat xatoligi 0,5-1II, aniq – 2-5 II, texnik – 15 – 30 II va o‘quv – 60 II rusumlarga bo‘linadi.
Shu yillarda aniq teodolitlar T2 va vertikal doirasining alidadasi kompensatorli T5K teodolitlari ham ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.









6.2-rasm. Teodolitlar TT – 5 va T – 30:

Teodolitlar konstruktiv tasniflarga ko‘ra oddiy va takroriy turlarga ajratiladi. Oddiy teodolitlarda limb taglik bilan mahkam biriktirilgan bo‘lsa, takroriy teodolitlarda limb o‘z o‘qi atrofida aylanadi. Hozirgi kunda chiqarilayotgan teodolitlarda burchak o‘lchash uchun moslangan doiralar shishali bo‘lib, optik teodolitlar deb yuritiladi.


Teodolitlar geodezik yoki marksheydrik ishlari uchun turli rusumda ishlab chiqariladi. T – 30M, T15M teodolitlari shaxtalarda o‘lchash uchun moslashtirilgan bo‘lib sanoq olish mikroskopiga elektr yoritgich, turli chang to‘zondan saqlash uchun moslamalar bilan jihozlangan. Vertikal doiradagi adilak o‘rniga kompensator o‘rnatilgan teodolitlar ham ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Ko‘rish trubasining optikasi tasvirni to‘g‘ri ko‘rsatishga moslangan bo‘lsa, P harfi bilan belgilanadi. Misol uchun 2T – 30P, 5T – 15KP, LECIA TM5005 shu rusumga kiradi. Shifrdagi oldingi raqam teodolitning nechanchi avlodi ekanligini ko‘rsatadi.
Keyingi vaqtlarda Shvesariya davlatining LECIA kompaniyasining T110 – elektron va TM5005 – motorlashtirilgan teodolitlari amaliyotga kirib kelgan.
Geodezik asboblarining ko‘rish trubasi ichki fokuslashga ega va kuzatilayotgan nuqtaga vizirlash ko‘rish trubasidagi iplar to‘ri orqali bajariladi. Sanoq olish moslamasi – limbda joylashtirilgan bo‘lib ularning shtrixli (T30), shkalali (2T30), optik (T2) va mikroskop – mikrometrli (T1) turlari mavjud. Adilak geodezik asboblarni yoki alohida qismlarni gorizontal tekislikka nisbatan gorizontal holatga keltirish uchun xizmat qiladigan moslama hisoblanadi. silindirik adilaklar ampulali bo‘lib, tashqi tomondan shtrixlar bilan belgilangan (shtrixlar oralig‘i 2 mm).
Teodolitlar bilan o‘lchash ishlari shtativda bajariladi. Shtativ –teodolitlar va barcha geodezik asboblarni joyida o‘rnatishda foydalaniladigan moslama bo‘lib, uning yuqori qismi (boshchasi) taxta yoki metal maydonchadan iborat. Boshchasining o‘rtasida asbobning tagligini shtativga biriktirish uchun maxkamlovchi vint o‘rnatilgan. Shtativning boshi uch yog‘och oyoqchaga biriktirilgan va yerga bosib kirishi oson bo‘lishi uchun shtativ oyog‘ining uchiga metal qalpoq “shpora” o‘rnatilgan.
Shtativlarning doimiy uzunlikka ega bo‘lgan yaxlit va bir–biriga kiruvchi turlari mavjud. Dala sharoitida ko‘tarib yurish qulay bo‘lishi maqsadida remen bilan taminlangan. Yog‘och shtativlvr bilan bir qatorda konstruksiyasi bir xil metal korpusli shtativlar ham ishlab chiqarilgan. Amaliyotda nivelirlar uchun ShN–120, teodolit va taxeometlarga mo‘ljallangan ShR – 140 va ShR – 120 rusumlari qo‘llanib kelinmoqda.




Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling