Elektron turdagi sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi


Download 106 Kb.
bet4/5
Sana19.12.2022
Hajmi106 Kb.
#1033114
1   2   3   4   5
Bog'liq
sugurta raqamlash lex uz

Takliflar va tavsiyalarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish uchun — Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi

5.

Ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda uzoq muddatli ixtiyoriy pensiya sug‘urtasining yangi turlari va mexanizmlarini joriy etish yo‘li bilan fuqarolarning pensiya ta’minoti darajasini oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 — 2023-yillar

Tashkillashtirish uchun — Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi;
Ijro uchun — hayot sug‘urtasi sohasidagi sug‘urta tashkilotlari

6.

Ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda hayot va shaxsiy sug‘urtaning afzalliklari, zamonaviy sug‘urta xizmatlari haqidagi ma’lumotlarni, sug‘urta shartnomalarini tuzish va sug‘urta qoplamalarini (sug‘urta to‘lovlari) to‘lash tartibini, shuningdek, sug‘urta xizmatlari iste’molchilari huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini keng yoritishni tashkillashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-2023-yillar

Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasi

7.

Milliy sug‘urta bozorining real ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda hayot sug‘urtasi tarmog‘ida mutaxassislarni tayyorlash (qayta tayyorlash) bo‘yicha mahalliy va xorijiy ta’lim muassasalari bilan birgalikda o‘qitishning maxsus dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

O‘qitishning maxsus dasturlari

2022-2023-yillar

Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi, O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasi

8.

Hayot sug‘urtasi tarmog‘ida mutaxassislik bo‘yicha professional standartlarni ishlab chiqish va mutaxassislar malakasini baholashning mustaqil tizimini yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil mart

Ishlab chiqish uchun — Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi
Metodik jihatdan ko‘maklashish uchun — O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasi

9.

Hayot sug‘urtasi tashkilotlari tomonidan xalqaro reytinglarni olish bo‘yicha quyidagilarni o‘z ichiga olgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish:
hayot sug‘urtasi tashkilotlarining ishonchliligi va moliyaviy barqarorligini aniqlash maqsadida ularni reyting baholashdan o‘tkazish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish;
milliy va xalqaro reyting agentliklari tomonidan hayot sug‘urtasi tashkilotlari o‘rtasida reytinglarni olish borasida tushuntirish ishlarini olib borish.

Kompleks chora-tadbirlar

Ishlab chiqish:
2022-yil iyul
Amalga oshirish:
2022-2023-yillar

Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi

10.

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi faoliyatini kengaytirish va boshqaruv tizimini takomillashtirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2022-yil yanvar

Moliya vazirligi, Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi, To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi

11.

Fuqarolarning pensiya ta’minotidan xabardorlik darajasini oshirish uchun uchrashuvlar, brifinglar, shuningdek, amaliy seminarlar o‘tkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 — 2023-yillar


Download 106 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling