Elektron turdagi sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV


Download 106 Kb.
bet3/5
Sana19.12.2022
Hajmi106 Kb.
#1033114
1   2   3   4   5
Bog'liq
sugurta raqamlash lex uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 23-oktabr,
PQ-5265-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-oktabrdagi PQ-5265-son qaroriga
ILOVA
2021 — 2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasining hayot sug‘urtasi sohasini hamda shaxsiy sug‘urta turlarini rivojlantirish bo‘yicha
“YO‘L XARITASI”

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro etish muddati

Ijro uchun mas’ullar

1.

Sug‘urta faoliyati klassifikatoriga quyidagilarni qo‘shish orqali uni kengaytirish:
a) hayotni sug‘urta qilish tarmog‘iga — majburiyatlarni ta’minlash uchun hayotni sug‘urtalash, uzoq muddatli ixtiyoriy pensiya sug‘urtasi, kapitalni qaytarish bilan hayotni sug‘urtalash;
b) umumiy sug‘urta tarmog‘iga — tibbiy sug‘urta.

Normativ-huquqiy hujjat

2022-yil may

Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi

2.

Aholiga ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha hayotni sug‘urta qilish tarmog‘idagi sug‘urtalovchilar tomonidan kredit oluvchilarning hayotini sug‘urta qilish polislari qo‘shimcha ta’minot sifatida qabul qilinishi hamda ushbu ta’minot bo‘yicha kredit ajratish tizimini keng joriy qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil yanvar

Moliya vazirligi, Markaziy bank, Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi

3.

Jamiyatda sug‘urta madaniyatini va aholining sug‘urta bozoriga bo‘lgan ishonchini oshirishga, shuningdek, hayot va shaxsiy sug‘urtani ommalashtirish hamda respublika hududlarida uning salohiyatini kengaytirishga yo‘naltirilgan reklama-ma’rifiy ishlarni tashkil qilish, shu jumladan:
uchrashuvlar, brifinglar, konferensiyalar hamda amaliy seminarlar o‘tkazish;
maxsus ta’lim va axborot teleko‘rsatuvlari tayyorlash;
reklama, shu jumladan ijtimoiy-yo‘naltirilgan reklama kampaniyasini o‘tkazish.

Media reja

Ishlab chiqish:
2022-yil iyul
Amalga oshirish:
2022-2023-yillar

Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi, O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasi

4.

Ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazish orqali hayot va shaxsiy sug‘urta bozorini monitoring qilib, sug‘urta mahsulotlarining sifati va raqobatbardoshligini oshirish yuzasidan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish.

Tahliliy axborot

Ishlab chiqish:
2022-yil may
Amalga oshirish:
2022-2023-yillar

Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

Download 106 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling