Elektron turdagi sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi


Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sug‘urta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar] [TSZ


Download 106 Kb.
bet2/5
Sana19.12.2022
Hajmi106 Kb.
#1033114
1   2   3   4   5
Bog'liq
sugurta raqamlash lex uz

1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sug‘urta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Moliya / Sug‘urta]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Sug‘urta bozorini raqamlashtirish va hayot sug‘urtasi sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Milliy sug‘urta bozorining jadal rivojlanishini ta’minlash, iste’molchilarning sug‘urta bozoriga bo‘lgan ishonchini oshirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida:
1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
a) 2022-yil 1-iyuldan boshlab:
sug‘urtaning barcha turlarini (klasslarini) elektron shaklda amalga oshirishga ruxsat beriladi;
barcha sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta polislari Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi Sug‘urta to‘lovlarini kafolatlash jamg‘armasi bilan birgalikda yuritadigan yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida ro‘yxatga olinadi;
b) 2023-yil 1-yanvardan boshlab majburiy sug‘urtaning barcha turlari bo‘yicha sug‘urta polislarini qog‘oz blankalarda rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
2022-yil 1-yanvardan 2025-yil 1-yanvarga qadar hayot sug‘urtasi sohasida faoliyat yuritayotgan sug‘urta tashkilotlarining mazkur faoliyati qismi uchun hisoblanadigan foyda solig‘i bo‘yicha belgilangan soliq stavkasi 50 foizga kamaytiriladi;
2022-yil 1-yanvardan 2024-yil 1-yanvarga qadar ish beruvchi tomonidan o‘z xodimlari uchun baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug‘urta qilish va tibbiy sug‘urta turlari bo‘yicha tuzilgan sug‘urta shartnomalari asosida O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga litsenziyasi bo‘lgan yuridik shaxslarga yo‘naltiriladigan mablag‘lar jismoniy shaxslarning jami daromadi sifatida qaralmaydi.
3. Jismoniy shaxslarning uzoq muddatli hayot sug‘urtasi shartnomasi bo‘yicha yo‘naltirgan mablag‘lari hamda ularga to‘langan sug‘urta to‘lovi (sug‘urta tovoni) O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga asosan soliqqa tortilmasligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
4. Sug‘urta to‘lovlarini kafolatlash jamg‘armasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-iyunga qadar transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha yagona axborot tizimi negizida barcha sug‘urta polislarini ro‘yxatga oluvchi va ularning aylanmasini nazorat qiluvchi yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — Yagona axborot tizimi) joriy etilishini ta’minlasin.
Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Sug‘urta to‘lovlarini kafolatlash jamg‘armasi:
2022-yil 1-aprelga qadar manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda sug‘urta siri to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan talablarga qat’iy rioya qilgan holda Yagona axborot tizimini vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilish bo‘yicha texnik topshiriqni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
2022-yil 1-mayga qadar Yagona axborot tizimining manfaatdor vazirlik va idoralar axborot tizimlari, jismoniy va yuridik shaxslarning markaziy ma’lumotlar bazasi bilan sug‘urta sohasida o‘zaro elektron axborot almashinuvini yo‘lga qo‘ysin.
5. Belgilansinki:
Yagona axborot tizimini ishlab chiqish hamda ushbu tizim ishlashi uchun zarur infratuzilmani yaratish bo‘yicha ishlar Sug‘urta to‘lovlarini kafolatlash jamg‘armasi hisobidan moliyalashtiriladi;
Sug‘urta shartnomalarini Yagona axborot tizimi orqali rasmiylashtirish sug‘urta tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.
6. Moliya vazirligi sug‘urta tashkilotlari tomonidan ixtiyoriy pensiya sug‘urtasi hamda uzoq muddatli (besh yil va undan ortiq) hayot sug‘urtasi turlari bo‘yicha sug‘urta mukofotlari hisobidan shakllangan mablag‘larni investitsiya qilish maqsadida inflatsiyaga bog‘langan davlat qimmatli qog‘ozlarga yo‘naltirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqsin.
Bunda, Moliya vazirligining 2022-yil 1-iyuldan boshlab inflatsiyaga bog‘langan davlat qimmatli qog‘ozlarining chiqarilishi to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
7. 2021 — 2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasining hayot sug‘urtasi sohasini hamda shaxsiy sug‘urta turlarini rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Moliya vazirligi hayot sug‘urtasi sohasidagi milliy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash hamda xalqaro tajribani respublikada joriy etish yuzasidan Yaponiyaning The Foundation For The Advancement Of Life & Insurance Around The World (FALIA), Oriental Life Insurance Cultural Development Center (OLICD) va boshqa rivojlangan mamlakatlarning xalqaro hayot sug‘urtasi jamg‘armalari (uyushmalari) bilan tajriba almashinuvi amaliyotini yo‘lga qo‘ysin.
9. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida ushbu qarorning maqsad va vazifalarini keng yoritish bo‘yicha chiqishlar hamda mavzuli ko‘rsatuvlar va eshittirishlarni tashkil etsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib moliya vaziri T.A. Ishmetov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.

Download 106 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling