Elektron turdagi sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi


Download 106 Kb.
bet5/5
Sana19.12.2022
Hajmi106 Kb.
#1033114
1   2   3   4   5
Bog'liq
sugurta raqamlash lex uz

Tashkillashtirish uchun — Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi;
Ijro uchun — hayot sug‘urtasi sohasidagi sug‘urta tashkilotlari

12.

Yangi va zamonaviy sotuv instrumentlarini joriy etish orqali hayot va shaxsiy sug‘urta mahsulotlarini sotish kanallarini kengaytirish, jumladan:
“Cashback” tizimiga ega bo‘lgan mobil ilovasini qo‘llash va bonuslar berish;
sug‘urta agentlarini jalb qilgan holda, sug‘urta polislarini chakana sotish va tarmoq marketing tizimi uchun onlayn-platforma yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-2023-yillar

Tashkil etish uchun — Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi
Amalga oshirish uchun — hayot sug‘urtasi sohasidagi sug‘urta tashkilotlari

13.

Yangi tahrirdagi Sug‘urta agentlari to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish, unda quyidagilarni inobatga olish:
sug‘urta agentlari faoliyatini tashkil etish va tartibga solishning zamonaviy metodlarini joriy qilish;
sug‘urtalovchilar va sug‘urta agentlari o‘rtasida samarali hamkorlik mexanizmlarini joriy qilish;
sug‘urta agenti vositachiligida tuzilgan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha vositachilik taqdirlash to‘lovlarini tabaqalashtirish;
sertifikatlangan sug‘urta maslahatchilari va firma sug‘urta agentlari institutlarini tashkil qilish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2022-yil iyul

Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi

14.

Sug‘urta tashkilotlarida sug‘urta xavflarini baholash va boshqarish, shuningdek, sug‘urtalovchilarning joriy moliyaviy va iqtisodiy ahvoli to‘g‘risida iste’molchilarga taqdim qilinayotgan ma’lumotlarning shaffofligi va haqqoniyligini ta’minlash tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2022-yil sentyabr

Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi

15.

Majburiy sug‘urtaning yangi turlarini, shu jumladan davlat va jamiyat manfaatlarini hisobga olgan holda ko‘chmas mulk va qishloq xo‘jaligi xavflarini sug‘urtalash turlarini kengaytirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-2023-yillar

Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi

16.

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha yagona axborot tizimi negizida barcha sug‘urta turlarini ro‘yxatga oluvchi va ularning aylanmasini nazorat qiluvchi yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil 1-iyun

Sug‘urta to‘lovlarini kafolatlash jamg‘armasi, Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

17.

Yagona axborot tizimining manfaatdor vazirlik va idoralar axborot tizimlari, jismoniy va yuridik shaxslarning markaziy ma’lumotlar bazasi bilan sug‘urta sohasida o‘zaro elektron axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil 1-may

Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi, Sug‘urta to‘lovlarini kafolatlash jamg‘armasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

18.

Sug‘urta tashkilotlari tomonidan ixtiyoriy pensiya sug‘urtasi hamda uzoq muddatli (besh yil va undan ortiq) hayot sug‘urtasi turlari bo‘yicha sug‘urta mukofotlari hisobidan shakllangan mablag‘larni investitsiya qilish maqsadida ularni inflatsiyaga bog‘langan davlat qimmatli qog‘ozlariga yo‘naltirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil 1-iyun

Moliya vazirligi, Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi

19.

Inflatsiyaga bog‘langan davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish choralarini ko‘rish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil 1-iyul

Moliya vazirligi

20.

Sug‘urtaning barcha turlarini (klasslarini) elektron shaklda sotish va rasmiylashtirish qoidalarini, shuningdek, ularning haqiqiyligini tekshirish mexanizmlarini o‘z ichiga olgan Elektron turdagi sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish tartibi yuzasidan takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2022-yil iyun

Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi



(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2021-y., 07/21/5265/0992-son)
Download 106 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling