Elektronika asbobsozlik


II-bob. Eksperimental qism


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/22
Sana05.01.2022
Hajmi1.01 Mb.
#216048
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
signallarni sinxron detektorlash usuli yordamida qayd qilishni organish

II-bob. Eksperimental qism. 

 

2.1. Eksperimental qurilmaning ishlash prinsipi. 

 

 

Bizga  qo’yilgan  vazifa  –  moddalarning  qaytarish  va  o’tish  spektrlarini 

sinxron  detektorlash  usuli  yordamida  tadqiq  qilish,  eksperimental  qurilmani 

yig’ishdagi  kuzatiladigan  ba’zi  kamchiliklarni  echish,  uzluksiz  spektrlarni  qayd 

qilish,  o’zida  yorug’lik  manbaasi  galogen  lampani  mujassamlashtirgan  qurilmada 

qaytarish va o’tish spektrlarini tadqiq qilishdir. 

Sinxron  detektorlash  usulini  qo’llash  qurilmaning  sezgirligini  ko’plab 

oshirishga va begona xalaqit beruvchi signallardan qutilishga yordam beradi. 2.1.1-

rasmda o’tish va qaytarish spektrlarini uzluksiz nurlanish yordamida qayd qiluvchi 

eksperimental  qurilma  sxemasi  keltirilgan.  Modulyatsiyalangan  diskli  modulyator 

(2) uzluksiz nurlanish manbaasi galogen lampa (1) reshetkali monoxromator МДР-

23  (4)  ning  kirish  sheliga  fokuslovchi  kondensor  linza  (3)  orqali  yo’naltiriladi. 

Monoxromatorning  chiqish  shelidan  chiqqan  nurlanish  kyuveta  bo’limi  orqali 

na’muna  (5)dan  o’tadi  va  chiqqan  kuchsiz  yorug’lik  fotoelktron  ko’paytirgich 

ФЭУ-79 (7) yordamida qayd qilinadi. Fotoqabulqilgichdan chiqqan elektr signali 

sinxron detektor УПИ-1 (8)ning kirishiga beriladi va kompyuterda joylashtirilgan 

analog  va  raqamli  aylantirgichli  va  monoxramatorni  to’lqin  uzunligi  bo’yicha 

boshqaruvchi  interfeysda  (9)da  o’tish  spektri  inensivligi  to’lqin  uzunligiga 

moslashtirilib  yoziladi.  Sinxron  detektori  uchun  sinxron  tayanch  signali  fotodiod 

(11)  ga  nakalli  lampa  (10)  ning  yorug’ligini  yuqorida  keltirilgan  modulyator 

disklari orqali  yuborish  yo’li bilan 1V  kuchlanish qiymatida xosil  qilinadi  chunki 

biz  ishlatayotgan  sinxron  detektorning  tayanch  signalining  kirish  kuchlanishi  1V 

atrofida.  Qaytarish  va  o’tish  spektrlari  signalining  parametrlari  (chastotasi, 

amplitudasi,  davomiyligi  va  h.k.)  ostsillograf  C1-74  (12)  bilan  nazorat  qilinadi 

[24].  



25 

 


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling