Elektronika asbobsozlik
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
signallarni sinxron detektorlash usuli yordamida qayd qilishni organish
2.1.1-rasm Sinxron detektorlash usuli yordamida o’tish spektrini qayd qiluvchi eksperimental qurilma: 1 – galogen lampa; 2 – modulyator; 3 – kondesor; 4 – reshetkali monoxromator МДР-23; 5 – namuna joylashtiriladigan kyuveta bo’limi; 7 – fotoelektron ko’paytirgich ФЭУ-79; 8 – sinxron detektor УПИ-1; 9 – kompyuter; 10 – nakal lampa; 11 – fotodiod; 12 – ostsilograf С1-74.
2.1.2- rasmda qaytarish spektrini sinxron detektorlash usuli yordamida qayd qiluvchi eksperimental qurilmasining tasviri keltirilgan. Modulyatsiyalovchi diskli modulyator (2), uzluksiz nurlanish manbaasi galogen lampa (1) dan chiqqan yorug’lik nurlanishi linza (3) yordamida xar xil burchakka buriladigan maxsus qurilmaga joylashtirilgan (xatoligi 1º gacha bo’lgan) optik nurtola(4)ning bir tomoniga kiritiladi va nurtolaning ikkinchi tomoni na’muna(5)ning bir tomoniga 1- 2 mm yaqinlikda namunadan o’tkazish uchun o’rnatiladi va namunadan qaytgan yorug’lik ikkinchi optik nurtola(6) orqali reshetkali monoxromator МДР-23 (8) ning kirish sheliga fokuslovchi kondensor linza (7) orqali yo’naltiriladi. Monoxromatorning chiqish shelidan chiqqan kuchsiz yorug’lik nurlanishi fotoelktron ko’paytirgich ФЭУ-79 (9) yordamida qayd qilinadi. Bu qurilmada ham fotoqabulqilgichdan chiqqan elektr signali sinxron detektor УПИ-1 (10)ning kirishiga beriladi va kompyuterda joylashtirilgan analog va raqamli aylantirgichli va monoxramatorni to’lqin uzunligi bo’yicha boshqaruvchi interfeys (14)da o’tish spektri inensivligi to’lqin uzunligiga moslashtirilib yoziladi. Sinxron detektori 26
uchun sinxron tayanch signali fotodiod (11) ga nakalli lampa (12) ning yorug’ligini yuqorida keltirilgan modulyator disklari orqali yuborish yo’li bilan 1V kuchlanish qiymatida xosil qilinadi chunki biz ishlatayotgan sinxron detektorning tayanch signalining kirish kuchlanishi 1V atrofida. Qaytarish va o’tish spektrlari signalining parametrlari (chastotasi, amplitudasi, davomiyligi va h.k.) ostsillograf C1-74 (13) bilan nazorat qilinadi [25].
2.1.2.-rasm Sinxron detektorlash usuli yordamida namunalarning qytarish spektrini qayd qiluvchi eksperimental qurilma sxemasi: 1 – nurlanish manbayi galogen lampa; 2 – modulyator; 3 –nurtolaga yorug’lik nurini kiritish linzasi ; 4 – optik nurtola; 5 – na’muna; 6 – nurtola; 7 – kondesor; 8 - reshetkali monoxromator МДР-23; 9 – fotoelektron ko’paytirgich ФЭУ-79; 10 – signalni qayd qiluvchi sinxron detektor УПИ-1; 11 – fotodiod; 12 – nakal lampa; 13 – ostsilograf С1-74; 14 - kompyuter.
Bunday sinxron detektorlash, yuqori (10 -9 V tartibidagi) sezgirlikni va qaytarish spektrini qayd qilishdagi katta yo’qotishni keng dinamik diapozondagi o’lchash kuchaytirishini ta’minlaydi. Bu usulning mavjudligi shum va xalaqit beruvchilarni yo’qotishning effektivligini oshiradi, keng spectral sohada yutilish koeffitsentining xar xil tàshkil etuvchisini suyq va qattiq na’munalarda o’lchash imkoniyatini yaratadi. Bu
27
eksperimental qurilmaning spectral sohasi 200-1800 nm yutilish koeffitsentini o’lchash sohasi esa 0.1-4.5 sm -1 . Demak, qaytqrish va o’tish spektrlarini o’lchashda qurilma sezgirligini oshirishga, signal/shun munosabatini oshirishga va yutilish koeffitsentini o’lchashning dinamik sohasini oshirishga sinxron detektorlash usulini qo’llash yordam beradi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling