Elektronika va asbobsozlik yo’nalishi 421-21 e va a guruh talabasi
-tajriba ishi. Fotoelement parametrlarini o’lchashni
Download 1.13 Mb. Pdf ko'rish
|
лаб хис дафтар ЭФА 2022 й
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quyosh nurlanishining tarkibi
7-tajriba ishi. Fotoelement parametrlarini o’lchashni
o’rganish. Ishning maqsadi: Turli yoritilgan muhitlarda nurning quyosh panellariga ta'sirini aniqlash. Kerakli asboblar: > Lyuksmetr * > Turli yorug'lik manbalari (oq va neon chiroqlar) > Yoritish qurulmasi > Ulash simlari Nazariy qism Quyosh nurlanishining tarkibi. Quyosh nurlanishining spektral tarkibi 0,1 rnkmdan 30 metr to'lqin uzunligigacha bo'lgan oraliqdagi tebranishlardan iborat [3]. Quyosh nurlanishi energiyasining asosiy qismi 0,2- 3 mkm oraliqda jamlangan. Shu oraliqdagi nurlanishni quyidagi qismlarga ajratish va nomlash qabul qilingan. Bular jumlasiga spektrning ultrabinafsha qismi (UB) 0,1-0,38 mkm oraliqda, spektrning ko'rinadigan qismi 0,38-0,78 mkm oraliqda, spektrning infraqizil qismi (IQ) 0,78 mkm va undan ortiq to'lqin uzunligiga ega bo'lgan qism tashkil qiladi. Ko'rinuvchi nurlanishni binafsha, ko'k, yashil, sariq, qizil nurlarga ajratiladi. IQ nurlanishni yaqin va uzoq IQ nurlarga ajratiladi. UB nurlanish, koinotda yuqori intensivlikka ega bo'lishiga qaramasdan, Er atmosferasining yuqori qismida mavjud bo'lgan ozonga yutilib, Er sirtiga faqat to'lqin uzunligi 0,3 mkmga teng bo'lgan ozroq qismigina etib keladi. Barcha yorug'lik nurlari elektromagnit to'lqin hisoblanadi. U foton deb ataladigan energiya "paketlari" oqimidan tashkil topgan. Elektromagnitik to'lqinning bir kvantiga foton deyiladi. Bu nurlar boshqa to'lqinlarga aralashmaydi va bo'shliqda tarqala oladi (Masalan: rentgen nurlari). Yorug'lik nurlari turli to'lqin uzunligiga ega bo'ladi. Bir xil fazada tebranayotgan ikkinchi nuqtalari orasidagi eng qisqa masofaga to'lqin uzunligi deyiladh , Biz ko'ra oladigan to'lqin uzunliklari diapazoni 400nm (binafsha rang)dan 700nm (qizil rang)gacha bo'lgan oraliqda bo'ladi.[2] Ammo elektromagnit nurlarining to'lqin uzunliklarining umumiy • diapazoni gamma-nurlar (O.Olnm)dan radio to'lqinlar (santimetr, kilometr)gacha bo'ladi. Yorug'lik nuri elektromagnit spektrorining kichik bir qismi. Inson ko'zi 400 va 700nm oralig'idagi to'lqin uzunligiga yaqin bo'lgan yorug'lik nurlarini ko'radi(bu har xil odamlar har xil . bo'ladi). O'rtacha inson ko'zi 380 nm (ultrabinafsha) dan 780nm(infraqizil)gacha bo'lgan to'lqin uzunlikdagi nurlarni qabul qiladi. Issiqlikdan chiqadigan nurlarni inson ko'zi ko'rmaydi, ammo ularni his qiladi. t Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling