Elektronika va asbobsozlik yo’nalishi 421-21 e va a guruh talabasi
Moddalarning erish va kotish xaroratlari xolatlarini o’rganish
Download 1.13 Mb. Pdf ko'rish
|
лаб хис дафтар ЭФА 2022 й
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli asboblar
- Harorat vaqt egri chizig‘i usuli.
Moddalarning erish va kotish xaroratlari xolatlarini o’rganish. Ishning maqsadi: kristall va amorf materiallarning qotish haroratini harorat-vaqt egri chizig‘ini chizish yordamida aniqlash va o‘rganish. Kerakli asboblar: Kristall va amorf materiallarning qotish egri chizig‘ini aniqlash imkonini beradigan qurilma; polikristall, monokristall, qalay, kanifol, termopara,sekundamer. Nazariy ma’lumotlar Malumki, qattiq jismlar kristall va amorf materiallarga bo‘linadi. Kristall materiallarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri fazoda struktura birligi (atomlar, ionlar, molekulalar)ni tartibli joylashganligidir. Bu panjarani 3ta ko‘chish vektorlar a,b,s, va α, β, γ burchaklar asosida qurilgan elementlar panjara (yacheykalar)ni fazoda davriy takrorlanishi yordamida tariflash mumkin. Shuning uchun kristall materiallar struktura birligi, joylashish tartibida yaqin va uzoq tartibga ega bo‘ladi. Kristall materiallarning boshqa xususiyati ularda qotish harorati (erish)ni keskin namoyon bo‘lishidir. Normal sharoitda hamma qattiq metallar, shuningdek ko‘pgina tabiiy minerallar kristall materiallar toifasiga tegishli.Amorf materiallar struktura birligining joylashish tartibida faqat yaqin tartibga ega, shu sabab ularda keskin ifodalashgan qotish (erish) nuqtasi yo‘q. Haroratni oshirganda amorf materiallar struktura birligining joylashish tartibi xarakterini saqlaydi va asta-sekin ularning atomlarini, ionlarini, molekulalarni tebranishi ortishi tufayli suyuq holatga o‘tib boradi. Amorf materiallarga ko‘p sonli yuqori-molekulyar organik moddalar (plastik massalar, saqichlar, kanifol, shisha…) tegishli. Amorf moddalar, gaz va suyuqliklarga o‘xshash atrukturalarning tartibsiz joylashishi tufayli – ezaotropdir. Harorat vaqt egri chizig‘i usuli. Bu usul harorat – vaqt egri chizig‘idan moddani suyuq holatidan qattiq holatga o‘tish haroratni aniqlashga imkon beradi. Harorat – vaqt egri chizig‘ini chizish uchun ko‘p miqdorda kristall va amorf materiallar olinadi. Har biri alohida probirkalarga joylashtiriladi va elektr pechkasida eritiladi. Pechka harorati o‘rganilayotgan moddaning erish nuqtasidan ozroq yuqori bo‘lishi kerak. Erib bo‘lgach, pechka o‘chirilib, materialni sovish haroratini vaqt bo‘yicha kuzatib borish kerak. 1 chizmada kristall va amorf materiallarning sovish egri chizig‘i keltirilgan. a) Kristall materialning qotishi; b) Kristall materialning ozgina qotishi c) Amorf materialning qotishi 1 rasmda ko‘rinib turibtiki, kristall materialning qotishi T kr -doimiy harorat sohasida sodir bo‘ladi, amorf material qotishmasi soviyotganda (eriyotganda) kristallashish jarayonida yashirin issiqlik ajralish sodir bo‘ladi. Amorf materiallar qotayotganda esa yashrin issiqlik ajralib chiqmaydi va sovish egri chizig‘i 1c-rasmda tasvirlangandek ko‘rinishga ega bo‘ladi. Kristallarning o‘stirish usuliga nisbatan sovish egri chizig‘i (1a) yoki (1b) rasmdagi ko‘rinishgagidek ega bo‘ladi. Qurilma Harorat–vaqt egri chizig‘ini olish uchun quyidagi qismlardan tashkil topgan qurilma: tigel bilan pechka, millivoltmetr bilan termopara, LATP 9 ishlatiladi. Pechkaga ulangan kuchlanish LATP 9 bilan boshqariladi va qurilmaning oldi qismida joylashgan voltmetr bilan nazorat qilinadi. Pechka harorati millivoltmetr ko‘rsatkichini 100ga ko‘paytirib aniqlanadi. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling