Elektronika va elektra texnika fakulteti


Download 165.62 Kb.
bet2/3
Sana13.05.2023
Hajmi165.62 Kb.
#1457471
1   2   3
Bog'liq
3-20 maxmudjon (1)

Plastik massalar (plastmassalar, plastiklar)-bu tabiiy yoki sintetik polimer asosidagi material hisoblanadi. Ular issiqlik va bosim ostida murakkab shakildagi buyum hosil qilish va o’ziga berilgan shakilni turg’un saqlay olish xossasiga ega bo’ladi.
Plastmassalarning xossalari har bir tashkil etuvchining tarkibiga, ularning mosligi va miqdoriy nisbatiga bog’liq bo’ladi. Bu esa plastiklarning xususiyatlarini keng ko’lamda o’zgartirish imkonini beradi.
Tashkil etuvchilarning soniga qarab barcha plastmassalar oddiy va murakkab turlarga bo’linadi. Oddiy (polietilen,polistirol va boshqalar) plastmassalar birgina tashkil etuvchidan-sintetik smoladan iborat bo’ladi.
Kompazitsionlar esa (fenoplastlar, aminoplastlar va boshqalar), bir necha tashkil etuvchidan iborat bo’ladi. Unda har bir tashkil etuvchi ma’lum bir vazifani bajarishga mo’ljallangan bo’ladi. Kompozitsion plastmassalarda smola boshqa tashkil etuvchilar uchun bog’lovchi bo’lib xizmat qiladi. Bog’lovchining xossalari plastmassaning fizik-mexanik va texnologik xossalarini belgilab beradi. Bog’lovchining plastmassa tarkibidagi miqdori 30-70% ga yetadi.
Bog’lovchidan tashqari kompozitsion plastmassalar tarkibiga quidagilar kirishi mumkin:

  1. mexanik xossalarini, issiqbardoshligini oshiruvchi, cho’kishni kamaytiruvchi va kompozitsiya tannarxini pastlatuvchi to’ldiruvchilar (yog’och uni, selluloza, paxta-tolali mato, qog’oz, yog’och qipig’i, grafit, asbest, kvarts, shisha-tolasi, shisha matosi va boshqalar);

  2. elastiklikni, oquvchanlikni, bikirlikni oshiruvchi va plastmassaning mo’rtligini kamaytiruvchi plastifikatorlar (dibutilftalat, kastrovo moyi va boshqalar);

  3. oquvchanlikni oshiruvchi, kompozitsiya zarrachalari orasidagi ishqalanishni kamaytiruvchi, press-formaning shakl hosil qiluvchi yuzalariga yopishib qolishidan saqlovchi moylovchi materiallari (stearin, olein kislotasi va boshqalar);

  4. materialning qotish jarayonini tezlashtiruvchi katalizatorlar (ohak, magneziy va boshqalar);

  5. tayyorlanayotgan detallarga kerakli rang beruvchi bo’yoqlar (surik, nigrozin va boshqalar)

  6. qizish natijasida parchalanib gazga o’xshash mahsulotlar ajratuvchi gaz hosil qiluvchi moddalar (gaz bilan to’ldirilgan plastmassalar tayyorlash uchun).

Bog’lovchisining xususiyatiga ko’ra plastmassalar termoplastik polimerlar asosi olinadigan termoplastik (termoplastlar) va termoreaktiv qatronlar asosida olinadigan termoreaktiv (reaktoplastlar) plastmassalarga bo’linadi.
Termoplastlar buyum hosil qilish uchun ishlov berishga qulay bo’lib, shakillantirishda sezilarli bo’lmagan (1-3%) cho’kishga ega. Material yuqori elastigligi va mo’rtligi bilan ajralib turadi. Odatda termoplastlar to’ldiruvchilarsiz tayyorlanadi. Ammo oxirgi yillarda mineral va sintetik ko’rinishdagi to’ldiruvchili (organoplastlar ) termoplastlar qo’llanila boshladi.
Qotgandan va bog’lovchisi termoturg’un holatga o’tgandan keyin reaktoplastlar mo’rtlashib qoladi va ko’pincha ularga ishlov berish chog’ida cho’kish darajasi ancha katta (10-15%) bo’ladi.
Plastmassalarning o’ziga xos tomonlariga zichligining kamligi, past issiqlik o’tkazuvchanligi, sezilarli darajada issiqlikdan kengayishi (po’latga nisbatan o’n-o’ttiz marta ko’p), elektr izoliyatsiyalovchi xossasining yaxshiligi, kimyoviy turg’unliligining yuqoriligi, friksion va antifriksion xossalarining yaxshiligi,chiqindi miqdorining kamligi.
Plastmassalarning kamchiligiga issiqbardoshligining pastligi (termoplastlarni ishlatish mumkin bo’lgan maksimal temperaturasi - 2500gacha, termoreaktiv plastmassalarniki esa – 4000 gacha), metall va qotishmalarga nisbatan elastiklik modulining kichikligi va zarbiy qovushqoqligining pastligi, eskirishga moyilligi yoki boshqacha aytganda vaqt o’tishi bilan xossalarining o’zgarib ketishi kabilarni misol keltirish mumkin.
5. Polimerlar reaktoplast, termoplast va elastik kompozitsion materiallarga bo’linadi. Ishlab chiqarishni tashkil etish uchun ushbu ko’rsatkich polimerlardan buyumlar ishlab chiqarish texnologiyasini va ularni qayta quyish imkoniyatini belgilab beradi, ulardan farqlanish sohasi uchun esa – sovuq holda oquvchanlik va ko’p hollarda issiqbardoshligini ifodalaydi. Polimerlar qotishining temperatura rejimiga qarab sovuq va issiq holda qotuvchi (uy temperaturasida yoki yuqori temperaturalarda qattiq holga o’tuvchi) turlarga bo’linadi. Shu bilan birga matrisasi boshida chiziqli strukturaga ega bo’luvchi termoplastik kompozitsion materiallar qovushoq – oquvchan holatga o’ta olish xususiyati bo’yicha suyuqlanuvchi, qiyin eruvchi va erimaydigan turlarga bo’linadi.
Polimerlar matrisasining deformatsiyalanish xususiyatiga qarab qovushqoq-bikr va elastik kompozitlarga bo’linadi. Elastik kompozitlarga kauchuk va rezinalarni misol keltirish mumkin.
Puxtolovchielementlarning shakli bo’yicha qatlamli va tolali turlarga bo’linadi. Ularni xalq xo’jaligida armaturalar deb yuritiladi. Xususan, tekstolitlarning qatlamli puxtalanishi matolar, lentalar va mato bo’lmagan materiallar yordamida amalga oshiriladi. Plyonkasimon puxtalangan materiallar esa qog’ozlar, shponlar, plyonkalar yordamida olinadi. Tolasimon PKMlar elementar uzluksiz ingichka tolalar, iplar, arg’amchilar va bu tolalarning mayda bo’laklari yordamida olinishi mumkin.
Polimerlar yuqoridagilardan tashqari matrisasi va puxtalovchisining kimyoviy kelib chiqishiga qarab ham sinflanadi. Shunga ko’ra uni tashkil etuvchisining nomi bilan atalishi mumkin. Masalan, matrisasining nomiga qarab: fenoplastlar, kremniyorganik va h.k. Tola hosil qiluvchi materiali bo’yicha mos ravishda: optoplastik, ugleplastik, organoplastik, bazal’toplastik va shunga o’xshash boshqa polimerli kompozitsion materiallarga bo’linadi. Tabiiyki, ikkala belgisi bo’yicha nomlash PKM haqida ancha to’laroq tasavvur beradi: epoksistekloplastiklar, fenougleplastiklar, imidobazal’toplastiklar, hamda polimerlar to’la yoyilgan holda nomlanishi ham mumkin: poliamidli organoplastiklar, poliefirli stekloplastiklar va h.k.
6. Fazoviy holatiga ko’rapolimerlar amorf va kristall turlarga bo’linadi. Amorf polimerlar bir fazali va bog’lamlarga jamlangan zanjirsimon molekulalardan iborat bo’ladi. Bog’lam bir-biri bilan yonma-yon joylashgan ko’plab makromolekulalar qatoridan tashkil topadi. Bog’lam qo’shni elementlarga nisbatan siljish qobiliyatiga ega bo’ladi. Chunki ular alohida struktura elementlari hisoblanadi.
Kristall struktura hosil qilingan holatda qo’shni zanjirning atomlari, ma’lum fazoviy panjara hosil qilgan holda, uch o’lchamli tartibda to’g’ri joylashgan bo’ladi. Polimerning kristall holdagi qismi amorf qismi bilan almashib turadi. Shuning uchun polimerlarning kristallanish darajasi, metallardan farqli o’laroq, hech qachon 100% ga yetmaydi. Kristallanish polimerlarga katta bikirlik va qattiqlik, hamda issiqbardoshlik beradi. Uzoq vaqt saqlash, ishlatish va qayta ishlash natijasida polimerning molekulyar strukturasi o’zgarib ketishi mumkin.
Qutublilik bo’yicha polimerlar qutubli va qutubsiz turlarga bo’linadi.
Qutublilikmmusbat va manfiy zaryadlar joylashish markazlariga bo’lingan maydonlarning mavjudligi bilan aniqlanadi.
Biki, issiqbardosh, mustahkam (sv= 100-200MPa), ammo qutbsizlarga nisbatan sovuqqa chidamsiz bo’ladi.
Issiqlik ta’sirida o’zini tutishiga qarab barcha polimerlar termoplastikva termoreaktiv turlarga bo’linadi.
Termoplastik polimerlar issiqlik tasirida yumshaydi, hatto suyuqlanadi ham, sovutishda esa qotadi; bu jarayon qaytariluvchi xususiyatga ega bo’ladi. Bunday polimerlar makromolekulalarining strukturasi chiziqli yoki tarmoqlangan bo’ladi.
Termoreaktiv polimerlar birinchi bor hosil bo’lish bosqichida chiziqli strukturaga ega bo’ladi va uni qizdirish natijasida yumshaydi, keyin kimyoviy reaksiya natijasida qotadi (fazoviy struktura hosil qiladi) va keyinchalik doimiy qattiq holga o’tadi.
7. Plastmassalarning mexanik xossalari ularning strukturasigagina bog’liq bo’lmasdan fizik holatiga va temperaturasiga ham bog’liq bo’ladi. Plastmassalar uchun fizik holatda bo’lishi mumkin: shishaga o’xshash, yuqori-elastik va qovushqoq-oquvchan holatlarda.

Download 165.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling