Электроника ва радиотехника кафедраси 9- ma’ruza: uzluksiz signallarni raqamli uzatish reja
Download 16.99 Kb.
|
маъруза 9
Impuls-kodli modulyatsiya
Uzluksiz xabarlarni raqamli aloqa kanallari orqali uzatish mumkin. Uzluksiz xabarlar dastlab uzluksiz signallarga aylantiriladi. Ushbu uzluksiz signallar spektri kengligi va davomiyligi ga teng bo‘lsa, Kotelnikov teoremasiga asosan o‘zining oralig‘ida aniqlangan ta oniy qiymatlari yordamida uzatilishi va qayta tiklanishi mumkin. Agar qilib tanlansa, signalni yuqori aniqlikda uzatishni va qayta tiklashni ta’minlash mumkin. Uzluksiz signalning oraliqda olingan qiymatlarini kodlab, kodlar ketma-ketligi raqamli aloqa kanallari orqali uzatilishi mumkin. Impuls-kodli modulyatsiya (IKM) uzluksiz signallarni raqamli signallarga aylantirish uchun qo‘llaniladi. Uzluksiz signallarni raqamli signallarga aylantirish asosini uch bosqichda amalga oshiriluvchi jarayon tashkil qiladi, ya’ni bular: diskretlash, kvantlash va ikkilik kod bilan kodlashdir Ushbu uch bosqichni alohida-alohida ko‘rib chiqamiz.
Umumiy holda uzluksiz signallarni raqamli uzatish tizimining strukturaviy sxemasi 5-rasmda keltirilgan. Diskretizator Uzluksiz signal Kvantovatel Koder Uzatkich Aloqa liniyasi Qabul qilgish Filtr Dekoder Uzluksiz signal Analog-raqam o‘zgartirgich Raqam-analog o‘zgartirgich 5 rasm. Uzluksiz signallarni raqamli uzatish tizimining strukturaviy sxemasi Amalda diskretlash, kvantlash va kodlash amallari bir qurilmada – analog-raqam o‘zgartirgichida (ARO‘) amalga oshiriladi, va natijada IKM signal hosil bo‘ladi. IKM signalni shakllantirish jarayoni 6-rasmda keltirilgan. 6-rasm. IKM signalni shakllantirish jarayoni Kvantlish shovqini. Kvantlangan signalning ikki eng yaqin sathi orasidagi farq , kvantlash qadamini ba’zan bilan ham belgilanadi. Bunda uzluksiz signalning vaqtdagi oniy qiymati kvantlash natijasida unga eng yaqin sath bilan almashadi. Amalda notekis kvantlashdan keng foydalaniladi. Bunda kvantlash qadami uzatiladigan uzluksiz signal ning o‘zgarish tezligiga bog‘liq bo‘lib, u qancha tez o‘zgarsa kvantlash qadami ham shuncha katta bo‘ladi (9.3-rasm). Shunday qilib ning kichik stahlari ancha aniqroq kvantlanadi. Notekis kvantlashdan foydalanishdan maqsad kvantlashdagi xatolikni deyarli o‘zgarmas saqlab turishdan iborat. Amalda notekis kvantlashni uzluksiz signal ni kvantlashdan oldin kompressiyalash (siqish) so‘ngra kvantlash; chiqishdagi signalni ekspanderdan o‘tkazish (cho‘zish) asosida bajariladi (7-rasm). Shunday qilib notekis kvantlash amalida: kompressiyalash; bir xil (oddiy) kvantlash va ekspanderlashdan iborat. Kompressor va ekspander bir-biriga teskari amallarni bajaradi, natijada notekis kvantlangan raqamli signal hosil bo‘ladi (7-rasm). Kompressiyalash (siqish) Bir tekis kvantlash Eksponderlash (yoyish) Download 16.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling