Elektronika va sxemotexnika


MDYa – tranzistorlarda bajarilgan kalit sxemalar


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/79
Sana07.11.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1753606
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   79
Bog'liq
Elektronika va sxemotexnika (1)

MDYa – tranzistorlarda bajarilgan kalit sxemalar. Bir turdagi MDYa – 
tranzistorlarda bajarilgan kalit sxemalarning kamchiligi bo‗lib shu hisoblanadiki
boshqaruvchi tranzistorning ulangan holatida kalit orqali tok oqib o‗tadi. Bu tok 
juda zarur hisoblanmaydi, chunki maydoniy tranzistorning o‗rnatilgan toki amalda 
nolga teng bo‗ladi. Komplementar MDYa (kanal o‗tkazuvchanligi qarama – qarshi 
bo‗lgan tranzistorlarda) bajarilgan kalit sxemalar bu kamchiliklardan holi (65 -
rasm). Bu kalitda ikkala tranzistor zatvorlari o‗zaro bog‗lanib yagona kirish hosil 
qiladilar. Stoklar birlashib yagona chiqish hosil qiladilar, istoklar esa asos bilan 
birgalikda mos ravishda kuchlanish manbai va umumiy shinaga ulanadilar.
Ikkala tranzistor yagona kirish signali bilan boshqariladi. Lekin, bu 
tranzistorlarning bo‗sag‗aviy kuchlanish U
BO‘S
qiymatlari bir – biriga teskari 
ishoraga ega bo‗lganligi sababli, kirish darajalarining ixtiyoriy qiymatida bu 
tranzistorlar turli holatda bo‗ladilar. Bir tranzistor ochiq bo‗lganda, ikkinchisi berk 
bo‗ladi. Haqiqatdan ham, agar kirishga X=U
0
KIR
signal berilsa, VT0 zatvori asosga 
nisbatan manfiy potensialga ega bo‗ladi U
0
KIR
-E
M
=-E
M
. 
 


94 
94 
65 – rasm. 
Demak, VT0 ochiq holatda bo‗ladi. Bu vaqtning o‗zida VT1 tranzistor 
zatvoridagi potensial asosga nisbatan bo‗sag‗aviy kuchlanishdan kichik qiymatga 
ega bo‗ladi va bu tranzistor berkiladi. Agar kirishga x=U
1
KIR
signal berilsa, VT1 
ochiladi, VT0 tranzistor esa berkiladi, chunki endi uning zatvoridagi kuchlanish 
asosga nisbatan quyidagiga teng bo‗ladi 
0
1
0





М
КИР
А
З
А
Е
U
U
U
U

Shunday qilib, ixtiyoriy stasionar holatda sxema tranzistorlaridan biri berk 
holatda bo‗ladi, shu sababli sxema manbadan deyarli quvvat iste‘mol qilmaydi. 
Ammo sxema qayta ulanish jarayonida, biror juda kichik vaqt mobaynida ikkala 
tranzistor ochiq holatda bo‗ladi, chunki ikkinchisi berkilib ulgurmagan bo‗ladi. 
Komplementar MDYa – tranzistorlarda yasalgan kalit sxemalar bir turdagi MDYa 
– tranzistorlarda yasalgan kalit sxemalarga nisbatan o‗n marta kam quvvat iste‘mol 
qiladi. Lekin, sxemalarning tezkorligi bir xil bo‗lib kalit chiqish sig‗imining qayta 
zaryadlanish vaqti bilan belgilanadi. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling