Elektronika va sxemotexnika


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/79
Sana07.11.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1753606
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Bog'liq
Elektronika va sxemotexnika (1)

To‘rtinchi bosqich integral mikrosxemalar (IMS) asosida qurilma va 
tizimlar yaratish bilan boshlandi va mikroelektronika davri deb ataladi. 
Mikroelektronikaning birinchi mahsulotlari – integral mikrosxemalar 60 
yillar so‗ngida paydo bo‗ldi. Hozirgi kunda IMSlar uch xil konstruktiv – 
texnologik usullarda yaratiladi: qalin pardali va yupqa pardali gibrid integral 
mikrosxemalar (GIS) va yarim o‗tkazichli integral mikrosxemalar.
Integral mikrosxemalar radio elektron apparaturalarda elementlararo 
ulanishlarni ta‘minlash bilan birgalikda, ularning kichik o‗lchamlarini, energiya 
ta‘minotini, massa va material hajmini ta‘minlaydilar. Ko‗p sonli chiqishlar va 
qobiqlarning yo‗qligi radio elektron apparaturalarning hajmi va massasini 
kichraytiradi. 
 
 




I BOB.  ELEKTRVAKUUM VA YARIM O‟TKAZGICHLI ASBOBLARDA 
KECHADIGAN FIZIK JARAYONLAR 
1.1. Gazlarda elektr toki 
 
Gazlar orqali elektr tokning o‘tishini tekshirish uchun 1–rasmda tasvirlangan 
shema asosida elektr zanjir tuzaylik. Bu zanjirning bir qismi, ya‘ni M va
plastinalar (elektrodlar) orasidagi qismi biror gazdan iborat 
bo‘lsin. Shemadagi gal vanometr zanjir bo‘ylab elektr tok 
oqmayotganligini ko‘rsatadi, chunki oddiy sharoitlarda gazda 
zaryad tashuvchilar bo‘lmaydi. Demak, zanjir M va N elektrodlar 
orasida uzilgan bo‘ladi. Shuning uchun zanjir orqali elektr tok 
oqishini ta‘minlamoqchi bo‘lsak, elektrodlar oralig‘iga zaryad 
tashuvchilar kiritish yoki biror usul bilan elektrodlar orasidagi 
gazda zaryad tashuvchilar vujudga keltirish kerak. Gazda zaryad 
tashuvchilar vujudga keltirishning barcha usullarini ikki 
gruppaga ajratish mumkin: 
a) gazdagi zaryad tashuvchilar tashqi faktorlar tufayli vujudga kelishi 
natijasida kuzatiladigan elektr tokni nomustaqil gaz razryad deyiladi; 
b) M va N elektrodlar orasidagi elektr maydon ta‘sirida vujudga kelgan 
zaryad tashuvchilar tufayli kuzatiladigan elektr tokni mustaqil gaz razryad 
deyiladi. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling