Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
Download 4.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
10.15. Aktiv filtrlar
Silliqlovchi LC- va RC- filtrlar qator kamchiliklarga ega, ularning asosiylari quyidagilar: 1) filtr drosselining kattaligi va qimmatligi; 2) silliqlash koeffitsiyentining yuklama tokiga bog‘liqligi; 3) drosselning elektromagnit xalaqitlarni vujudga keltirishi; 4) filtrlarda o‘tish jarayonlarining vujudga kelishi; 5) sekin tebranishlar va kuchlanish o‘zgarishining to‘sqin- liksiz yuklamaga uzatilishi; 229 6) RC-filtrlarda kuchlanish pasayishining kattaligi, kichik silliqlash qobiliyati va boshqalar. Bu kamchiliklardan qutulish uchun elektron filtrlardan foyda- laniladi. Ular tranzistorlarda va integral mikrosxemalarda yig‘iladi. Ularning ishlash prinsiðlari tranzistor ma’lum ish rejimlarida o‘zgarmas va o‘zgaruvchan toklar uchun turli qarshiliklarni hosil qilishga asoslangandir. Bu tranzistorning I K = f(U ke ) tavsifidan ko‘- rinadi. Tranzistorning o‘zgarmas tok bo‘yicha qarshiligi R 0 = U ke /I K , bu yerda, I K – katta, o‘zgaruvchan tok bo‘yicha qarshiligi esa R ~ = U ke /I K , bu yerda U ke – katta, I K – kichik, shuning uchun R ~ >>R 0 bo‘ladi. Tranzistorning silliqlashni ta’minlashi uchun A ishchi nuqtani shunday tanlash kerakki, kollektorga qo‘yil- gan kuchlanishning o‘zgaruvchan tashkil etuvchisi A ishchi nuqtani tafsifning tekis oralig‘i chegaralaridan siljitib yubormasin, ya’ni I k deyarli o‘zgarishsiz qolishi kerak. Oddiy tranzistorli filtrlarda yuklama emitter zanjiriga yoki kollektor zanjiriga ulanadi (10.21-rasm). 10.21-rasm. Tranzistorning chiqish tavsifi. À I x I x U k nom U ke U x I e =const 230 Yuklama kollektor zanjiriga ulangan filtrda uning rejimi LC- zanjirning vaqti doimiysi orqali aniqlanadi (10.22-rasm). Bu zanjir, agar vaqt doimiysi kirish kuchlanishi pulsatsiyasi davridan juda katta bo‘lsa, emitter tokini stabillaydi. U holda A nuqta kirish kuchlanishi pulsatsiyasi ta’siri ostida kollektor tavsifining tekis oralig‘i bo‘yicha xarakterlanadi (I k tok kollektor potensialiga deyarli bog‘liq emas, asosan esa I e emmitter toki orqali aniqlanadi, shuning uchun I e = const ni ushlab turishda kirish kuchlanishining har qanday o‘zgarishi faqat A nuqtani o‘ngga yoki chapga I k tok qiymatini deyarli o‘zgartirmasdan siljitadi). U holda I k tok kam o‘zgaradi, yukla- madagi U y = I k R yu kuchlanish esa deyarli o‘zgarishsiz qoladi. Tranzistor chiqishidagi sezilarsiz pulsatsiya S 2 kondensator or- qali silliqlanadi. R 2 qarshilik berilgan rejimni o‘rnatish uchun xizmat qiladi. Download 4.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling