Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
Uch fazali ikki taktli sxema (Larionov sxemasi)
Download 4.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
Uch fazali ikki taktli sxema (Larionov sxemasi)
Bunda transformatorning ikkilamchi chulg‘amini yulduz yoki uchburchak sxemada ulash mumkin, lekin u ko‘pincha yulduz sxemada ulanadi, chunki bunda to‘g‘rilangan kuchla- nishning yarmini olish uchun nolinchi nuqtadan foydalanish imkoniyati bor (10.14-rasm). Transformator chulg‘amlarining har bir fazasi bir ventil- ning anodiga va ikkinchi ventilning katodiga ulanadi. Uchta ventil (1, 3, 5) anodlari bilan o‘zaro umumiy nuqtaga ulanadi va chiqishda (—) qutb bo‘ladigan anod guruhini tashkil qiladi, boshqa uchta ventillar esa, chiqishda (+) qutb bo‘ladigan katod guruhini tashkil qiladi. Anod guruhi katodida eng katta manfiy potensial bo‘lgan ventil, katod guruhi anodida esa eng katta musbat potensial bo‘lgan ventil ochiq bo‘ladi. Istalgan vaqt momentida tok ikki ketma-ket ulangan ventil, yuklama qarshiligi va ikki fazalar chulg‘amlaridan oqib o‘tadi. Har bir ventillar juftligi davrning 1/6 qismida ishlaydi. Faza- larni qoplash tartibi qaysi ventillar juftligidan tok oqib o‘tishini 218 aniqlaydi. Agar bu tartibni o‘zgartirilsa, u holda ketma-ket ulangan ventillar tartibi o‘zgaradi. To‘g‘rilangan tokning har bir davrida transformatorning har bir fazasi orqali 1/3T mo- baynida musbat qutbli ikkita tok impulsi (har bir impuls T/6 uzunlikda) va o‘sha uzunlikdagi manfiy qutbli ikkita tok impulsi oqib o‘tadi (10.15-rasm). Shunday qilib, transformatorning har bir fazasi davrning 2T/3 qismi mobaynida, har bir ventil esa davrning T/3 qismi mobaynida ishlaydi. To‘g‘rilagich chiqishidagi kuchlanish (bu sxema uchun m = 6) kuchlanishlar oltita taktlarini to‘g‘rilashda olingan og‘maga, uning qiymati esa bu fazalardagi ventillarning ochilish davrlaridagi ikki fazalar orasidagi chiziqli kuchlanish- ning oniy qiymatiga teng bo‘ladi. 10.14-rasm. Uch fazali ikki taktli sxema (Larionov sxemasi). A B C U c U b U a VD2 VD4 VD6 R H VD5 VD3 VD1 219 To‘g‘rilangan kuchlanishning o‘zgarmas tashkil etuvchisi- ning qiymati quyidagicha aniqlanadi: 0 2 2 2 2U sin( / ) (6/ ) 2 sin( / 6) 2,34 . U =(m/ ) m U U To‘g‘rilangan tokning o‘zgarmas tashkil etuvchisining qiy- mati quyidagicha aniqlanadi: I 0 = 1,22 · I 2 , bu yerda, I 2 — transformator har bir fazasi tokining ta’sir etuvchi qiymati. To‘g‘rilangan kuchlanish va tok pulsatsiyasining chas- totasi f nt.k.ch. = 6f tar . Har bir ventildagi teskari kuchlanish quyidagicha bo‘ladi: U TES = 2,457 · U 2 . 10.15-rasm. Uch fazali ikki taktli sxemaning vaqt diagrammalari. a b d e f g i 1 i v1 U 0 i 0 U a U b U c wt wt wt wt wt wt |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling