Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
Uch fazali bir taktli to‘g‘rilash sxemasi
Download 4.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
Uch fazali bir taktli to‘g‘rilash sxemasi
U ikkilamchi chulg‘ami yulduz sxemada ulangan uch fazali transformator va transformator ikkilamchi chulg‘amlari fazala- riga bittada ulangan uchta diodlardan iborat. Transformator ikkilamchi chulg‘amlari oxirgi uchlarida bir nolinchi nuqtaga, bosh uchlarida esa diodlar anodlarga ulanadi. Barcha ventillar katodlari umumiy nuqtaga ulanadi va to‘g‘rilagich chiqishida musbat qutbni tashkil qiladi (10.9-rasm). Transformatorning nolinchi nuqtasi manfiy qutb hisobla- nadi. Ikkilamchi chulg‘am faza kuchlanishlari bir-birlaridan 2/3 burchakka surilgan bo‘ladi. Istalgan vaqt momentida anodda boshqa fazalarga qaraganda eng katta musbat potensial bo‘lgan faza diodi ochiladi (10.10- rasm). t 0 ixtiyoriy vaqt momentida VD1 diod anodida eng katta musbat potensial bo‘ladi va u ochiq bo‘ladi. U 21 kuchlanish ta’sirida tok birinchi faza, VD1 diod, R yu yuklama orqali nolinchi nuqtaga oqib o‘tadi. 10.9-rasm. Uch fazali bir taktli to‘g‘rilash sxemasi. A B C 0 VD1 VD2 VD3 R H 210 Yuklamadagi kuchlanish U 21 oniy qiymatga teng bo‘ladi. t 1 vaqt momentigacha ikkinchi fazadagi kuchlanish ham mus- bat, lekin birinchi fazadagi kuchlanishdan kichik bo‘ladi, shu- ning uchun VD2 diod anodidagi potensial uning katodidagi potensialdan kichik bo‘ladi va VD2 diod yopiq bo‘ladi. t 2 momentdan boshlab uchinchi faza ishlay boshlaydi va jarayonlar davriy takrorlanadi. Har bir faza davrning 2/3 qismi davomida ishlaydi. To‘g‘rilagich chiqishidagi U 0 kuchla- nish istalgan vaqtda ikkilamchi chulg‘am (faza diodi ochiq bo‘lganda) faza kuchlanishining oniy qiymatiga teng bo‘ladi, ya’ni U 0 to‘g‘rilangan kuchlanish U 2 kuchlanishning og‘di- ruvchisi hisoblanadi, I 0 = U 0 /R 0 bo‘lganligi uchun mana shu egrilikning o‘zi boshqa masshtabda tok egriligi bo‘ladi. 10.10-rasm. Uch fazali bir taktli to‘g‘rilash sxemasi vaqt diagrammalari. a b d e f g h u a u b u c t 2 t 1 i A i w =i 2 wt wt wt wt wt wt wt U H U r i 1 i 3 =i 2 211 Binobarin, tok har bir faza bo‘yicha davrning uchdan bir qismida oqib o‘tadi. Vaqtning boshlanishi deb, qo‘sh chulg‘amlar fazalaridagi U 2 kuchlanish U m kuchlanishiga teng bo‘lgan momentni olamiz va t =/m (bu yerda m=3) vaqt intervalini ko‘rib chiqamiz. U holda to‘g‘rilangan kuchlanishning o‘zgarmas tashkil etuvchisi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi: m 0 3 3 =( ) cos =( ) sin = ( ) U 2 2 m m m m U t d t U U m yoki U 2 ta’sir etuvchi qiymatga o‘tib quyidagiga ega bo‘lamiz: 0 2 2 (3 3 2 )/ 2 1,17 U U U . O‘g‘irlangan tokning o‘zgarmas tashkil etuvchisi quyidagi- cha aniqlanadi: π ω ω π π 2 2 0 3 ( ) ( ) sin . ( ) сos 3 m m m I t d t I I Diod va transformator qo‘sh chulg‘amlaridagi tokning ta’sir etuvchi qiymati quyidagi ifodadan aniqlanadi: π ω ωt π π 2 2 1 1 1 2 ( ) ( ) sin ( cos ) 2 4 m m I d t I I m m . Agar I 0 va I 2 toklarni mos ravishdagi o‘zgartirishlarni qilib, o‘zaro taqqoslasak, I 0 = I 2 /0,58 = 1,752 · I 2 ga ega bo‘lamiz. Diodga qo‘yiladigan teskari kuchlanish bu sxemada ikki sinusoidal kuchlanishlar farqi orqali aniqlanadigan egrilik orqali tavsiflanadi. Bu ikki faza kuchlanishlarining farqi chiziqli kuch- lanishga teng bo‘lganligi uchun teskari kuchlanishning maksimal amplitudasi transformator ikkilamchi chulg‘ami chiziqli kuch- lanishi amplitudasiga teng bo‘ladi, ya’ni: 212 2 3 3 2 tes m L U U U U , to‘g‘rilangan kuchlanish pulsatsiyasining chastotasi f n = m · f c = 3 · f c bo‘ladi. Bir taktli sxemalarda transformator ikkilamchi chulg‘ami har bir fazasi toki (1/m) · I 0 ga teng bo‘lgan o‘zgarmas tashkil etuvchiga ega bo‘ladi va bu tashkil etuvchi birlamchi chulg‘am toki bilan konpensatsiyalanmaydigan F 0 magnit oqimining o‘zgarmas tashkil etuvchisini vujudga keltiradi. Natijada bunday sxemalarda transformator magnit o‘tkazgichida majburiy mag- nitlanish bo‘ladi. I 0 tok F 0 = (I 0 /m) · W 0 magnitlash kuchini hosil qiladi, magnit oqimi esa F 0 = F 0 /R m , bu yerda R m magnit oqimi yo‘lidagi magnit qarshilikdir. Bu oqim transformator o‘zagi bo‘ylab tutasholmaydi, chunki uning kuch chiziqlari o‘zaro qarama-qarshi yo‘naladi va sterjenlar atrofida havoda tutashadi. Havoning R m magnit qarshiligi katta bo‘lganligi uchun F 0 magnit oqim kam bo‘ladi. Lekin, odatda, transformator magnit o‘tkazuvchan qolið bilan o‘raladi yoki uning yaqinida metall (magnit o‘tkazuvchan) bo‘lsa, u holda F 0 magnit oqimi sezi- larli bo‘lishi mumkin va transformator normal ish rejimini buzishi mumkin. Bundan tashqari, to‘g‘rilagich yuklamasi o‘zgarganda ikki- lamchi chulg‘amlardagi tok o‘zgaradi va bunga mos ravishda majburiy magnitlanish intensivligi o‘zgaradi. Bu bir fazali bir taktli to‘g‘rilash sxemalarida ko‘proq sezilarli bo‘ladi, bunda tok past chastotada pulslanib, pulslanuvchan F 0 magnit oqimini vujudga keltiradi. Bu oqimlar magnit o‘tkazgichlarni qo‘shimcha yuklab, ularda qo‘shimcha yo‘qotishlarni keltirib chiqarishidan tashqari, pulslanuvchan tarqalish magnit maydonini hosil qiladi 213 va bu maydon yaqinda ishlayotgan boshqa qurilmalar ishiga ham xalaqit beradi. Bu o‘rta va katta quvvatli to‘g‘rilagichlar ishida muhim hisoblanadi. Majburiy magnitlanish bilan kurashishda magnit o‘tkazgich sterjenlarida chulg‘amlarni ratsional joylashtiriladi, ya’ni chul- g‘amlar «zig-zag» sxemada ulanadi (10.11-rasm). Buning uchun har bir fazaning ikkilamchi chulg‘amlari ikkita g‘altaklardan iborat bo‘ladi, bu g‘altaklar turli sterjenlarga joylashtiriladi va ketma-ket qarama-qarshi yo‘nalishda ulanadi. Bunda chulg‘amning har bir yarim qarama-qarshi yo‘nalgan va bir-birlarini kompensatsiyalaydigan magnit oqimlari hosil bo‘ladi, shuning uchun transformatorning majburiy magnitla- nishi keskin kamayadi yoki umuman bo‘lmaydi. Yoki shunday to‘g‘rilash sxemasi tanlanadiki, tanlangan sxema majburiy mag- nitlanishni keltirib chiqarmaydi. 10.11-rasm. Chulg‘amlarning «zig-zag» sxemada ulanishi. a b c 5 3 1 6 2 4 y x z |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling